• 1-rasm: Coursera platformasi ko‘rinishi Khan Academy (https://khanacademy.org/)
  • 2-rasm: Khan Academy platformasi ko‘rinishi Лекториум
  • Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakulteti informatika kafedrasi




    Download 1,98 Mb.
    bet6/13
    Sana22.05.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #250401
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakult

    MOOC PLATFORMALARI
    Coursera (https://www.coursera.org/) — MOOC platformalarining yuzi hisoblanadi. Platforma 2012-yilda Stenford universitetining kompyuter fanlari professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan. Coursera platformasi birinchilardan bo‘lmasa-da, o‘qitish strategiyasining to‘g’ri tanlanganligi hamda tijoratga yo‘naltirilganligi bilan bugungi kunda onlayn ta’limda yetakchiga aylandi. 190 dan ziyod ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari mana shu platforma resurslari bilan ishlaydi (1-rasm).
    Kurslar: fizika, muhandislik, tibbiyot, gumanitar fanlar, matematika, biznes, informatika va boshqalar. Interfeys tili: ingliz.
    Kurs tili: ingliz (asosiy) va boshqa tillar, deyarli barcha kurslarda subtitrlar mavjud.

    1-rasm: Coursera platformasi ko‘rinishi
    Khan Academy (https://khanacademy.org/) — platformasi boshqa MOOClardan farqli ravishda ta’limga interfaollik va o‘yin texnologiyalarini olib kirgan va o‘z davrida birinchilardan bo‘lgan mashhur loyiha. Bugungi kunga kelib platforma 36 dan ortiq tilda (o‘zbek tili ham mavjud) 10 mingdan ortiq kichik video darslar yaratgan. Platformada 100 mingdan ziyod interfaol misol va topshiriqlar joy
    olgan. Khan Academy darslari 190 dan ortiq mamlakatda o‘tiladi va hozirgi kunda 74 milliondan ortiq o‘quvchi platformadan foydalanadi. Asosiy jihati shundaki, platformadan maktab fanlari dasturlari va ko‘plab darslar, shuningdek, farzandlari bilan shug’ullanishi uchun ota-onalarga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalar joy olgan (2-rasm).
    Kurslar: matematika, informatika va dasturlash, fi zika, astronomiya, kimyo, moliya, iqtisodiyot, biologiya, tibbiyot va boshqa fanlar. Interfeys tili: bir necha tilda (o‘zbek tili ham mavjud).
    Kurs tili: ingliz va boshqa tillarda. Subtitr mavjud.

    2-rasm: Khan Academy platformasi ko‘rinishi
    Лекториум (https://www.lektorium.tv/) notijoriy loyiha bo‘lib, o‘quv materillarini ommaviy onlayn ochiq kurslar formatida yaratadi. Shuningdek, suratga olingan videodarslarni joylashtiradi. Platforma maktab o‘quvchilari, ota-onalar, abituriyentlar, mutaxassislar uchun har xil o‘quv dastur va darslarini taqdim etadi.
    Kurslar: kompyuter bilimlari, muhandis dasturlash, ingliz tili, antropologiya, arxitektura, astronomiya, astrofi zika, bioinformatika.
    Interfeys tili: rus tili. Kurs tili: rus va boshqa tillarda. Subtitr mavjud.


    Download 1,98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakulteti informatika kafedrasi

    Download 1,98 Mb.