• 2-rasm. Payvandlash traktori
  • 3 - rasm. Flyus ostida payvandlash uchun yarim-avtomat
  • – rasm. Elektr yoyli payvandlash uchun avtomat




    Download 1.67 Mb.
    bet8/24
    Sana26.01.2023
    Hajmi1.67 Mb.
    #39623
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
    Bog'liq
    Avtomatika
    CHILANGARLIK ISHLARI TEST, taqdimot Zilolaxon Malaka ishi, Икки тармоқли реактор ёрдамида тез ўзгарувчан юкламали ЭИ лар борлигида кучланишни ростлаш мумкин, 12-маъруза, EE-01-20 albom, 4 amaliy, Book · January 014 citations reads 4,111 authors Some of the au, Calendar plan-Avtomatik loyihalashning zamonaviy tizimlari (5), rasshirovka elektrod 2, 9-EPTJ, Как вычислить коэффициент корреляции , Лекция-8-Корреляция.-Метод-наименьших-квадратов, File, REZINA
    1 – rasm. Elektr yoyli payvandlash uchun avtomat:
    1 – ishlatilmagan flyusni tortuvchi qurilma; 2 – elektrod uzatish mexanizmi; 3 – uzatish mexanizmining yuritgichi; 4 – reduktor; 5 – ko’ndalang korrektor; 6 – ko’tarish mexanizmi; 7 – yuruvchi mexanizm; 8 – flyus-apparat; 9 – relsli yo’l; 10 – krestovina; 11 – simni to’g’rilash mexanizmi; 12 – uzatuvchi rolik; 13 – mundshtuk; 14 – yoritgichli ko’rsatgich; 15 – flyus uchun o’ra.

    Payvandlash birikmani bajarish jarayonida payvandlash qirralari yo’nalishi bo’yicha, bevosita buyum yuzasi bo’yicha yoki rels yo’li bo’yicha harakatlanuvchi payvandlash apparatiga payvandlash traktori deyiladi (2-rasm).


    Payvandlash kallagi to’g’rilash mexanizmi tizimlari bilan, flyus uchun bunker va sim uchun g’altagi bilan payvandlanayotgan buyum tepasiga siljimaydigan qilib mahkamlangan qurilmaga osma payvandlash apparati deyiladi. Osma payvandlash apparatlarini qo’llashda buyum o’zi mexanik jihozlar (manipulyatorlar, aylantirgichlar, rolikli stendlar) yordamida harakatga keltiriladi, yoy esa harakatsiz bo’lib turaveradi. Osma payvandlash apparatlari aravachalarga ham o’rnatiladi, masalan, uzun to’g’ri chiziqli choklar hosil qilish uchun yoki payvandlash apparatini bir pozitsiyadan ikkinchi pozitsiyaga o’tkazish va hokazolar uchun aravachalarga o’rnatiladi. Osma payvandlash apparatlarning texnik tasnifi 1.1. – jadvalda keltirligan.



    2-rasm. Payvandlash traktori:
    1 – aravacha; 2 – ko’ndalang korrektor; 3 – ustun; 4 – mufta dastasi; 5 – fiksator maxovigi; 6 – boshqaruv pulti; 7 – g’altak; 8 – dasta; 9 – shayin; 10 – flyus uchun bunker; 11 – dasta; 12 – vertikal korrektor; 13 – payvandlash kallagi.
    Payvandlanayotgan qirralar bo’ylab yoyni payvandchi qo’li bilan harakatlantiradigan va faqatgina elektrod simini uzatish mexanizmi o’rnatilgan qurilmaga shlangli yarim avtomat deyiladi (3-rasm).

    3 - rasm. Flyus ostida payvandlash uchun yarim-avtomat:
    1 – uzatish mexanizmining kassetasi; 2 – elektrod simi va elektr tokini uzatish uchun egiluvchan shlang; 3 – uzatish mexanizmining roliklari; 4 – tutkich; 5 – uzatuvchi mexanizm; 6 – yarim avtomatik elektr uskunali apparat qutisi; 7 – payvandlash transformatori.
    Flyus ostida yarimavtomatik payvandlashda (3-rasm) kichik diametrli payvandlash simi kasseta (1) dan egiluvchan maxsus shlang (2) bo’ylab uzatuvchi mexanizm (3) yordamida tutkich (4) tomon suriladi, tutkichdan esa sim payvandlash zonasiga uzatiladi. Payvandlash toki tutkichga egiluvchan shlang (2) orqali keltiriladi. Flyus payvandlash zonasiga yoki shlang bo’ylab siqilgan havo bilan pnevmatik uzatiladi, yoki o’z og’irligi hisobiga tutkich (4) ning voronkasidan tushiriladi.

    Download 1.67 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




    Download 1.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – rasm. Elektr yoyli payvandlash uchun avtomat

    Download 1.67 Mb.