43
Marmarlar ohaktoshlardan hosil bo‘lib, kal’tsit minerallarining
puxta birikishidan, ba’zan dolomit, marganetsli, temirli va uglyerod
birikmalar bilan aralashib, ularga turlicha rang beradi. Aralashmalar bir
tekisda tarqalmaganligidan marmarlar rang-barang jilolarda tovlanib
ajoyib ko‘rinish beradi. Marmarlarning zichligi ancha yuqori 2900 kgm
3
gacha, suv shimuvchanligi 0,7% gacha, siqilishga bo‘lgan mustahkamligi
300 MPa gacha, qattiqligi 3 ga teng. Marmarlarga ishlov berish oson,
ularni yupqa plitalarga qirqib ajratish mumkin. Marmarlardan binolarning
ichki qismidagi devorlarga qoplama matyerial, zinapoya sahnlarida,
ustunlarda, qoplama matyerial sifatida ishlatiladi. Marmarning siniqlari
esa suvoqchilikda pardozbop qurilish matyeriali sifatida ishlatiladi.
Binolarning tashqi qismlarida ko‘pchilik turdagi ohaktoshlarni ishlatish
yaramaydi, chunki tashqi ob-havo ta’siridan (suv, oltingugurt gazi, issiq-
sovuq) marmar yuzasining jilosi buziladi, ko‘zga tashlanib turadigan
darajada yemiriladi (rangi o‘zgaradi, g‘ovak, g‘adir-budir bo‘lib qoladi).
Qumtoshlar qumlarning zichlanib, ko‘rinishi o‘zgargan jinsdir. U
zich tuzilishli, kvartsli tsement bilan tsementlangan, qayta kristallangan
kvartsdan iborat. Tashqi ko‘rinishidan oq, qizil, to‘q olcha ranga ega
bo‘ladi, zichligi yuqori, 2700 kgm
3
atrofida, suv shimuvchanligi 0,2%
dan kichik, siqilishga bo‘lgan mustahkamligi 400 MPa gacha, qattiqligi 7
ga teng bo‘lib, uzoqka chidaydi. Qumtoshlar tashqi yuzalarni puxta
qoplamalash uchun, ko‘priklarning fyermalari ostida, chaqiqtosh o‘rnida,
shuningdek dinasli o‘tga chidamli matyeriallar sifatida ishlatiladi.