3-rasm. Doimiy temperaturada gaz hajmining bosimga bog’likligini o`rganish
uchun mo’jallangan tajriba qurilmasi.
Gaz hajmi (V
0
)ni o’rnatish:
- gazli termometrdan foydalanish uchun uni ishchi holatdan (ochiq uchi
yuqorida) sekin shunday buringki, simob kapillyarning kirish teshigiga
siljisin;
- dastaki vakuum nasosining ventilyasiya klapanini
(b) sekinlik bilan oching
va
ΔP bosimni sekin 0 ga shunday kamaytiringki, simob yakka bog’langan
tomchi bo’lib asta yumalasin;
- gazli termometr bilan katta trubkani shtativ ustuniga o’rnating;
- agar katta simob tomchisi kuchli ventilyasiya yoki vibrasiya
natijasida
bo’linib ketsa, qaytadan simobni yig’ing.
Tajribani o’tkazish tartibi:
- tashqi bosimni
P
0
aniqlang;
- gazli termometrning shkalasi bo’yicha simob ustunining balandligi
h
Hg
ni
yozib oling;
- dastaki (qo’l bilan yurgiziladigan) vakuum
nasosi yordamida ortiqcha
bosimni
ΔP yuzaga keltiring va uni qadamma- qadam sekin asta oshirib
boring;
- har safar simob ustunining balandligini
h va
ΔP bosimni yozib boring;
- olingan natijalarni ishchi formula asosida hisoblab, o’lchashda yo’l
qo’yilgan absolyut va nisbiy xatoliklarni aniqlang;
- tajriba natijalarini jadvalga kiriting(1-jadval);
- tajribadan olingan natijalar asosida gaz hajmining bosimga bog’liqlik
grafigini chizing.
Sinov savollari
1. Ideal gaz holat tenglamalarini keltirib chiqaring va mohiyatini izohlang?
2. Boyl-Marriot qonuning fizik mohiyatini izohlang?
3. Olingan tajriba natijalarini tahlil qilib, o’zgarmas temperaturada gaz hajmining
bosimga bog’lanish qonuniyatini tushuntiring?
4. Ishga xulosa yasang.
2-topshiriq: Doimiy bosimda gaz hajmining temperaturaga bog’liqligi (gey -lyusak
qonuni)
Ishdan maqsad: Doimiy bosimda gaz hajmining temperaturaga bog’liqligini
o’rganish.
Kerakli asboblar va qurilmalar: Gazli termometr, dastaki vakuum nasosi, V
shaklidagi shtativ asos, shtativ ustuni, “Timsoh” tipli qistirgich, qizdiruvchi elektr
plitka, shisha o’lchov stakani, raqamli termometr
yoki NiCr-Ni temperatura
datchigi, Mobil CASSY.
Nazariy qism
ν mol miqdordagi ideal gazning holati tajribada aniqlanishi mumkin bo’lgan
bosim, hajm va temperatura qiymatlari bilan to’liq ifodalanadi. Bu uch parametrlar
orasidagi munosabat asosiy gaz qonuni bilan aniqlanadi:
PV=νRT
(1)
bu yerda p
– bosim;
V - hajm;
T – temperatura;
ν – ideal gazning moldagi miqdori;
R - universal gaz doimiysi (8,31 j/(K
⋅mol).
Agar parametrlardan biri- bosim, hajm yoki temperatura doimiy qolsa,
qolgan ikki miqdorni bir biridan mustaqil tarzda o’zgartirib bo’lmaydi. Masalan,
doimiy bosimda holatlarning Gey-Lyussak munosabati o’rinli bo’ladi: