• 5-rasm. Sim uzatish uchun rolikli qurilmalar. 6-rasm. Uzatuvchi roliklar turlari
  • 7-rasm. Tok uzatuvchi mundshtuklar
  • Payvandlash apparatlarining asosiy elementlari va qismlari




    Download 1.67 Mb.
    bet9/24
    Sana26.01.2023
    Hajmi1.67 Mb.
    #39623
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
    Bog'liq
    Avtomatika
    CHILANGARLIK ISHLARI TEST, taqdimot Zilolaxon Malaka ishi, Икки тармоқли реактор ёрдамида тез ўзгарувчан юкламали ЭИ лар борлигида кучланишни ростлаш мумкин, 12-маъруза, EE-01-20 albom, 4 amaliy, Book · January 014 citations reads 4,111 authors Some of the au, Calendar plan-Avtomatik loyihalashning zamonaviy tizimlari (5), rasshirovka elektrod 2, 9-EPTJ, Как вычислить коэффициент корреляции , Лекция-8-Корреляция.-Метод-наименьших-квадратов, File, REZINA
    Payvandlash apparatlarining asosiy elementlari va qismlari
    Elektrod simini uzatish mexanizmi yuritmadan va roliklarni uzatuvchi tizimlardan iborat. Yuritma berilgan tezlik bilan uzatuvchi roliklarni aylantirishini va elektrod simi uzatish tezligini berilgan qiymatini to’g’rilashni ta’minlaydi. Uzatuvchi mexanizmlar yuritmasi sifatida asinxron yuritma va almashtiruvchi shesternyalari bilan reduktor yoki tezliklar qutisi ishlatiladi. Almashtiriluvchi shesternyalari bilan uzatish mexanizmi apparatlari seriyali yoki hajmli ishlab chiqarishda keng qo’llanildi, chunki payvandlash rejimi nisbatan kam almashtiriladi.
    Almashtiriluvchi shesternyalari bilan uzatish mexanizmlari qurilmasi oson va ishlatilishi sodda. Payvandlash rejimini tez-tez o’zgartirib turish kerak bo’lgan kam seriyali ishlab chiqarishda, uzatish mexanizmining tezliklar qutisi bilan, variatorlar bilan bo’lgan apparatlar ishlatiladi. Uzatuvchi roliklar konstruksiyalar tizimi payvandlash zonasiga turli diametrli va turli ashyoli simlarni kam deformatsiya bilan kassetadan stabil uzatishni ta’minlash kerak. (5-rasm). O’yiqcha bilan, silliq ariqcha bilan, o’yiqcha va ariqcha bilan, rezinalangan roliklar bilan, shesterenli roliklar ariqchasi bilan silindrik roliklar ishlatiladi (6-rasm).



    5-rasm. Sim uzatish uchun rolikli qurilmalar.

    6-rasm. Uzatuvchi roliklar turlari:
    a – silindrik o’yiqli rolik; b – silliq ariqchali rolik; d – o’yilgan ariqchali rolik; e – shesterenli ariqchali rolik; f – silindrik rezinali rolik.
    Tok uzatuvchi mundshtuklar payvandlash zonasiga elektrodni yo’naltirish uchun va unga tokni uzatish uchun xizmat qiladi. Mundshtuklar rolikli, kolodkali, quvurchali, etikchali bo’ladi (7‑rasm). Etikchali mundshtuklar ingichka diametrli (2 mm gacha) bo’lgan simlar bilan ishlash uchun mo’ljallangan. Rolikli, kolodkali va quvurchali mundshtuklar 3–6 mm diametrli simlar bilan payvandlash uchun mo’ljallangan.

    7-rasm. Tok uzatuvchi mundshtuklar:
    a – rolikli; b – kolodkali; d – quvurchali; e – etikchali:
    1 – ko’rsatgich; 2 – kontaktlashtiruvchi roliklar; 3 – yo’naltiruvchi o’zak; 4, 6 – prujinalar, 5 – korpus; 7 – haraktlanuvchi kolodka; 8 – tok uzatma; 9 – tok uzatmani maxkamlash; 10 – harakatlanmaydigan kolodka; 11 – gayka; 12 – uchlik; 13 – quvurcha; 14 – kirgizma; 15 – tok uzatma.


    To’g’rilovchi mexanizmlar elektrod simini to’g’rilash uchun mo’ljallangan. Erkin aylanuvchi roliklar tizimi orqali sim o’tkaziladi, roliklar shunday joylashtirilganki, simning qiyshiq joylari to’g’rilanib ketadi. Ko’pgina zamonaviy payvandlash apparatlarida sim to’g’rilash mexanizmi faqat bitta tekislik bo’yicha yotadi. To’g’rilash uchun ikki va undan ko’p tekisliklar bo’yicha to’g’rilash mexanizmlari konstruksiyalari ishlab chiqilgan.
    Sim uchun g’altaklar. 3–5 mm li simlar bilan payvandlashda eng ko’p tarqalgan g’altaklar bu yopiq turdagi g’altaklar. Sim diametri 2 mm gacha bo’lgan shlangli apparatlarda ochiq turdagi g’altaklar ishlatiladi (8-rasm).


    Download 1.67 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




    Download 1.67 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Payvandlash apparatlarining asosiy elementlari va qismlari

    Download 1.67 Mb.