Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/75
Sana04.02.2024
Hajmi6,24 Mb.
#151293
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

Nazorat savollari: 
1. Yer qobig‘ining qanday harakatlari tektonik xarakatlar deb ataladi 
va ular tog‘ jinslarini dastlabki yotish sharoitlariga qanday ta’sir 
ko‘rsatadi? 
2. Tog‘ jinslarini buzilgan va buzilmagan yotish shakllaridan misollar 
keltiring 
3. Tog‘ jinslarini dislokatsiyalari nima? Ularni vujudga kelish 
sabablari nimalardan iborat? 
4. Bukilmali va uzilmali dislokatsiya shakllarining turli ko‘rinishlari 
uchun tektonik sharoitlarning qurilish uchun ahamiyatini tushuntiring. 
5. Geosinklinallar va platformalar nima? 
6. Geosinklinallar rivojlanish bosqichlarini va ularni platformalarga 
aylanishini tushuntiring. 
7. Platformalarning tuzilishlari qanday bo‘ladi? 
8. Zilzila turlarini sanab o‘ting va ularni xaraktyerlang 
9. Tik va yotiq to‘lqinlarning tog‘ jinslari va inshootlarga qanday 
ta’siri bor?
10. Zilzila kuchi qanday baholanadi, zilzila tezlanishi va seysmik 
koeffitsient qanday hisoblanadi? 
11.Zilzila kuchini joyning rel’efiga, geologik tuzilishiga, petrografik 
tarkibiga, tog‘ jinsining yotish sharoitiga va gidrogeologik sharoitiga 
bog‘liqligini tushuntiring
12.Zilzila sodir bo‘ladigan xududlarda qurilish ishlari qanday olib 
boriladi? 
 


80 
6-BOB. YERNING SIRTQI KUCHIGA BOG‘LIQ BO‘LGAN 
GEOLOGIK HODISALAR 
Tayanch so`z va iboralar: yerning sirtqi kuchi, surilish hodisasi, 
morfologik tuzilish, surilish cho‘qqisi, zinasimon surilish, surilish uyumi, 
surilish bazisi, nurash jarayoni, shamolning geologik ishi, eol yotqiziqlar, 
karstlanish hodisasi, selning geologik ishi, prolyuvial tog‘ jinslari,eroziya, 
cho‘kish hodisasi. 
 
6.1-§. Surilishlar 
Tog‘ jinslari massalari suv o‘tkazmaydigan qatlamining o‘z og‘irligi 
ta’sirida surilishlari ro‘y beradi. Surilishi uchragan kuzatilayotgan tog‘ 
massasini aylanmasligi va ag‘darilmasligi haraktyerlidir. Ko‘chayotgan 
tog‘ massasining ko‘chish nuqtalarining traektoriyalari, surilish yuzalari 
yo‘liga mos keladi. 
Surilish hodisasi geologik jarayon bo‘lib, tog‘ jinslari 
mustahkamligining buzilishi tabiiy omillar ta’sirida o‘z muvozanat 
turg‘unligini yo‘qotishi oqibatida ro‘y beradi. Surilish hodisalari yer 
sharining hamma joyida tarqalgan bo‘lib, xalk xo‘jaligiga katta zarar 
yetkazadi, unga qarshi kurash tadbirlari ko‘p mablag‘ talab etadi. 
Surilish natijasida tog‘ yon bag‘irliklari, dengiz va daryo 
qirg‘oqlari, soy bo‘ylari hamda ochiq usul bilan kavlanayotgan 
konlarning chetlari buziladi, yer rel’efi o‘zgaradi, tekis qiyaliklar o‘rniga 
tik yonbag‘irliklar vujudga keladi. 
Surilishlar hajmi, hosil bo‘lish 
sharoiti harakat tezligiga qarab 
turlicha bo‘ladi. Ba’zan surilayotgan 
ko‘chki shunday tezlikda harakat 
qiladiki, undan odamlar saqlanib 
qolaolmaydilar. Masalan, Oxangaron 
vodiysida 1991 yili sodir bo‘lgan 
surilish natijasida ko‘plab odamlar 
tuproq 
ostida 
qolib 
ketdilar. 
O‘zbekistonning 
kon 
sanoati 
rivojlangan Ohangaron, Olmaliq, Oltintopkan tumanlarida, Yuqori 
CHirchiq tumanidagi Xumson, Bog‘iston, Xo‘jakent, CHibortog‘a va 
boshqa qishloqlarda, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining tog‘li 


81 
xududlarida ham kuchli surilishlar ro‘y berib kelmoqda. Surilish har - xil 
morfologik tuzilishga va dinamik haraktyerga ega. Surilish morfologiyasi 
deganda ularning ichki va tashqi tuzilishini tushunamiz. Surilishga 
uchragan yon bag‘irliklar tashqi va ichki qiyofasining tuzilishi turlicha 
bo‘lib, u yon bag‘irliklarning geologik va geomorfologik tuzilishiga 
bog‘liq bo‘ladi. Surilib, ko‘chib tushayotgan jinsning hajmi har - xil 
bo‘lib, bir necha kub metrdan, bir necha million kubmetrgacha yetadi. 
Surilishning yuzasi, surilish uyimi, surilish bazisi, surilish 
tyerrassasi (supachasi), uzilish devori, surilish tanasi, surilish tili deb 
ataluvchi elementlari bo‘ladi. 
Surilish yuzasi yoki surilish chizigi deb, surilayotgan massaning 
ma’lum bir yuza bo‘yicha harakat traektoriyasiga aytiladi. (6.1.-rasm)
Surilish yuzasining shakli turlicha, to‘lqinsimon, yoysimon, tekis 
to‘g‘ri chiziq shaklida bo‘ladi. Surilish yuzasining shakli, tog‘ jinsi 
tarkibiga, joyning geomorfologik tuzilishiga va surilishning turiga 
bog‘liq. 
Surilish yuzasining yonbag‘irlikning pastki qismidan, yer yuziga 
chiqqan joyiga, surilishning-asosi, yuqori qismidan chiqqan joyiga 
surilish cho‘qqisi deb ataladi. 
Surilish yuzasining oz-ko‘pligiga qarab, surilayotgan tog‘ massasi, 
yaxlit bir butun, yoki ayrim-ayrim bo‘laklardan tashkil topgan bo‘ladi. 
Agar surilayotgan massa, ayrim-ayrim yirik bo‘laklardan iborat bo‘lsa, 
surilib tushayotgan umumiy massaning yuzasi pog‘onasimon bo‘lib, 
zinasimon surilishlar hosil bo‘ladi. 
Surilish uyumi deb, yonbag‘irliklarda hosil bo‘lgan katta 
chuqurliklarga aytiladi. Ayrim yonbag‘irliklarda ko‘chki hodisalarining 
har yili sodir bo‘lishi natijasida, qiyalikda bir qator surilish uyumlari hosil 
bo‘ladi, uyimlarni bir-biridan ajratib turadigan joylarni-surilish 
ayirgichlari-deb ataladi. Surilish uyimining shakli va chuqurligi, turlicha 
bo‘lib, qurilishning turiga, hosil bo‘lish sharoitiga va joyning 
geomorfologik tuzilishiga bog‘liq. 
Surilish bazisi deb-surilish yuzasining qiyalik chizig‘i bilan 
kesishgan joyiga aytiladi.Surilish bazisi qiyalikning chizig‘iga baravar, 
undan balandda yoki pastda joylashgan bo‘lishi mumkin. Agar surilish 
bazisi qiyalik chizig‘idan pastda joylashgan bo‘lsa, surilish natijasida 


82 
yonbag‘irlikning eng pastki qismi ko‘pchiganga o‘xshab, yuqoriga 
ko‘tarila boshlaydi.
Bunday joylar surilishning o‘sish xududi deb ataladi. Ba’zi bir 
qiyalikda bir necha marta surilish bo‘lib, ularning surilish bazislari 
turlicha 
bo‘ladi. 
Surilishning 
bunday ko‘rinishi ko‘p yarusli 
surilishlar deyiladi (6.2-rasm). 
Surilish 
natijasida 
hosil 
bo‘lgan pog‘onasimon suppacha-
lar surilish tyerrasalari deyiladi. 
Surilish yuz byergandan keyin 
surilish yuzasining ochilib qolgan 
qismi surilish yoki uzilish devori 
deb ataladi. 
Surilish 
devorlarining 
balandligi bir necha o‘n metrlargacha yetib, uzunligi bir necha metrdan-
bir necha yuz metr va undan uzun ham bo‘lishi mumkin.Masalan, 
Ohangaron vodiysidagi ba’zi surilishlar devorlarining balandligi 30-40 m 
bo‘lib, uzunligi 600-700 m gacha boradi. 
Qiyalik bo‘ylab ko‘chib tushayotgan massaga surilish tanasi deb 
ataladi. Surilgan massaning kattaligi surilish devorining chegarasi ruy 
byergan joyning kengligiga va surilgan massaning qalinligiga bog‘liqdir. 
Surilib tushgan massaning eng oldingi qismi, surilish tili deyiladi.
Surilish tanasi ustida va surilish devorlari atrofida hosil bo‘lgan 
yoriqlar, surilish yoriqlari deb ataladi. Surilish yoriqlarining kengligi, 
chuqurligi va uzunligi har-xil, kengligi 1-2 m, chuqurligi 5-7 m,
uzunligi 15-20 m va undan ortiq bo‘ladi. Surilish tabiiy va inson faoliyati 
bilan bog‘liq bo‘lgan holda ro‘y berishi mumkin. 
Surilish xodisalarini o‘rganish natijasiga ko‘ra surilishning sabablari 
2 xil bo‘ladi: 
1. Passiv sabablar 
2. Aktiv (faol) sabablar. 
Passiv sabablarga quyidagilar kiradi: 
1. Yonbag‘irliklarni geologik tuzilishi 
2. Yonbag‘irliklarni rel’efi, sharoiti 


83 
3. Gidrogeologik sharoitlar 
4. Tog‘ jinslarini nurashi 
5. Tog‘ jinslarining tarkibi 
Aktiv sabablarga quyidagilar kiradi: 
1. Atmosfera yog‘inlari 
2. Yuzaki va yer osti suvlari 
3. Zilzila 
4. Insonning muhandislik faoliyati 
Surilishning sodir bo‘lish sabablaridan biri jinslar namligining 
birdaniga oshib ketishidir. Namlik oshgan sari uning og‘irligi ortadi, 
strukturasi buzilib yopishqoqligi kamayadi, oquvchanligi ortadi. 
Yonbag‘irliklarda yotgan tog‘ jinslari ikki tomondan, atmosfera 
yog‘inlari va yer osti suvlari ta’sirida namlanadi. Atmosfera yog‘inlari 
O‘rta Osiyoda bo‘ladigan surilishlarning bosh sababchilaridir. Tinimsiz 
3-4 kun yoqqan yomg‘ir, yerigan qor suvlarining bir qismi qiyalik bo‘ylab 
pastga oqsa, bir qismi tog‘ yonbag‘irliklaridagi lyoss va lyossimon 
jinslarga shimiladi. Jinsning namligi oshib, ostki qatlam esa suv 
o‘tkazmaydigan qatlamga to‘planib kuchsizlangan xududlar hosil bo‘ladi. 
Jinsning massasi ortib, oquvchanlik xususiyati o‘zgarib, yarim qattiq 
holdan - plastik yumshoq holga o‘tadi va qiyalik bo‘ylab siljiydi.
Yer osti suvlari yonbag‘irlikdagi buloq ko‘rinishida yer yuziga 
chiqib jinslarning namligini oshiradi va ikkinchi tomondan, qatlamlar 
orasida suvli qatlam hosil qilib, ustki va ostki qatlamni namligini oshiradi. 
Bunday ta’sirlar uzoq vaqt davom etishi natijasida surilish hodisasi ro‘y
beradi. Tog‘ jinslarining litologik va mineralogik tarkibi ham, 
surilishlarning hosil bo‘lishida katta rol o‘ynaydi, tarkibida 
montmorillonit va kaolinit minerali ko‘p bo‘lgan jinslar suv ta’sirida 
namligi oshib yopishqoqligi kamayadi, plastik yoki oquvchan holatga tez 
o‘tadi va qiya qatlam bo‘yicha surila boshlaydi. To‘g‘on qurilishi 
natijasida daryodagi suvning sathi ko‘tarilib qirg‘oqdagi jinslar suv ostida 
qola boshlaydi. Suvning ko‘tarilish kuchi ta’sirida, jinsning og‘irligi 
kamayib u qiyalik bo‘ylab o‘z ustida yotgan jinslar bosimiga bardosh bera 
olmay daryo tomon siljiydi. Bunday surilishlar ko‘pincha yangi ishga 
tushirilgan suv omborlarida vujudga keladi.


84 
Zilzila ham surilish hodisasiga sabab bo‘ladi. Zilzila tufayli lyoss va 
lyossimon jinslarning fizik-mexanik xossalari o‘zgaradi. Masalan, kuchli 
zilzila natijasida jinslarning ichki ishqalanish burchagi 10 dan 60 gacha 
kichrayadi, bu esa yonbag‘irlikni mustahkamlik koeffitsientini 
kamayishiga sabab bo‘ladi. Ko‘chki dinamikasida uning boshlanishi, o‘sa 
borishi va to‘xtashgacha bo‘lgan davrdagi xususiyatlarining va harakat 
tezligining vaqt birligidagi o‘zgarishiga aytiladi. SHu bois, surilish 
davrlarini 3 bosqichga: tayyorlanish, surilish va surilgan massaning 
qiyalikdagi keyingi holatiga ajratish mumkin. Tayyorlanish bosqichida 
tabiatdagi surilish hosil qiluvchi omillar ta’sirida qiyalikning 
mustahkamlik darajasi kamayib boradi va surilish belgilari ko‘rina 
boshlaydi. Surilishning mexanizmi va dinamikasini baholash uchun, 
ularning hosil bo‘lish belgilarini bilish lozimdir. Ular quyidagilardir: 
1. Qiyalikda har - xil kenglikda, chuqurlikda yoriqlar paydo bo‘lib, 
dastavval ular sezilmay, keyin asta - sekin kengayib, uzayib keta 
boshlaydi. 
2. Surilish uyumlari paydo bo‘ladi. 
3. Qoyada, ko‘lmak suvlar, sho‘rxoklar hosil bo‘ladi, botqoq 
o‘simliklari tarqaladi. 
4. Surilishning o‘sa borishidan qiyalikning yuqori qismida uzilish 
devori hosil bo‘ladi. 
5. Yonbag‘irlikning quyi qismida asta-sekin ko‘tarilgan joylar 
vujudga keladi, bu esa ko‘chkidan darak beradi. 
6. Qiyalikda joylashgan tog‘ jinslarining namligi yuqori bo‘ladi. 
7. Surilish bo‘lgan joydagi daraxtlar qiyshayib qoladi va shu holda 
o‘sadi. Bunday daraxtlar «Mast daraxtlar» deb ham ataladi. Ba’zan 
surilish oqibatida, ikki daraxt bir-biri bilan qo‘shilib, yoki bitta daraxtning 
o‘zi ikkiga bo‘linib o‘sishi ham mumkin. Qiyalikdagi daraxtlarning bu 
holda o‘sishiga qarab, qachon surilish bo‘lganligini aniqlash ham 
mumkin. 
8. Surilishga uchragan qiyalikning usti kichik - kichik tepaliklardan 
va do‘ngliklardan iborat bo‘lib, ular usti o‘tlar va yoriqlar bilan 
qoplangan bo‘ladi. 
9. Qiyalik ustiga solingan uy va inshootlarning devorlarida yoki tog‘ 
yon bag‘irliklaridan o‘tgan yo‘llarda yoriqlarning paydo bo‘lishi, suv 


85 
oqish 
quvurlarining 
uzilib 
ketishi-shu 
joyda 
surilish 
sodir 
bo‘layotganligidan darak beradi. 
10. SHurfdan yoki burg‘ quduqlaridan olingan tog‘ jinslari 
strukturasining ko‘chish xududiga yaqinlashgan sari, buzilib borishi ham 
surilish bo‘lganligidan darak beradi. 
Surilish bosqichida, surilish jarayoni ro‘y berib, tezligi bir xil 
bo‘lmasdan, avval tez, so‘ng sekin davom etishi mumkin.
O‘rta Osiyoda bo‘ladigan surilishlar tez bo‘lib, xalq xo‘jaligiga 
katta zarar yetkazadi. Bu bosqichdagi surilishlar ba’zan to‘xtab, uzoq 
vaqtgacha ham davom etishi mumkin, chunki surilishga sabab bo‘ladigan 
omillar vaqti-vaqti bilan namoyon bo‘lishi mumkin. 
Qiyaliklarda pog‘onasimon supachalarni paydo bo‘lishi va ularning 
ustida xar-xil yoriqlarni paydo bo‘lishi, pog‘onasimon surilish 
bo‘lganligidan dalolat beradi.
R.Niyozov ma’lumotiga ko‘ra, 1961 yildan 1972 yilgacha olib 
borilgan muhandislik-geologik va gidrogeologik tekshirishlar natijasida, 
O‘rta Osiyo hududida 8000 ga yaqin surilishlar bo‘lganligini aniqlangan. 
SHundan 2935 tasi O‘zbekistonda, 3500 tasi Tojikistonda, 1600 tasi 
Qirg‘izistonda ruy byergan. SHunisi haraktyerliki, 80% dan ortiq surilish, 
lyoss va lyossimon jinslar tarqalgan hududlarda sodir bo‘lgan. 
Surilish sabablarini bilmasdan, unga qarshi choralar ko‘rib 
bo‘lmaydi. SHu sababli surilishlarni, surilish sabablari bo‘yicha turlarga 
ajratish muhim ahamiyatga ega. 
Surilishlarni turlarini uchta guruhga 
ajratish mumkin: 
Alohida turlar - bunda surilishning bir 
yoki ikkita belgisi hisobga olingan bo‘ladi. 
Umumiy turlari - bunda surilishning 
bir necha belgilari hisobga olinadi va 
ko‘pchilik surilish belgilari uchun umumiy 
haraktyerga ega bo‘ladi. 
Regional turlar ma’lum xududlarda tarqalgan surilishlar uchun 
ishlab chiqiladi, bunda tog‘ jinsi surilishining o‘sha joyda paydo bo‘lish 
sharoiti va tarqalishi hisobga olinadi. 


86 
Surilishning sabablari va turlari xilma-xil bo‘lganligi uchun, ularga 
qarshi kurash choralari ham turlichadir. Surilishga qarshi ko‘riladigan 
chora - tadbirlar passiv va aktiv xillarga bo‘linadi. 
Passiv chora-tadbirlarga quyidagi-
lar kiradi: 
Qiyaliklarda 
suv 
to‘planuvchi 
chuqurliklar hosil qilmaslik, suvlarni har 
tomonga 
betartib 
oqib 
ketishini 
to‘xtatish. 
Qiyaliklarni ustiga chiqindi, tosh va 
tuproqlarni tashlamaslik. 
Qiyaliklar ustiga og‘ir, bino va 
inshootlarni qurmaslik. Surilish xavfi bor 
joylarda, portlatish ishlarini bajarmaslik. 
Surilish maydonlari atrofida poezdlarning harakat tezligi oshishiga yo‘l 
qo‘ymaslik. 
Qiyaliklarga ekin ekib, ularni sug‘ormaslik kerak. Qiyaliklarni 
tekislab, nishabliklarni kamaytirish choralarini ko‘rish kerak. 
Surilish xavfi bor joylarda chiqindi suvlarni va atmosfera suvlarini 
oqib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik. 
Aktiv tadbirlarga esa surilishni oldini olish, uni kuchini kamaytirish, 
to‘xtatish uchun ko‘riladigan inshootlar kiradi. 
Bular o‘z vazifasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi; 
1. Dengiz, ko‘l, daryo qirg‘oqlaridagi sodir bo‘ladigan, yuvilish va 
uyilish jarayonida sodir bo‘ladigan 
yemirilish-abraziya jarayoni sodir 
bo‘ladi. Qirg‘oqlarni abraziyadan 
saqlash 
uchun, 
qirg‘oqlarga 
betondan, temirbetondan ishlangan 

qaytargichlar, 
to‘lqin 
so‘ndirgichlar, deb ataladigan 
bloklar quriladi. Bular qirg‘oqlarni 
yuvilishdan 
saqlaydi 
va 
suriladigan massaga tayanch bo‘ladi. 


87 
2. Bu guruhga surilish massasini kuch bilan ushlab turuvchi 
inshootlar kiradi. Suriladigan massani sil jitmaslik uchun asosan tayanch 
devorlari, yer osti ustun qoziqlari, va kontrbanketlardan foydalaniladi. 
(6.3, 6.4, 6.5, 6,6 - rasmlar)
3.Uchinchi 
guruhga 
taalluqli 
tadbirlarga yon bag‘irlikdagi surilish 
ehtimoli bo‘lgan jinslar ning xossalarini 
sun’iy tarzda o‘zgartirish; tsementlash, 
elektroosmotik quritish, zichligini oshirish 
yo‘li bilan surilishga qarshilik ko‘rsatish 
qobiliyati oshiriladi.
4. Ushbu guruhda qo‘llaniladigan 
tadbirlar, yon bag‘irlikdagi suriladigan 
massani olib tashlashdan iborat.

Download 6,24 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma

Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish