|
Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakulteti informatika kafedrasi
|
bet | 10/13 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #250401 |
Bog'liq Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakultYangi mavzu bayoni:
MOOClar yaratilganidan buyon shu kungacha ko‘plab ijobiy fi krlarni to‘pladi hamda dunyo bo‘yicha millionlab masofadan ta’lim oluvchilar armiyasini shakllantirdi. MOOС platformalari: o‘quv materialini qiziqarli, ko‘ngilochar (o‘yinli), interfaol shaklda taqdim etadi; ilmga qiziqishni uyg’ota oladi; kelajagi porloq sohalar haqida fi krlarni shakllantiradi; oliy ta’lim muassasasini tanlashda yordam beradi; chet tillar (aksariyat hollarda ingliz tili)ni chuqur o‘rganish imkoniyatini beradi.
Har tomonlama kamol topishga intilgan inson MOOC platformalarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirib boradi.
Khan Academy platformasida ta’lim olish
Khan Academy — ta’lim berishga yo‘naltirilgan, internet orqali bepul va sifatli ta’lim beradigan notijoriy tashkilot. Asosiy maqsadi — dunyo aholisiga sifatli va bepul ta’lim berish. Loyiha Google, Bill va Melinda Geyts jamg’armasi va boshqa ko‘plab tashkilot hamda shaxslarning xayriyalari hisobiga moliyalashtiriladi.
Akademiya platformasining kurslari juda sodda, biroq qat’iy va o‘zini sinab ko‘rish uchun juda ko‘p interfaol xususiyatlarga ega. Platforma o‘zida ta’lim beruvchi videorolik, amaliy topshiriqlar va ta’lim olishning shaxsiy panelidan tarkib topgan. Boshqa MOOC platformalardan farqli ravishda, Khan Academy kurslari maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, platformada matematika, ingliz tili, kimyo va boshqa fanlar bo‘yicha o‘quv materiallari joylashtirilgan.
Shuningdek, ta’lim oluvchilar SAT, ACT, GRE, NCLEX-RN va Praxis imtihonlari standart testlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun materiallar bilan tanishishlari mumkin. Akademiya o‘qituvchi va ota-onalarga standart o‘quv materiallarini belgilash va ta’lim oluvchining o‘zlashtirishini kuzatib borish imkoniyatini taqdim etadi. Tarmoq vositalari yordamida ta’lim oluvchilar boshqa foydalanuvchi va o‘qituvchilar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatishi mumkin.
Khan Academy platformasi bilan ishlash
1. Khan Academyning rasmiy manzili (https://khanacademy.org/)ga kiriladi.
2. Platforma kurslarida ta’lim olish uchun Sign up (A’zo bo‘lish) orqali ro‘yxatdan o‘tiladi (1).
3. O‘qishni boshlash uchun Login (Kirish) bo‘limi yordamida login va parol asosida tizimga kiriladi (2).
4. Search (Izlash) bo‘limi yordamida kerakli mavzu yoki kurslar qidiriladi (4).
5. Courses (Kurslar) (5) bo‘limi orqali kerakli kurs (masalan, trigonometriya) tanlanadi (6).
6. Platformaning o‘qituvchi va ota-onalarga berilgan imkoniyatlaridan foydalanish uchun mos ravishda O‘qituvchi (7) va Ota-ona (8) tugmachasi tanlanadi.
7. Platformani moliyalashtirish uchun ko‘mak bermoqchi bo‘lganlar Donate (Xayriya) bo‘limini tanlaydilar (3).
Khan Academy platformasida ta’lim olish
1. Kurs oynasida kurs haqida qisqacha ma’lumot bilan tanishish mumkin (1).
2. Har bir kurs bo‘limlardan, bo‘limlar esa mavzulardan iborat. Kurs oynasida bo‘lim tanlanadi, masalan, trigonometriya kursining “To‘g’ri burchakli uchburchaklar trigonometriyasi” mavzusi (2).
3. Bo‘lim oynasida o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzular ro‘yxati berilgan bo‘lib, o‘zlashtirish uchun mavzu tanlanadi (3).
4. Ushbu oynada mavzuning tarkibi, ya’ni ma’ruza materiallari (4), videodarslar (5) va bilimni tekshirish uchun mashqlar (6) berilgan.
5. Har bir bo‘lim o‘zlashtirib bo‘linganidan keyin, oraliq test topshiriladi (7). So‘ngra tizim keyingi bo‘limga o‘tish uchun ruxsat beradi.
https://uz.khanacademy.org/ — Khan Academy bepul onlayn ta’lim platformasining o‘zbek tiliga mahalliylashtirilgan loyihasi.
https://xanakademiyasi.uz/ — Khan Academy bepul onlayn ta’lim platformasi videolarining mahalliylashtirilgan variantlari joylashgan sayt manzili.
|
| |