• MOOCning asosiy imkoniyatlari
  • Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakulteti informatika kafedrasi




    Download 1,98 Mb.
    bet4/13
    Sana22.05.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #250401
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakult

    Moocning kamchiliklari
    MOOC platformalarida bilim olish faqat o‘quvchi tashabbusi bilan amalga oshiriladi va bunda yuqori darajadagi motivatsiya va o‘z-o‘zini boshqarish ustuvorlik qilishi lozim. Shu sababdan, ta’limning bu turida quyidagi kamchiliklar kuzatilishi mumkin:

    • o‘quv materiallarini mustaqil va yakka holda o‘rganish. Masofaviy ta’lim kursining vazifasi — o‘quvchi mustaqil ta’lim olishi uchun unga barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etish. Kunduzgi o‘qish sharoitida o‘quvchi ma’ruzadan keyin yoki ma’ruza vaqtida o‘qituvchiga bevosita murojaat qilishi mumkin, MOOC doirasida esa bunday imkoniyat mavjud emas. Yakka o‘qituvchi minglab o‘quvchilarning savollariga birdan javob bera olmaydi, shu sababli berilgan savolga o‘z vaqtida javob olishning imkoni bo‘lmaydi;

    • topshiriqni bajarish jarayonini to‘liq nazorat qilib bo‘lmaydi. Topshiriqlarni bajarish va yakuniy imtihonga o‘quvchi shaxsan javobgar hisoblanadi. Tizimni aldash mumkin, ammo bundan kim ziyon ko‘radi?

    MOOCning asosiy imkoniyatlari:
    — o‘quv materiallarini ta’lim oluvchiga optimal variantda taqdim etish;
    — kursdan o‘tish usullari, vaqt tanlashning moslashuvchanligi;
    — o‘qituvchining ishtirokisiz mustaqil ravishda kursdan kursga o‘tish;
    — kurs o‘qituvchisi va kurs yaratuvchisi rollarining har xilligi;
    — ta’lim jamoasini shakllantirish (kurs doirasida);
    — ta’lim oluvchi reytingini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘yinning turli elementlari (nishonlar, mukofot va boshqalar)dan foydalanish;
    — baholashning turli usullari va teskari aloqa tizimidan foydalanish;
    — rasmiy va maxsus ta’lim muassasalari doirasida kredit va reyting birliklari tizimini shakllantirish.
    Yaqindagina kam doiradagi foydalanuvchilar bilgan MOOC tushunchasi hozirda kundalik hayotimizda tobora faollashib, omma, ayniqsa, yoshlar orasida mashhur bо’lib bormoqda.MOOCning tarixiga Massachusets Texnologiya Universiteti tomonidan barcha o‘quv materiallari onlayn ravishda bepul tarqatila boshlagan vaqt, ya’ni 2001-yilda dastlabki tamal toshi qo‘yilgan.
    2011-yilda Stenford universitetining professori, Stenford sun’iy intellekt laboratoriyasi (SAIL)ning sobiq direktori Sebastian Thrun Internetda sun’iy intellektga oid bepul kursni nashr etadi. Qisqa vaqt ichida 190 ta mamlakatda istiqomat qiluvchi 160 mingdan ziyod foydalanuvchi Thrunning o‘quvchilariga aylanadi. 2012-yilda esa Thrun Udacity onlayn ta’lim platformasiga asos soladi.
    Bu hodisa o‘z davrining eng yorqin namunalaridan biri edi. Natijada, 2011-yil Ochiq masofaviy kurslar yili deb e’lon qilinadi. 2012-yilda MIT o‘zining birinchi “Sxemotexnika va elektronika” ochiq ommaviy kursini taqdim etadi. Onlayn kursga yozilish esa hech qanday talablarsiz amalga oshirila boshlandi.
    Kursda 160 ta mamlakatdan 155 mingdan ziyod foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Bilim sifatiga qo‘yilgan talabning qat’iyligidan kurs ishtirokchilaridan atigi 7157 nafarigina Internetda sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kursni tamomlashga muvaffaq bo‘lgan.
    Inson borki, bir umr bilim olishga, olgan bilimlarini rivojlantirishga va ular tufayli egallagan hayotiy tajribalarini boyitishga harakat qiladi. Bu borada MOOC zamonaviy pedagogik tushuncha va texnologiyalar asosida yaratilgan, ommaga mo‘ljallangan, bepul (qo‘shimcha ravishda pullik funksiya va imkoniyatlari ham mavjud) tizim bo‘lib, internet orqali faoliyat yuritadi.Shu bilan bir qatorda, u o‘zida norasmiy ta’limning yangi shakl va usullarini mujassam etgan holda aralash ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini ham taqdim etadi. MOOC kurslari tarkiban boshqa ta’lim tizimlaridan farqli ravishda, asosan, videoma’ruzalar, matn, forum hamda bilimlarni mustahkamlash uchun mashqlardan tashkil topgan.
    Aralash ta’lim — o‘qituvchi bilan yuzma-yuz olib boriladigan an’anaviy ta’lim va onlayn ta’limning birlashtirilgan shakli.
    Subtitr — videorolikning asl tili yoki tarjimasidagi umumiy mazmunni ifodalovchi matn. U videokadr usti yoki tagida bir vaqtda namoyon bo‘ladi.
    Google Classroomm platformasida ta’lim olish
    Zamonaviy texnika taraqqiyotining natijasi o‘laroq, o‘quvchilar qo‘lida mobil telefon, planshet, noutbuklarning mavjudligi ularga masofadan turib ta’lim olish imkoniyatini beradi. MOOC kurslari orqali o‘quvchi yil davomida yoki qisqa sessiyalarda ta’lim olishi mumkin. Hozirgi paytda dunyoga mashhur Garvard va Massachusets singari nufuzli ta’lim muassasalari MOOC platformalari orqali turli yo‘nalish va darajadagi onlayn kurslarni taqdim etmoqda. MOOC kurslari bir vaqtning o‘zida minglab o‘quvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan birga, yil davomida qat’iy belgilangan yoki xohlagan vaqtda kursga a’zo bo‘lib, undan ta’lim olish imkonini beradi.
    MOOC platformalarida ta’lim olish usullarining quyidagi turlari mavjud:
    • kurslarda o‘qish va sertifi kat olish – bepul;
    • kurslarda o‘qish – bepul, sertifi kat olish – pullik;
    • kurslarda o‘qish va sertifi kat olish – pullik.
    Bugungi kunda MOOCning keng tarqalgan ikkita turi mavjud:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakulteti informatika kafedrasi

    Download 1,98 Mb.