3.4.3-§. Asosiy cho‘kindi tog‘ jinslari va ularning
qurilish xossalari
CHo‘kindi tog‘ jinslarining ko‘pchiligi qurilish matyeriallari ishlab
chiqarish uchun xom ashyo bo‘lib hisoblansa, ba’zilari bevosita qurilish
toshlari sifatida ishlatiladi.
Qum va shag‘al magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘
jinslarining nurashi natijasida hosil bo‘ladi. Qumning o‘lchamlari 0,14
mm......5 mm gacha, shag‘alniki esa 5...70 mm bo‘ladi. Qurilishda
qumlardan qorishmalar tayyorlashda, ohak bilan aralashtirib silikatli
buyumlar olish uchun, shag‘alni esa betonga to‘ldirgich sifatida
ishlatiladi.
Gillar juda mayda zarrali yotqiziqlardir. Ular tabiatda tog‘
jinslaridan granitlar, gneyslar singari, dala shpatlari tarkibida bo‘lgan
jinslarni yemirilishidan hosil bo‘ladi. Uning tarkibiga kaolinit guruhiga
kiruvchi minerallar, ya’ni kvarts zarralari, slyuda, temir oksidi, kal’tsiy va
magniy karbonatlar kiradi. Kaolinitli gillar (kaolinlar) oq rangga ega
bo‘lgan boshqa gillar tarkibidagi begona aralashmalar turi va miqdoriga
qarab turli rangda, bo‘ladi. Gillar namlangandan so‘ng plastik holatga
o‘tib, xoxlagan shaklga kira oladi. Uni kuydirilganda esa sun’iy tosh
39
matyerialiga aylanadi. Gillar sopol matyeriallar, tsement ishlab
chiqarishda foydalaniladigan asosiy xom ashyodir.
Gips va angidrid kimyoviy cho‘kindi sifatida ajralib chiqqan jins
bo‘lib, asosan gips va angidrid minerallaridan tashkil topgan. Tashqi
ko‘rinishi va fizikaviy-mexanik hossalari bo‘yicha bir-biridan farq
qilmaydi. Qurilishda ulardan mineral bog‘lovchi moddalar olish uchun,
ayrimlaridan esa binolarning ichki qismini qoplash uchun ishlatiladi.
Magnezit kimyoviy yo‘llar bilan hosil bo‘lgan, magnezit
mineralidan tashkil topgan jins. Undan qurilishda o‘tga chidamli
buyumlar va matyeriallar olish uchun, qisman esa bog‘lovchi modda
(kaustik magnezit) olishda foydalaniladi.
Mel (Bo‘r) organik yo‘llar asosida o‘simlik qoldiqlaridan hosil
bo‘lgan jins. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha butunlay kal’tsiy karbonatdan
tashkil topgan, mustahkamligi unchalik yuqori emas. Qurilishda
bo‘yovchi tarkiblarda oq pigment sifatida, surkamalar tayyorlashda,
shuningdek ohak va portlandtsement ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Diatomit organik qoldiqlardan hosil bo‘lgan kremniyli jinsdir. Bular
suvli qumtuproqdan (opal) iborat bo‘lgan diatomitli suv o‘simliklarining
skeletlari yig‘indisidan tashkil topgan. Tashqi ko‘rinishidan diatomit oq
yoki sarg‘ish rangli bo‘lib, g‘ovak, juda yengil va yumshoqdir. Bir oz
tsementlashgan tog‘ jinsi bo‘lib, ko‘pincha u yozishda ishlatiladigan
bo‘rga o‘xshaydi. Bo‘r bilan diatomitning bir-biridan farqi shuki bo‘r NSl
da qattiq qaynagani holda, diatomit mutlaqo qaynamaydi.
Trepel qadimgi geologik davrlardagi dengizlarda yashagan sodda
o‘simliklarning, silitsitli chig‘anoqlarning cho‘qishi natijasida hosil
bo‘lgan jins. Trepel asosan, mayda (0,01-0,001 mm) opal mineralli
zarrachalardan iborat. Rangi oq, bo‘z, sarg‘ish pushtisimon bo‘ladi.
Diatomit va trepellarning xossalari bir-biriga yaqin bo‘ladi. Ularning
g‘ovakligi 60...70%, zichligi 350-950 kgm
3
, issiqlik o‘tkazuvchanligi
0,17.....0,23 VT(m
0
.
S), faol qumtuproq miqdori 75....96% ni tashkil
etadi. Qurilishda diatomit va trepeldan issiqdan himoya qiladigan
matyeriallar tayyorlashda, shuningdek mineral bog‘lovchi moddalar
tarkibiga faol mineral qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. Vaqt o‘tishi bilan
trepel-mayda zich zarrali yoki g‘ovak, qiyin namlanadigan amorfli
40
qumtuproqdan tuzilgan-opokaga aylanadi. Qurilishlarda tosh o‘rnida turli
ko‘rinishdagi ohaktoshlar, dolomitlar va qumtoshlar ishlatiladi.
Ohaktoshlar juda ko‘p hollarda organogen jinslar bo‘lib,
shuningdek kimyoviy yo‘llar bilan hosil bo‘lgan ohaktoshlar ham
uchraydi (ohakli tuflar). Ohaktoshlar asosan kal’tsit mineralidan tashkil
topsada, ko‘pincha turli aralashmalar (qumtuproq, gil, dolomit, temir
oksidi, organik birikmalar) bilan birgalikda uchraydi. Tashqi ko‘rinishi
oqish, sarg‘ish va bo‘z ranggacha bo‘ladi. Ularning rangi mexanikaviy
qo‘shilmalar rangiga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin (qizil, pushti, kora,
malla va boshqalar). Tarkibida gil miqdori 6% gacha bo‘lgani-
ohaktoshlar deyilib, gil miqdori 6-20% bo‘lsa myergelli ohaktosh, gil
miqdori 20% dan ko‘p bo‘lsa myergellar deb ataladi. Myergel suvda
turg‘un emas, sovuqqa bardosh byermaydi, shu sababli tosh o‘rnida
ishlatib bo‘lmaydi, biroq tsement ishlab chiqarishda bahosi yo‘q xom
ashyo hisoblanadi. Ohaktoshlar tarkibida gillarni juda oz miqdorda
bo‘lishi ham (3...4%), ularning suvda turg‘unligini va sovuqbardoshligini
kamaytiradi. Qurilish xossalari sifatini kamaytiruvchi yana bir mineral-bu
piritdir- FeS
2
. Tarkibida qumtuproq bo‘lgan ohaktoshlar, boshqa xillariga
qaraganda mustahkam va turg‘unroqdir. Tarkibida dolomit aralashgan
ohaktoshlar, dolomitlashgan ohaktoshlar deb ataladi.
Zich ohaktoshlarning zichligi 1800 kgm
3
dan katta bo‘lib,
zichlangan mayda kal’tsit donachalaridan tashkil topgan bo‘ladi yoki
tabiiy tsementlar (ohakli, ohak-qumli) bilan zichlashgan bo‘ladi.
Qurilishda bunday ohaktoshlar tosh ko‘rinishida, isitilmaydigan
binolarda, devor urishda, poydevor toshi o‘rnida, janubiy hududlardagi
turar joy binolarining devorlarini qurishda, devorga qoplash uchun
ishlatiladigan plitalar yoki bezakbop detallar ko‘rinishida, poypesh,
karniz, zinapoyalarda, shuningdek betonga ishlatiladigan to‘ldirgich
o‘rnida, yo‘llar poyi uchun matyerial, portlandtsement, ohaq ishlab
chiqarishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi.
CHig‘anoqtoshli ohaktoshlar dengizda yashagan mollyuskalar ning
chig‘anoqlaridan hosil bo‘lgan g‘ovak tuzilishli, zichligi va
mustahkamligi past bo‘lgan jinsdir.Ulardan qurilishda devorga
ishlatiladigan tosh o‘rnida, devorlarni ustidan qoplanadigan matyerial
ko‘rinishida, shuningdek, yengil betonga to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.
41
Ohakli tuflar kimyoviy yo‘llar bilan hosil bo‘lgan syerg‘ovak
ohaktoshlardir. g‘ovakli tuzilishiga ega bo‘lishligiga qaramasdan ohakli
tuflar yetarlicha sovuqqa chidamlikka ega, chunki ulardagi mayda yopiq
g‘ovaklar kam suv shimishni ta’minlaydi. Ohakli tuflarning yana boshqa
ko‘rinishidan biri-travyertin tog‘ jinsi bo‘lib, mayda zich zarralardan
tuzilgan mustahkam (siqilishga mustahkamligi 80 MPa) jins, qurilishda
binolarni sirtlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Dolomit kimyoviy yo‘l bilan hosil bo‘lgan, dolomit minerallaridan
tuzilgan jins. Xossalari jihatidan zich ohaktoshlarga yaqin turadi,
ohaktoshlar qay maqsadlarda ishlatilsa, dolomitlar ham ana shu
maqsadlarda ishlatiladi, shuningdek ulardan o‘tga chidamli va issiqdan
himoya qiladigan matyerial tayyorlanadi.
|