1-Misol. Granodiorit va fillit turdagi tog‘ jinslarini hosil bo‘lishi,
mineral tarkibi, strukturasi, teksturasi shuningdek ularning asosiy
xossalarini keltiring.
Topshiriq javobi: Granodiorit magmatik, nordon jins bo‘lib,
magmani yuqori bosim ostida asta-sekin sovib, kristallanishidan hosil
bo‘ladi. Bunday sharoitlarda to‘liq kristallangan, yirik, o‘rta va mayda
donali strukturani, zalvorli (massiv) ba’zan dog‘simon teksturani hosil
qiladi. Mineral tarkibi (%): dala shpatlari 65% (nordon va o‘rta nordon
plagioklazlar, kaliyli dala shpatlaridan ko‘p bo‘ladi), kvarts-20-25%, to‘q
rangli minerallar (biotit, shox aldamchisi) 15-20%.
Granodioritlar granitlar va dioritlar oraliqlarida bo‘ladi. Tovlanishi
oqish, lekin granitlarga qaraganda koramtirroq bo‘ladi, bu uning
44
tarkibidagi biotit va shox aldamchisi minerallari mavjudligidandir. Rangi
kulrang, qizg‘ish, qizil, to‘q jigarrang va x.k. Granodioritlar yuqori
mustahkamligi va zichligi bilan ajralib turadi.
Yaxshi saqlangan fillit-alevrolit, argillit va gili slanetslardan past
haroratli regional metamorfizm jarayoni tufayli hosil bo‘ladi.
Metamorfizm hodisasi tufayli, gilli moddalarni to‘la qayta kristallanishi
sodir bo‘ladi.
2-Misol. Granodiorit, obsidian va traxit jinslari hosil bo‘lishi va
tarkibidagi kremniy kislotasi miqdori bo‘yicha qanday turlanadi? Qaysi
asosiy ko‘rinishlari buyicha ular tavsiflanadi? Jinslardan biri uchun
yozma tavsifnoma tuzing. Bu jinslarda qanday o‘xshashlik va farq bor?
Topshiriq javobi: Granodiorit-chuqurlik, nordon jins bo‘lib,
tarkibida kvarts, dala shpatlari bor. To‘la kristallangan strukturali,
massiv-teksturali bo‘ladi.
Obsidian (vulqon shishasi) shishasimon, zich strukturali, otilib
chiqqan, massiv teksturali jinsdir. Tarkibi doimiy emas. Granitlar va
sienitlarga o‘xshash, kamdan-kam hollarda dioritlar va gabbrolar analogi
bo‘lib hisoblanadi.
Traxit otilib chiqqan o‘rta nordon jins bo‘lib, asosan dala
shpatlaridan iborat, kvarts tarkibida bo‘lmaydi, bo‘lsa ham ikkinchi
darajali ahamiyatga ega bo‘ladi.
Strukturasi porfirli, teksturasi g‘ovakli kurinishda. Ularni o‘zaro
o‘xshashliklari-hamma jinslar mustahkam, magmatik yo‘llar bilan hosil
bo‘lgan. Ular strukturasi va tarkibi bo‘yicha farqlanadi.
Nazorat savollari:
1.Tog‘ jinsi nima? Magmatik tog‘ jinslari qanday yo‘llar bilan hosil
bo‘ladi?
2. CHuqurlik va otilib chiqqan tog‘ jinslari vakillarini, mineral
tarkibini ayting, ularning strukturaviy va teksturaviy xossalarini
xaraktyerlang va bu xossalarni tog‘ jinsining hosil bo‘lish sharoitiga
bog‘liqligini tushuntiring.
3. Magmatik tog‘ jinslarini yotish shakli qanday bo‘ladi?
4. CHo‘kindi tog‘ jinslari qanday yo‘llar bilan hosil bo‘ladi? 5.
CHaqilgan, kimyoviy, organogen va aralash yo‘llar bilan xosil bo‘lgan
45
jinslar vakillarini sanab o‘ting. Ularni mineral tarkibi, strukturaviy
xususiyati va qurilish xossalarini aytib byering. Qurilish xossalarini,
jinsning hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liqligini izohlab byering.
6. CHo‘kindi tog‘ jinslarining yotish shakli qanday ko‘rinishda
bo‘ladi?
7. Metamorfik tog‘ jinslari kanday yo‘llar bilan hosil bo‘ladi?
8. Tog‘ jinsi strukturasi va teksturasi nima?
9.Kontaktli va regional metamorfizmli jinslarni ayting, ularni mineral
tarkibi, strukturaviy va teksturaviy xususiyatlari, qurilish xossalarini
tushuntiring?
10. CHo‘kindi tog‘ jinslarini hosil bo‘lish sharoiti bo‘yicha
guruhlarga ajrating?
|