-
diqqat bilan, egmasdan, harorat datchigining uchini rezinali tiqindagi
teshik (diametri 1,5 mm) orqali siljiting. Uni hali kalorimetrik kameraga
o’rnatmang;
-
tayyor qurilish materiali namunasini ochiq kameraga o’rnating va harorat
datchiklarini asosga hamda namuna ustiga qo’ying. Agar qurilish materiali
namunasini ko’tarishga ehtiyoj tug’ilsa, ilgakli tutgichdan foydalaning;
-
adapter NiCr-NiS dan foydalanib, 1-rasmda keltirilganidek qilib, harorat
datchigini SASSU ga ulang;
-
transformatorni elektroplitka bilan ulang. Hali transformatorni ishga
tushirmang!
-
kalorimetrik kamerani yupqa va suv o’tkazmaydigan plastmassali
plyonka (masalan, plastmassa o’ram) bilan qoplang. Muz kubikli sumkani
alyuminiy plastinaning tepasiga qo’ying. Suv kameraga kirib ketmasligiga yoki
kabellar bilan kontaktlashmasligiga amin bo’ling.
Eslatmalar: Sumka juda kichik bo’lmasligi kerak. Muz iloji boricha
alyuminiy plastina bilan zichroq kontaktlashishi kerak. Muz kubiklari qanchalik
kichik bo’lsa, qurilish materiali namunasi bilan muz shunchalik yaxshi
kontaktlashadi. Sumkaga zarar yetkazmaydigan qilib joylashtiriladigan og’ir
obyekt ham foydadan holi emas.