QURILMANING TUZILISHI VA ISHLASHI:
Tajriba qurilmasi 1-rasmda keltirilgan. Tajriba o’tkazish vaqtida Dyuar
idishi o’quv laboratoriya torozisining pallasida joylashgan bo’lishi kerak.
1. Termometrni yoki NiCr-Ni tipli temperatura datchigini o’rnating;
2. 2 sm balandlikgacha bug’ generatoriga distillangan
suv soling va qopqoqni
berkiting. Shundan so’ng qisman vositani tartib va ehtiyotlik bilan mahkamlang.
3. Bug’ trubkasining kirishini suv ajratgichga shunday siljitingki,
pastki
stoporgacha bo’lgan masofa yuqorigi stoporgacha bo’lgan masofadan katta bo’lsin.
4. Bug’ trubkasining chiqishini u yuqorigi stoporgacha yetmaguncha siljiting.
5. Silikon quvurlardan bug’ trubkasini chiqishi bilan bug’ generatorini va bug’
trubkasining kirishi bilan suv ajratuvchi separatorni biriktirish uchun foydalaning.
Hozircha suv ajratgichni o’rnatmang.
ISHNI BAJARISH TARTIBI
Dyuar idishini sovuq suv bilan to’ldirish:
1. Bo’sh Dyuar idishining massasini o’lchang.
2. Dyuar idishiga taxminan 150 gramm distillangan suv soling va uning massasini
m
2
hamda temperaturasini
𝑣
2
o’lchang.
3. Suv ajratgichni shunday o’rnatingki, bug’ trubkasining
chiqishi Dyuar idishi
tubining o’rtasidan 1 sm yuqorida joylashsin. Zaruriyat tug’ilganda uni silikon
quvur qisqa bo’lagi bilan tortish mumkin.
4. Qurilmaning umumiy massasini aniqlang.
5. Bug’ni quvur orqali idishga uzating, suv ajratgichni menzurkaga joylashtiring va
silikon quvurlar yaxshi qotirilganiga amin bo’ling.
6. Bug’ generatorini elektr tarmoqqa ulang va bug’ chiqishini kuting.
7. Suv ajratgichni Dyuar idishining tepasiga o’rnating va yana bir bor to’liq
massaning ortishini va temperaturaning ko’tarilishini kuzating.
8. To’liq massa taxminan 20 g.
ortgandan keyin, bug’ generatori o’chiriladi va
tezda aralashmaning temperaturasi υ
M
aniqlanadi.