Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/75
Sana04.02.2024
Hajmi6,24 Mb.
#151293
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА

4-BOB. GEOLOGIK ERA VA DAVRLAR 
 
 
Tayanch so`z va iboralar: tog‘ jinslarining yoshi, tog‘ jinslarini 
absolyut yoshi, tog‘ jinslarini nisbiy yoshi nima geoxronologik bo‘linish, 
stratigrafiya, eralar, davrlar, epoxalar, kaynozoy, mezozoy, paleozoy, 
protyerozoy, arxeozoy. 
 
4.1-§.Tog‘ jinslarining yoshini aniqlash 
Yer qobig‘ini uzoq davom etgan geologik taraqqiyoti tarixini
oydinlashtirishda tog‘ jinslari, ularning yotish shakllari, tarkiblari va 
ulardagi organik hayotning qoldiqlari muhim rol uynaydi. Tog‘ jinslarini 
to‘la o‘rganish orqali, yer qobig‘ining geoxronologik shkalasi ishlab 
chiqilgan bo‘lib, unda yer qobig‘ining tarixiy taraqqiyoti jarayoni vaqtini 
va ketma-ketligini geologik yil hisobida ko‘rsatilgan. Yer qobig‘ining 
geoxronologiyasi yerdagi organik hayot va yer qobig‘ining ma’lum bir 
taraqqiyoti bosqichlari davrlari ketma-ketliklar yig‘indisidan tuzilgandir. 
Geoxronologik bo‘linish nisbiy va absolyut bo‘ladi.
Nisbiy geoxronologiya tog‘ jinsi qatlamlarining eng oldin paydo 
bo‘lganini aniqlash uchun qatlamlardagi o‘simlik va hayvon qoldiqlarini 
topib, ularning birini ikkinchisiga taqqoslab ko‘riladi. Eng oddiy 
hayvonlar va o‘simliklar qoldig‘i mavjud bo‘lgan pastki qatlam undan 
yuqorida yotuvchi qatlamga nisbatan keksa hisoblanadi. Qatlamlarning 
oldin yoki keyin hosil bo‘lganligini stratigrafiya deb ataladi. 
Stratigrafiyada petrografikaviy va palentologik usullar mavjuddir. 
Petrografikaviy usulida tog‘ jinslarining hosil bo‘lish strukturasi va 
kimyoviy mineralogik tarkibini o‘rganish asos qilib olingan. Bu 
ko‘rinishlarning o‘xshashligi turli hududlardan olingan geologik qirqimlar 
(qalinliklar) o‘zaro taqqoslab ko‘riladi. Tog‘ jinslarini nisbiy yoshini 
aniqlashning eng ishonchli usuli-paleontologik usuli bo‘lib, unda 
qatlamlar orasidagi organik hayot qoldiqlari tekshirilib, taqqoslab 
kuriladi. Yerdagi organik hayot ketma-ket va qaytarilmas, oddiydan 
murakkablik tomon taraqqiy qilib borgan. Ayrim organizmlar guruhi, 
katta hududlarda qisqa davr yashagan. Mana shu gurux organizmlar, bir-
biridan ancha uzoqda joylashgan tog‘ jinslarini nisbiy yoshini aniqlashda 


47 
asosiy qazilmalar bo‘lib hisoblanadi. Organik qoldiqlarni tekshirish 
natijasida tog‘ jinslari qatlamlarining eng oldin paydo bo‘lganlari va 
undan keyin hosil bo‘lganlari aniqlanadi va ular asosida geoxronologik 
shkala tuziladi: 
Yotqiziklar 
Vaqtlar 
Kaynozoy guruhi 
Kaynozoy erasi (yangi era) 
Mezozoy guruhi 
Mezozoy erasi (o‘rta era) 
Paleozoy guruhi 
Paleozoy erasi (qadimgi era) 
Protyerozoy guruhi 
Protyerozoy erasi (eski era) 
Arxeozoy guruhi 
Arxeozoy erasi 
(boshlang‘ich era) 
Geologik yotqiziqlarning xronologik bo‘linishi davrlar bo‘linishiga 
to‘g‘ri keladi: 
Yotqiziklar 
Vaqtlar 
Gurux 
Era 
Sistema 
Davr 
Bo‘lim 
Epoxa 
Yarus 
Asr 
Yer qobig‘i tarixidagi yotqiziqlar va vaqtlar Yerdagi tarixiy 
voqealarning asosiy tabiiy bosqichlarini ketma-ket qamrab oladi. 
Geoxronologiya jadvaliga kirgan eralar, davrlar, epoxalar nomi biror 
joyning, yoxud tog‘ aholisi nomi bilan atalgan yoki tog‘ jinsining 
tarkibiga moslab qo‘yilgan. Masalan, paleozoy erasi nomi 1838 yilda 
A.S.Sedjvik tomonidan, mezozoy va kaynozoy eralarining nomi 1840 
yilda D.Filipis tomonidan byerilgan.
Eng katta stratigrafik birliklar gurux va sistemalardir. Sistemalar o‘z 
navbatida bo‘limlarga bo‘linadi (quyi, o‘rta, yuqori), bo‘limlar esa 
mahalliy nom bilan ataluvchi yaruslarga bo‘linadi. Masalan, 
Respublikamizda to‘rtlamchi sistemani geoxronologik va stratigrafik 
bo‘linishi quyidagichadir: quyi to‘rtlamchi-Nanay (Q
1
); o‘rta to‘rtlamchi-
Toshkent (Q
2
); yuqori to‘rtlamchi-ochiq qo‘riqli (golodostepskaya) (Q
3

va zamonaviy-Sirdaryo (Q
4
).


48 
GEOXRONOLOGIK JADVAL 
E
ra
lar
ni
ng
nom

E
ra
lar
ni
ng
bel
gi
lani
shi
To
g‘
hos
il 
bo‘
lis

dav
ri
Davr 
(sistem
a) 
D
avr
lar
ni
bel
gi
lani
shi
Epox

E
poxal
ar
ni
bel
gi
lani
Nomlar
ni kelib 
chiqish 
Tarixi 
Organik 
du 
nyonin ri 
vojlanish

va 
turlari 
Davom 
etgan 
vaqt mln. 
yil 









10 
K
aynaz
oy
Kz
Al
’p
to
g‘
hos
il 
bo‘
lis

jar
ayoni
To‘rtla

chi yoki 
ant 
ropogen 
Neogen 
Ap 
(Q) 

Xozir 
gi za
mon 
to‘rt 
lamc
hi 
Ar
4
To‘rtla
m chi 
davr qa 
zilma 
hol da 
uchray 
digan 
xo zirgi 
za mon 
shakla 
rining 
ko‘p 
uchra 
shi 
bilan 
harakty
er li. 
Odam 
paydo 
bo‘lgan 
va 
xozirgi 
za mon 
o‘sim lik 
va 
xay 
vonlari ri 
vojlanga
n. 
1 - 1,5 
Yuqo
ri 
to‘rt 
lamc
hi 
Ar
3
O‘rta 
to‘rt 
lamc
hi 
Ar
2
Quyi 
to‘rt 
lamc
hi 
Ar
1
N
2
Qazilm
a holda 
uch 
raydiga

o‘simlik 
va 
xayvon 
qoldiqla 
ri
Sut 
emizuv 
chilar va 
gu 
li
o‘simlik 
lar paydo 
bo‘ladi. 
25-30 
N
1
Paleogo

Pg 
Plio 
tsen 
Mio 
Pg
3
Xozirgi 
xayotni
ng 
30-35 
Pg
2


49 
tsen 
Oligo
tsen 
Eotse

Paleo
tsen 
Pg
1
boshlan 
g‘ichi 
M
eza
zoy
M

T
inch
okean
bur
m
al
ani
shi
Bo‘r 
Cr 
Yuqo 
ri 
bo‘r 
K
2
K
1
Bo‘r 
yotqi 
zig‘i bu 
davr 
uchun 
xarakty
er li 
Boshli, 
oyoq li, 
chig‘ano
q lilar va 
sudralib 
yuruvchil
ar, suvda 
va 
qu 
ruqlikda 
yuruvchi 
qush lar 
paydo 
bo‘lgan 
55-60 
25-35 
Quyi 
bo‘r 
Yura 

Yuqo 
ri 
yura 
I
3
Bu davr 
yot qi 
zikla ri 
birin 
chi 
marta 
Yura 
tog‘la 
rida 
ajra 
tilgan 
O‘rta 
yura 
I
2
Quyi 
yura 
I
1
Trias 

Yuqo 
ri 
trias 
T
3
Tabiatd

bu 
davrni 
ng uch 
qism ga 
bo‘lini 
shi 
demak
dir 
30-35 
O‘rta 
trias 
T
2
Quyi 
trias 
T
1


50 
GEOXRONOLOGIK JADVAL (davomi) 
E
ra
lar
ni
ng
nom

E
ra
lar
ni
ng
bel
gi
lani
shi
B
o‘
rm
al
ani
sh
davr
lar

Davr 
(sistema

D
avr
lar
ni
bel
gi
la
ni
s
hi
Epox

E
poxal
ar
ni
bel
gi
lani
Nomlarni 
kelib 
chiqish 
Tarixi 
Organik 
Dune ning 
rivojla nishi 
va turla ri 
Davo

etgan 
vaqt 
mln. 
yil 
Pal
eozoy
R

V
ar
is
yoki
G
yer
ts
en
tog
xos
il 
bul
is
hi
Pyerm’ R 
Yuqo
ri 
pyer
m’ 
P2 
Davr 
yotqiziq lari 
Pyerm ob 
lastida 
bi 
rinchi 
marta 
ajratilgan 
Amfibiyala
r va sporali 
o‘sim liklar 
hamda 
baliqlar, 
yelka-
oyoqli 
chig‘a noq 
lilar paydo 
bo‘lgan 
25-
30 
Quyi 
pyer
m’ 
P
1
Karbon S 
Yuqo
ri 
karbo

