|
ONLAYN KURSLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
|
bet | 2/13 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #250401 |
Bog'liq Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakult ONLAYN KURSLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA.
Onlayn ta’lim — Internet tarmog’idan foydalangan holda real vaqt rejimida bilim olishning yangi usuli. Hozirgi vaqtda onlayn bilim olish dunyodagi eng tez rivojlanayotgan ta’lim texnologiyalaridan biri hisoblanadi.
2000-yillarda ochiq internet kurslari paydo bo‘lishi natijasida onlayn ta’limga o‘tish jarayoni boshlandi. U orqali o‘z davrining dunyoga mashhur, reytingi yuqori universitetlari tinglovchilarga o‘z ma’ruzalaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etdi. Bu kabi ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talab juda yuqori bo‘lganligi sababli, 2008-yilda MOOC nomi bilan mutlaqo yangi ta’lim berish metodikasi shakllandi. Bu atama 2008-yilda Devid Kormier (University of Prince Edward Island) va Brayan Aleksandr (National Institute for Technology in Liberal Education) tomonidan o‘ylab topilgan edi.
Aksariyat insonlar onlayn-taʼlim hech qachon anʼanaviy taʻlimning oʻrnini bosa olmaydi, deb oʻylaydi. Ammo, men ularning fikriga qoʻshilmayman: onlayn–taʼlim anʼanaviy taʼlimdan-da samarali boʻla oladi.
Onlayn–taʼlim hozirda u qadar rivojlanmaganligi sababli, unga bepisand qarash, mashinalar ishlab chiqarilayotgan vaqtda otlardan foydalanishni afzal koʻrishga teng.
Onlayn-taʼlimning asosiy afzalligi:
Taʼlim tizimi raqamli koʻrinishda boʻlsa, oʻrganuvchilarning koʻrsatkichlarini kuzatish va tahlil qilish osonlashadi.
Xoʻsh, tajribali oʻqituvchining dars xonasida vazifasi nima? Tajribali oʻqituvchi dars xonasida quyidagi ishlarga ulgurishi kerak:
Qiyin mavzularni tushuntirishda tushunarli materiallardan foydalanish;
Har bir oʻrganuvchining oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini qisqa muddatda oʻrganib chiqish;
Olingan maʼlumotlardan kelib chiqib tezlik bilan yangi metodlarni qoʻllash.
Tajribali oʻqituvchi oʻquvchining koʻzlariga qarab mavzu unga tushunarli yoki yoʻqligini ilgʻay olishi kerak. Bunda oʻquvchi va oʻqituvchi oʻrtasida jonli muloqot sodir boʻladi. Shu sababli, yaqin kelajakda onlayn darslar anʼanaviy sinf xonalaridagi darslar darajasiga yeta olmaydi deb oʻylashingiz mumkin.
Ammo, qaror qabul qilishga shoshilmang. Scientific America bergan maʼlumotlarga koʻra, bundan ikki yil oldingi eng tez ishlaydigan kompyuter odam miyasiga nisbatan 10 marta koʻp maʼlumot saqlay olgan va maʼlumotlarni 4 marta tezroq qayta ishlagan.
Hozirgi kunda onlayn-taʼlimda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar bilimlardan toʻliq foydalanishmayapti, hatto. Tasavvur qilib koʻring, oʻqituvchida oʻquvchining qaysi mavzuda qiynalayotganini, mashqlarni bajarishi uchun qancha vaqt ketganligini va hatto, dars jarayonida oʻquvchining fiziologik holati (koʻz qorachigʻi harakati, yurak urish tezligi) ni bilish imkoni bor. Anʼanaviy taʼlimdagi eng katta muammo — bu barcha uchun bir xil bilim berish uslubi ishlatilinishidir.
