37
Arduino Mega da esa Arduino Uno ga nisbatan ancha ko'p modullarni boshqara
olish imkoniyatiga ega sababi unda Uno ga nisbatan portlari ancha ko'proq. Quyida
Arduino Uno va Mega platalarining ko'rinishi:
ARDUINO
MEGA
3.1.2-rasm.
ARDUINO
UNO
3.1.3-rasm.
Endi qaysi platadan foydalanamiz
degan savolga kelsak, biz Arduino Uno
platasidan foydalanamiz. Sababi u juda ixcham, qulay va ko'plab funksialarni bajara
oladi (biz darslar davomida o'rgatib boradigan). Arduino Uno imkoniyatlariga
kelsak: Arduino Uno da Atmega328 mikrokontrolleri o'rnatilgan, unda 14ta raqamli
(0-13) va 6ta analog (A0-A5)
portlari mavjud, 3ta GND (ya'ni zemlya), 1ta 5V,
3.3V, AREF (ya'ni Analog portlardagi kuchlanishni boshqarish uchun), Vin (ya'ni
38
tashqi kuchlanish manbai orqali arduinoga kuchlanish berish imkoniyatini
beruvchi), IOREF (ya'ni kerakli kuchlanishga sozlab beruvchi), Reset (ya'ni
Arduinoni qayta yuklash uchun), portlari mavjud. Yana bitta fizik tugma bo'lib, u
Arduinoni qayta yuklash uchun ishlatiladi. Unga 2ta elektr tok manbaini ulash
uchun port mavjud bo'lib, 1tasi USB orqali 5V li tok manbaidan elektr energiyasini
olsa, ikkinchisi 220V (bu o'rtacha olganda) li o'zgaruvchan
tok manbaidan elektr
energiyasini oladi. Arduino ishlash kuchlanishi 5V bo'lib, unga kiruvchi kuchlanish
6-20V
gachadir
(tavsiya
etilgan
7-12V
gacha).
Arduino Uno bilan tanishib oldik, endi biz unga dastur yozuvchi muhit bilan ya'ni
Arduino
IDE
bilan
tanishamiz.
U
quyidagicha
ko'rinishda
bo'ladi:
3.1.4-rasm.
Bu bizga kerakli dasturni yozish, uni tekshirish va kerakli Arduino ga yozishda
bizga yordam beradi. U ochiq kodli hisoblanadi ya'ni Arduino platasiga yoziluvchi
barcha dasturlarni internetdan topishingiz mumkin va uni olganligingiz uchun hech
qanday pul to'lamaysiz. Undan qanday foydalanishni darslarimiz davomida sizlarga
o'rgatib
boramiz.
Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, agar siz bunda dasturlashni va qurilmalarni
yig'ishni o'rganib olsangiz, o'zingiz uchun kundalik hayotda ishlatish uchun
mo'ljallangan qurilmalarni yasay olasiz deb ayta olamiz.