C
3
Ko‘mir 
yotqi ziklari 
shu 
davr 
uchun 
ha 
raktyerli 
50-
55 
O‘rta 
karbo

C
2
Quyi 
karbo

C
1
Devon 

Yuqo
ri 
devo

D
3
Devonlar- 
Angliya
graf ligi, bu 
davr 
yotqiziklari 
birinchi 
maar ta ana 
shu yer da 
ajratib 
aniqlangan 
Umurtqasiz 
hayvonlarni
ng 
ko‘p 
turlari 
paydo 
bo‘lgan va 
rivojlan gan 
45-
50 
O‘rta 
devo

D
2
Quyi 
devo

D
1
K
ol
odon
bur
m
al
a
ni
shi
Silur 

Yuqo
ri 
silur 
S
2
Silurlar- 
Angliya 
bilan Uel’s 
40-
45 


51 
Quyi 
silur 
S
1
orasi 
da 
yashagan 
qa 
dimgi 
kabila 
bu 
davr yotqi 
ziqlari ana 
shu yerda 
bi 
rinchi 
marta
ajratilgan
Ordovi


Yuqo
ri 
ordo
vik 
O
3
Qalqonli ba 
liqlarni bi 
rinchi 
avlodi 
paydo 
bo‘lgan 
70-
80 
O‘rta
Ordo
vik 
O
2
Quyi
ordo
vik 
O
1
Kembri

Cm 
Yuqo
ri 
kemb
riy 
C
m
3
Kembriya 
Ue l’Sning 
qadimgi 
nomi 
Suv 
o‘simlikla 
ri 
va 
baktyeriya 
lar 
ko‘paygan 
va rivojlan 
gan
70-
90 
O‘rta 
kemb
riy 
C
m
2
Quyi 
kemb
riy 
C
m
1
Pr
ot
yer
ozoy
Pr 
Kembri

dan 
oldingi 
Pr 
Faqat 
maha
l liy 
bo‘ 
linish 
ga 
ega 
Pr 
Ancha 
kadim 
gi 
hayot degan 
ma’noni bil 
diradi 
Oddiy suv 
o‘simliklari

baktye-
riyalar va 
umurtqasiz 
hay vonlar 
paydo 
bo‘lgan 
600-
800 


52 
A
rxeozoy
Ar 
Kembri
ydan 
oldingi 
Ar 
Faqat 
maha
l liy 
bo‘ 
linish 
ga 
ega 
Ar 
Dastlabki 
hayot degan 
ma’noni 
bildiradi 
Boshlang‘ic
h or ganik 
dunyo 
shakllarinin

izlari 
uchraydi 
1000 
dan 
Ortik 
Tog‘ jinslarining absolyut yoshini aniqlash. Tog‘ jinslarini yil 
hisobida ifodalangan yoshi ularning absolyut yoshi deb ataladi. Tog‘ 
jinslarining absolyut yoshini aniqlashda radioaktiv usuldan foydalaniladi 
va bu usul radioaktiv elementlar (uran, toriy, rubidiy, kaliy) 
parchalanishiga asoslangan. Tabiatda radioaktiv moddalar parchalanishi 
bir xil tezlikda, atrof muhit sharoitiga bog‘liq bo‘lmagan holatda ro‘y 
beradi. Parchalanishning so‘nggi natijasi mahsuloti-dastlabki elementga 
mos keluvchi, radioaktivligi bo‘lmagan qo‘rg‘oshindir. Yemirilish 
jarayoni davomiyligi har qaysi radioaktiv element uchun turlichadir. 
Masalan, 1 gramm urandan parchalanish natijasida, bir yilda qancha 
qo‘rg‘oshin hosil bo‘lishini bilgan holda va shu mineralda ularning 
birgalikdagi miqdori qanchaligini aniqlab, ma’lum hisoblashlar orqali 
tog‘ jinsidagi mineralning nisbiy yoshini aniqlash mumkin. Uglyerod 
S
14
ning yarim parchalanish davri 5568 yilga teng, bu usul yordamida yosh 
tog‘ jinsi qatlamining yoshini belgilash mumkin. Radiometrik usul-
yerdagi hayotning boshlanish vaqti, yer qobig‘i rivojlanishidagi tarixiy 
voqealar, yerning yoshini aniqlashga imkon beradi.
Nazorat savollari: 
1. Tog‘ jinslarini absolyut va nisbiy yoshi nima?
2. Geologik vaqt shkalasini eralar va davrlar bo‘yicha xarakterlang?
3. Tog‘ jinslarining yoshini aniqlashning palentologik usulini 
tushuntiring? 
4. Yer qobig‘i rivojlanishida yotqiziqlar bo‘limlariga izox bering. 
5. Tog‘ jinslarini absolyut va nisbiy yoshini aniqlash yo‘llari 
qanday?
6.Tog‘ jinslarini yoshi xaqidagi ma’lumotlarni ahamiyati nimadan 
iborat? 


53 

Download 6,24 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75




Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma

Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish