Qurilmaning tuzilishi va ishlashi Simob tomchilarini yig’ish - Dastaki vakuum nasosini gazli termometrga ulang va termometrni
shunday ushlangki, uning ochiq uchi pastga qarab yo’nalgan bo’lsin. (2-
rasmga qarang).
- Dastaki vakuum nasosi yordamida maksimum ortiqcha bosimni Δp
yuzaga keltiring va tomchi shaklidagi simobni qavariq joyga (a) to’plang.
Dastaki vakuum nasosining manometri ortiqcha bosimni ΔP manfiy
qiymat tarzida ko’rsatadi.
- Agarda hali ham simobning tomchilari kapillyarda qolsa, kapillyarni
sekin turtkilab, ular qavariq joyga (a) siljitiladi.
Gaz hajmini V 0 o’rnatish - Gazli termometrdan foydalanish uchun uni ishchi holatdan (ochiq uchi
yuqorida) sekin shunday buringki, simob kapillyarning kirish teshigiga
siljisin.
- Dastaki vakuum nasosining ventilyasiya klapanini (b) sekin oching va
ΔP bosimni sekin 0 ga shunday kamaytiringki, simob yakka bog’langan
tomchi bo’lib asta yumalasin.
- Gazli termometr bilan katta trubkani shtativ ustuniga o’rnating.
Agar katta simob tomchisi kuchli ventilyasiya yoki vibrasiya natijasida
parchalansa, qaytadan simobni yig’ing.
Temperaturani raqamli termometr bilan o’lchash (o’lchash asbobini taqdimot qilish) Gazli termometrga parallel qilib temperatura datchigini NiCr-Ni katta
probirkaga kiriting va uni raqamli termometr bilan ulang.
Temperaturani Mobil CASSY yordamida o’lchash (ko’chma o’lchash asbobi) Gazli termometrga parallel qilib temperatura datchigini NiCr-Ni katta
probirkaga kiriting va uni Mobil CASSY bilan ulang.
2-rasm. Simob tomchilarini yig’ish va dastlabki gaz hajmini V 0