Navoiy davlat pedagogika instituti fizika-texnologiya fakulteti fizik praktikum fanidan




Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/44
Sana22.02.2024
Hajmi2,89 Mb.
#160769
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
Fizik praktikum 2023-2024

Tajriba qurilmasini yig’ish 

3.1-rasmda ko’rsatilgan tajriba qurilmasini yig’ing. 

Buning uchun eng avvalo nakonechniklar bilan quvurlarni ulash uchun 
mos silikon quvurlar va ulagichlardan foydalaning; 

suv nasosini shunday ulangki, u suvni quyosh kollektorining tubidan 
quyosh kollektori orqali haydasin, ya’ni nasos nakonechnigini kirish kamerasining 
nakonechnigi bilan ulash kerak; 

harorat datchigini bevosita rezinali jipslagich yordamida quyosh 
kollektorining chiqish kamerasidagi 1,5 mm qilib parmalangan teshikka o’rnating; 

haroratni o’lchashning bu usuli quyosh kollektorini qizib ketishining 
oldini olish uchun ham qo’llaniladi. Kollektordagi suvning harorati 60°C dan ortib 
ketmasligi kerak; 



chiqish kamerasining nakonechnigini bak nakonechnigi bilan ulang; 

bak chiqish nakonechnigini suv nasosining kirishi bilan ulang; 

bakga 1000 ml suv soling; 

bakni shunday ko’taringki, suv nasosi orqali suvning oqib tushishi 
quyosh kollektoridan o’tib, ortga bakning kirishiga qaytsin. Suv qarshiliksiz oqishi 
uchun, barcha quvurlar doimo to’g’ri (burishgan va egilgan joysiz) bo’lishi kerak; 

bakni shtativ ustunidagi oldindan belgilangan joyga o’rnating; 

suv nasosining elektr ta’minotini ulang va qutbga rioya qilib, taxminan 
V kuchlanish o’rnating; 

quvur shlanglar sistemasida pufaklar yo’qligiga amin bo’ling. 
Haroratni o’lchash. 

universal tutgich yordamida ikkinchi harorat datchigini bakdagi suvga 
o’rnating. Harorat datchiklarini NiCr-Ni- adapteri bilan CASSY ko’chma 
qurilmasiga ulang. 
Yoritish vositasi. 

cho’g’lanma lampani shtativga o’rnating va uni quyosh kollektorining 
old tomonidan taxminan 50 sm masofada joylashtiring; 

cho’g’lanma lampani ulang va uni shunday joylashtiringki, bunda 
kollektorning faol qismi to’liq yoritilsin. Ehtiyoj bo’lganda, korpusning plastmassa 
qismi yoritilmasligiga erishing

cho’g’lanma lampani o’chiring va quyosh kollektorining sovushiga yo’l 
qo’ying. 

Download 2,89 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Navoiy davlat pedagogika instituti fizika-texnologiya fakulteti fizik praktikum fanidan

Download 2,89 Mb.
Pdf ko'rish