11-LABORATORIYA ISHI
GAZ QONUNLARINI O’RGANISH
1-topshiriq: Doimiy temperaturada gaz bosimining hajmga bog’liqligi
(boyl-mariott qonuni)
Ishning maqsadi: Doimiy temperaturada gaz hajmining bosimga bog’liqligini
o’rganish.
Kerakli asbob va qurilmalar: Gazli termometr,
dastakli vakuum nasosi, V
shaklsimon shtativ asos,
shtativ ustuni, “Timsoh” tipli qistirgich,
raqamli
termometr, Mobill Cassy qurilmasi.
Nazariy qism
Ma’lumki, molekulyar fizikaning asosiy tushunchalaridan biri bu ideal gaz
tushunchasidir. O’ta siyraklashtirilgan, molekulalari orasidagi o’zaro ta’sir
potensial energiyasi juda kichik bo’lgan, faqatgina
idish devorlari bilan
to’qnashadigan hayoliy gazga ideal gaz deyiladi. Real gazning molekulyar va
termodinamik xossalarini o’rganish amalda murakkab bo’lganligi sababli, dastlab
ularni ideallashtirgan modelidan foydalaniladi va keyinchalik real gazlarga tadbiq
etiladi.
Molekulyar fizikada gaz xossalarining asosan 3 ta jihatini o’zida
qamrab
oluvchi molekulyar kinetik nazariya (MKN) mavjud bo’lib, uning asosiy xulosalari
quyidagicha ifodalanadi.
1. Har qanday modda (gaz, suyuq, qattiq jism) mayda zarrachalar,
molekulalardan iborat.
2. Molekulalar xaotik issiqlik harakatida bo’ladilar.
3. Molekulalar orasida o’zaro ta’sir (itarishi yoki tortishish) kuchi mavjud.
Ideal gazning holat parametrlari asosan
uchta kattalik temperatura, bosim,
hajm orqali ifodalanadi. Ana shu uchta kattalik orasidagi bog’lanish qonuniyati
Klayperyon tenglamasi orqali aniqlanadi:
PV =νRT (1)
bu yerda
P – bosim;
V - hajm; T – temperatura; ν – ideal gazning moldagi miqdori;
R - universal gaz doimiysi (8,31 J/(K
⋅mol).
Ideal gazning holat paramterlaridan biri o’zgarmagani holda,
qolgan
ikkitasining o’zaro bog’liqlikdagi o’zgarish jarayonlari izojarayonlar deyiladi.
Masalan, gaz temperaturasi o’zgarmasdan saqlansa izotermik jarayon hosil qilinsa,
gaz bosimining hajmiga ko’paytmasi o’zgarmasdan saqlanadi:
PV = const (2)
Olingan tajribalar shuni ko’rsatadiki, izotermik jarayonda gaz hajmining
bosimga bog’lanish qonuniyati quyidagi grafikda ko’rsatilgani kabi bo’ladi (1-
rasm).