Istalgan sinfda tengdoshlaridan ortda qolgan yoki oldinga oʻzib ketgan oʻquvchilarni uchratishimiz mumkin. Hatto, eng yaxshi oʻqituvchi ham qachonlardir oʻzidan ushbu savolni soʻragan: “Men, koʻproq oʻrganuvchilar mavzuni tushunishi uchun sekinlashishim kerakmi yoki oʻquv-rejani tugatish uchun mavzularni tezroq oʻtishim kerakmi?" Mana shuning uchun, ular tezlik va ta’lim berishda oʻrta holatda saqlashga harakat qiladi.
Onlayn taʼlim bu muammoni hal qila oladi. Negaki, u individual taʼlim berishga asoslangan va taʼlim olish jarayoni oʻquvchi hamda uning moslashuvchanligiga qarab oʻzgaradi. Tasavvur qilib koʻring, hech bir dars bir xil oʻtmaydi. Dasturlash darslarida oʻquvchilar bu fanda egallagan koʻnikmalariga qarab, kelgan joyidan davom ettiradi, yangi qoʻshilgan oʻquvchilar esa fanni boshidan boshlaydi. Bundan tashqari, oʻquvchining bilim olish qobiliyatiga qarab, turli usulda maʼlumotlarni yetkazish yoki oʻquvchining qaysi mavzularda qiynalayotganini bilib, u uchun alohida dars jadvali tuzish mumkin. Aslida, bularni tasavvur qilishingiz shart emas. Chunki, Salmon Xon oʻzi asos solgan Khan Academy yordamida bularni amalga oshirmoqda. Onlayn–taʼlimda erishilgan yutuqlar sababli oʻqituvchilar darslarga “startup" loyihalar singari munosabatda boʻladi.
“Startup" loyihalar ishga tushirilgandan soʻng, turli savol-javoblar, oʻyinlar, elektron manzilga yuboriladigan xabarlar, isteʼmolchilarning fikrini bilish kabi harakatlar ketma-ketligi uyushtiriladi. Nega endi ulardan taʼlim tizimida foydalanmasligimiz kerak? Ularni ham qoʻllash mumkin, ammo buning uchun biroz vaqt kerak boʻladi.
Baʼzida, odamlarning onlayn–taʼlimga bepisand qarashi xafa qiladi. Lekin, biz koʻrib turgan onlayn dars va platformalar bu yoʻldagi dastlabki qadamlar ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak.
Onlayn ta'lim ko‘pincha professionallar, ota-onalar va moslashuvchan o‘quv dasturiga muhtoj bo‘lgan talabalar tomonidan afzal ko‘riladi. Ushbu maqola online ta'lim asoslarini tushunish, uning foydalari va kamchiliklarini bilib olish va o‘z ehtiyojlaringizga mos onlayn ta'lim dasturini tanlashingizga yordam beradi.
Onlayn ta'lim - internet orqali yuzaga keladigan har qanday ta'lim.
Onlayn ta'lim odatda:
Masofaviy ta'lim
masofaviy ta'lim
virtual o‘rganish
onlayn ta'lim
elektron ta'lim
veb-ga asoslangan trening
Onlayn ta'lim hamma uchun emas. Onlayn ta'lim bilan eng muvaffaqiyatli bo‘lgan odamlar, o‘z vaqtini belgilash va muddatlarni aniqlashga qobiliyatli bo‘lishlari mumkin. Murakkab o‘qish va yozish ko‘nikmalariga tez-tez matnli og'ir onlayn ta'lim kurslarida erishish talab etiladi. Onlayn ta'lim dasturini tanlashda sinxron kurslar va asinxron kurslar o‘rtasida qaror qabul qilishingiz kerak.
O‘quv kurslarini sinchkovlik bilan olib borayotgan talabalar o‘zlarining o‘qituvchilari va tengdoshlari bilan bir vaqtning o‘zida kurslarga kirishlari kerak. Onlayn ta'lim kurslarini olgan talabalar kurs veb-saytiga qachon bo‘lishidan qat'i nazar, o‘zlari tengdoshlari bilan bir vaqtning o‘zida tanlov va ma'ruzalarda ishtirok etishlari shart emas.
|
| |