LABORATORIYA ISHI№7
QUYOSH KOLLEKTORINING EFFEKTIVLIGINI ISSIQLIK
IZOLYATSIYASINING FUNKSIYASI SIFATIDA ANIQLASH
Ishning maqsadi: Quyosh kollektorining harorat koeffitsiyentini issiqlik
izolyatsiyasi bilan va usiz o’lchashni hamda quyosh kollektorining
effektivligini
baholashni o’rganish.
Kerakli jihozlar:
Quyosh kollektori, quvvati
1000 W bo’lgan,
och tusli
cho’g’lanma lampa, suv nasosi, boshqariladigan past kuchlanishli transformator,
uzunligi
100 sm bir juft kabel (qizil/sariq), Mobil
CASSY,
NiCr-Ni harorat datchigi,
po’latli o’lchash poloskasi, taymer (sekundomer),
V shaklidagi shtativ asos va turli
balandliklardagi
shtativ ustunchalar, multi qisqichlar, universal tutgich,
plastik
stakan, diametri va uzunligi turlicha bo’lgan silikon quvurlar, bevosita ulagich.
Nazariy qism
Quyosh kollektori quyosh radiasiyasini yutadi va o’zini hamda to’ldirilgan
suvni qizdiradi. Quyosh kollektorining effektivligi (
η) suv yutgan issiqlik
energiyasi (
∆Q) ning kollektorga tushayotgan radiatsion energiya (
∆Ε) ga nisbati
bilan o’lchanadi:
𝜂 =
Δ𝑄
Δ𝐸
(3.1)
Bu ifodadagi suv yutgan issiqlik energiyasi (
∆Q) ni
cm∆t va
radiatsion
energiya
𝛥𝐸 ni esa
P·t orqali ifodalab,
(1) tenglikni quyidagicha yozish mumkin:
𝜂 =
𝑐𝑚Δ𝑡
𝑃𝑡
(3.2)
Bu yerda
c – suvning solishtirma issiqlik sig’imi,
m suvning massasi,
∆t –
temperaturalar farqi,
P –
cho’g’lanma lampaning quvvati,
t – o’lchashlar
o’tkaziladigan vaqt oralig’i.
Kollektor atrof muhitga nisbatan issiqroq bo’lganda, u atrof muhitga
nurlanish, konveksiya va issiqlik o’tkazuvchanlik orqali issiqlik ajratadi. Shu
yo’qotishlar sababli kollektorning effektivligi kamayadi.
Tajribada suyuqlikning
majburiy sirkulyasiyasi nasos yordamida amalga oshiriladi. Sistema (kollektor,
quvurlar va bak) tomonidan yutilgan issiqlik energiyasi asosan suvda
mujassamlashganligi uchun quyosh kollektorining harorati juda yuqori bo’lib keta
olmaydi.
Tajribalarda quyosh kollektori issiqlik izolyatsiyasi bilan hamda usiz
qo’llaniladi. Bunda bakda suvning haroratviy xarakteristikalari o’lchanadi.