-§. Selning geologik ishi va prolyuvial tog‘ jinslari




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/75
Sana04.02.2024
Hajmi6,24 Mb.
#151293
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

6.5-§. Selning geologik ishi va prolyuvial tog‘ jinslari 
Sel so‘zi arabchadan olingan bo‘lib «tez oquvchi suv» degan 
ma’noni bildiradi. Tog‘lik xududlarda muzning, qorning yerishi, yomg‘ir 
va jalalar yog‘ishi natijasida hosil bo‘lgan o‘zanli, vaqtincha katta 
tezlikdagi suvlar oqimi o‘z yo‘lida tog‘ jinslarining parchalarini yuvib 
ketib, pastga tomon oqizib ketadi. Bu vaqtinchalik katta kuchga ega 
bo‘lgan suv oqimini sel deb ataladi. Sel oqimining ichida turli turdagi tog‘ 


97 
jinslari bo‘lganligi uchun uning zichligi 1,2-1,8 gsm
3
, tezligi esa 10-15 
kmsoat ga yetadi.
Sellar quyidagi sharoitlarda hosil bo‘ladi: 
Kuchli jala yog‘ishi yoki qorlarning shiddat bilan yerishi; 
Tog‘ yon bag‘irliklari, vodiy o‘zanlari nishabligining 35% dan ortiq 
bo‘lishi; 
Nurashdan maydalangan jinslarning tog‘ yon bag‘irliklaridagi suv
havzalarida yig‘ilib, katta miqdordagi bo‘sh jins uyumlarini to‘planishi. 
Sel oqimi umumiy hajmining taxminan 50-60% har-xil tosh 
parchalari, qumlardan, gillardan va o‘simlik qoldiqlaridan iborat bo‘ladi. 
SHu bilan bog‘liq holda, sellar tez yemiriluvchi jinslar (gilli, slanetsli) 
joylashgan tog‘li hududlarga xosdir. Bunday hududlarda tog‘ jinslarini 
nurashi natijasida bo‘sh jinslarning uyumi to‘plangan bo‘ladi. Hosil 
bo‘lish manbaiga qarab sel hududiy yoki mahalliy turlarga bo‘linadi. 
Ularning birinchisi, joyning geologik va geomorfologik sharoitiga 
chambarchas bog‘liq holda, yog‘ingarchilikning ko‘p yog‘ishidan sodir 
bo‘ladi. Mahalliy sel esa qatlamlarning birdan yerishi natijasida 
ko‘llardagi suvlarning ko‘payishidan va ular havzalarining ayrim joylari 
o‘pirilishidan vujudga keladi. Sel hodisasi sodir bo‘ladigan havza 3 
bo‘lakka bo‘linadi. 
1. Ta’minlanish bo‘lagi bunga baland tog‘li xududlardagi tog‘ oldi 
xududlarini ham o‘z ichiga olgan maydonlar kiradi. Suv o‘zining 
dastlabki harakatini, tog‘ jinslaridan iborat sel massasining asosiy 
qismini ham shu yerda yig‘adi. 
2. Sel harakati yoki tranzit bo‘lagi. Unga sel oqimi harakat 
kiladigan daryo o‘zani va uning irmoqlari kiradi. Kichik jilg‘alar bir-
biriga qo‘shilib yo‘l-yo‘lakay o‘zi bilan parchalangan jinslarni oqizib 
borib, uchragan to‘siqlarni buzib ketadi. 
3. Yig‘ilish bo‘lagi-bu bo‘lakka past tekisliklar kirib, sel tog‘lardan 
oqizib kelgan jinslarni shu yerda to‘playdi. 
Sel oqimining miqdori va yo‘nalishi hududning umumiy geologik 
tuzilishiga qarab, o‘zgarib boradi. Sel hodisasi yer sharining hamma 
tog‘lik xududlariga xos bo‘lib, bizning mamlakatimizda esa Toshkent 
viloyati tog‘ oldi xududlarida, CHirchiq, Ohangaron daryolari 
vodiylarida, Namangan, Andijon viloyatlarinining tog‘ oldi xududlarida 


98 
ro‘y beradi. Sel oqimlari xalk xo‘jaligiga juda katta zarar yetkazadi, 
yo‘ldagi uchragan narsani vayron kilib, ekinzorlarni ko‘mib yuboradi.
Sellarga qarshi ko‘riladigan kurash syermashaqqat va sarf -
harajatlarni ko‘p talab etadi. Sellarga qarshi kurashning eng samarali 
usullaridan tog‘ yon bag‘irliklariga daraxtlar o‘tkazishdir. Daraxt o‘z 
ildizlari bilan tog‘ jinslarini mahkam ushlaydi, nurashdan, yuvilib 
ketishdan saqlaydi. Lekin bu usul ko‘p vaqtni talab etadi. Kerakli 
paytlarda selning harakatlanish yo‘lida selning yo‘nalishini va 
o‘zgartiruvchi har-xil inshootlar, moslamalar, shuningdek tirgak devorlar 
qurish shular jumlasidandir. 

Download 6,24 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Selning geologik ishi va prolyuvial tog‘ jinslari

Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish