-§. Seysmik hodisalar va zilzilalar




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/75
Sana04.02.2024
Hajmi6,24 Mb.
#151293
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

 
5.5-§. Seysmik hodisalar va zilzilalar 
Seysmik hodisalar (zilzilalar)-yer qobig‘ining ayrim joylarini keskin 
ravishda turli kuch bilan harakatlanishi natijasida tog‘ jinslarining elastik 
muhitda seysmik to‘lqinlarni hosil bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Zilzilalar 
juda qiska vaqt ichida, bir necha sekunddan bir necha minutgacha davom 
etadi. Agar zilzila markazi okean va dengiz ostida bo‘lsa, dengiz zilzilasi 
(tsunami) deb yuritiladi. Zilzilaning sabablari tabiiy va sun’iy bo‘lishi 
mumkin. 


66 
Sun’iy zilzilalar kishilarning muhandislik faoliyatlari, yer osti 
portlashlari shaxta qazish jarayonida tog‘ jinslarining o‘pirilish natijasida 
hosil bo‘lishi mumkin.
Tabiiy zilzilalarni keltirib chiqaradigan sabablariga quyidagilar 
kiradi: denudatsion, vulqon va tektonik harakatlar bo‘lishi mumkin.
Denudatsion (o‘pirilish) zilzilalar asosan suyuqlanuvchan tog‘ 
jinslari (ohaktoshlar va tuzli qatlamlar) bo‘lgan joylardagina yuz beradi. 
U joylarda juda katta yer osti g‘orlari hosil bo‘ladi. Agar g‘orlarning 
shiftlari yetarli darajada mustahkam bo‘lmasa, 
ular o‘z og‘irligini ko‘tara olmay o‘pirilib 
tushadi va tushgan massaning zarbidan zilzila 
hosil bo‘ladi. Ular kuchli bo‘lmasdan, uncha 
katta bo‘lmagan maydonlardagina tarqaladi. 
Vulqon zilzilalari vulqondan magmaning 
yer sirtiga chiqish kanali byerkilgan vaqtda 
vulqon gazlarining portlashi natijasida yuz 
beradi. Bunday zilzilalar kuchli vulqon otishi 
vaqtida sodir bo‘lib, ba’zan katta halokatlarni yuzaga chiqaradi va butun-
butun shaharlarni vayron qiladi.Bunday zilzilalar tektonik zilzilalar 
singari katta maydonni egallamaydi. Katta vayronagarchiliklar keltirgan 
kuchli zilzilalarning hammasi tektonik, ya’ni yer po‘stining 
dislokatsiyalari, tog‘ hosil bo‘lishi jarayonlari bilan bog‘langan zilzilalar 
qatoriga kiradi. Yerning ichki qismidagi, qobig‘ ostidagi seysmik 
enyergiya to‘planadigan joy zilzila o‘chog‘i yoki-gipotsentr-deyilib, 
gipotsentrning-tik chiziq bo‘ylab, yer yuzasidagi proektsiyasi- epitsentr 
deb ataladi. (5.8-rasm)
Zilzila o‘chog‘idagi yerning to‘plangan ichki enyergiyasi sarf 
bo‘lish vaqtida atrofdagi tog‘ jinslariga katta bosim ta’sir etadi. SHunda 
elastik muhitdagi kabi seysmik to‘lqinlar hosil bo‘ladi. To‘lqinlarni 
deformatsiyasiga qarab, ko‘ndalang, bo‘ylama va yuzaki to‘lqinlarga 
bo‘lish mumkin. Bo‘ylama to‘lqinlar (gorizontal) yuqori tezlikka ega 
bo‘lib, vayronalar hosil qiluvchi kuchga ega bo‘ladi. Ko‘ndalang 
to‘lqinlar (tik) qatlam tekisligiga ko‘ndalang ravishda ta’sir qiladi. 
Ko‘ndalang to‘lqinlar faqat qattiq muhitda, yo‘nalishi esa bo‘ylama 
to‘lqinlar yo‘nalishiga tik holatda bo‘ladi. Yuzaki to‘lqinlar faqat 


67 
epitsentrda tarqaladi, katta kuchga ega bo‘lmaydi va buzilishlarga olib 
kelmaydi. 
To‘lqinlarning tarqalish tezligi tog‘ jinslarining zichligiga bog‘liq. 
Masalan; granit, gneysda va shunga o‘xshash jinslarda 5000-1000 kms, 
ohaktoshlarda 2000- 5000 kms, gillarda - 1500-2000 kms, qumda 500-
1100 kms, suvda 1500 kms. Ko‘ndalang to‘lqinlar tezligi bo‘ylama 
to‘lqinlar tezligiga nisbatan - 1,7 marta kam. Zilzilalar o‘chog‘i yerning 
turli chuqurliklarida, 600-700 km gacha bo‘lishi mumkin, ko‘proq 20-50 
km chuqurliklarda kuzatiladi. Zilzilaning eng chuqur o‘chog‘i Pomir va 
Afg‘onistonda (300 km gacha) shuningdek, Tinch okeani qirg‘oqlarida 
kuzatilgan. Gipotsentrning chuqur joylashuvidan va ulardan chiqayotgan 
katta enyergiyadan hosil bo‘ladigan to‘lqinlar katta maydonlarda 
tarqalishi mumkin. Gipotsentrning uncha chuqur bo‘lmagan qatlamida va 
epitsentrda tebranishlar sezilarli kuchga ega bo‘ladi, buzilishlarga sabab 
bo‘ladi. SHunday qilib zilzila kuchi gipotsentr chuqurligiga va undan 
chiqayotgan enyergiyaga bog‘liqdir. Kuchli zilzila ro‘y byerganda 
vulqonlar «jonlanib» ketadi, yer yuzasi pasayishi, unda yoriqlar paydo 
bo‘lishi, bino va inshootlarda yoziqlar hosil bo‘lishi, qulab tushishi 
mumkin.
Ofat keltiruvchi zilzilalar minglab turar joylarni buzib tashlaydi, 
ko‘p minglab kishilarning yostig‘ini quritadi. Tarixda bunday dahshatli 
zilzilalar ko‘plab ro‘y byergan. Dastlabki bizga ma’lum bo‘lgan zilzila 
Xitoyda, Miloddan avval VII asrda Syan’ shahrida ro‘y byergan, 
Kal’kutta shahri butunlay vayron bo‘lgan va 300 mingdan ortiq aholi 
halok bo‘lgan. O‘tgan XX - asrdagi ofatli zilzilalar quyidagilardir: 1923 
yil sentyabr oyidagi Yaponiyada ro‘y byergan zilzila oqibatida-Tokio va 
Iokogamu shaharlari butunlay vayron bo‘lgan, minglab insonlar nobud 
bo‘lgan. Oxirgi yillarda bo‘lib o‘tgan ofatli zilzilalarni aytib o‘tish 
mumkin. Yugoslaviyaning, Skople shahridagi, Turkmanistonning 
Ashxobod shahridagi, Poytaxtimiz Toshkent shahridagi, yoki yaqin 
yillarda Meksika, Xitoy va Armeniyadagi zilzilalardir. Toshkent shahrida 
zilzila 1966 yil 26 aprelda, 8 balli kuch bilan 3-4 sekund muddatda bo‘lib 
o‘tdi. Epitsentr shahar markazida bo‘lib, yer qimirlashi sezilarli kuch 
bilan bir yildan ko‘proq vaqt davom etdi. 1988 yil 7 dekabrdagi 
Armeniyaning Spitak va Leninakan shaharlarida ro‘y byergan zilzila 8-9 


68 
ballarga yetib borib, ko‘plab insonlarning yostig‘ini quritdi, katta 
iqtisodiy zarar keltirdi. Har yili yer yuzida 100000 ko‘proq zilzila ro‘y 
berib, shulardan 100 tasi kuchli bo‘lib, qolganlarini odamlar sezmaydilar 
ham, ularni faqatgina sezgir seysmik asboblar bilan aniqlash mumkin. 
Zilzila kuchini aniqlash uchun seysmik shkalalar ishlatiladi. Ball shartli 
birlik hisoblanib, zilzilalarning kuchi bo‘yicha taqqoslash mumkin. 
Seysmik to‘lqinlarning amplitudasi va davri seysmograflar yordamida 
aniqlab olingach, quyidagi formula yordamida tuproqning tebranish 
tezlanishi (a) ni aniqlab olishimiz mumkin.
2
2
4

Download 6,24 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish