|
Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakulteti informatika kafedrasi
|
bet | 1/13 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #250401 |
Bog'liq Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakult
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‘LIM FAN VA INNOVATSIYALAR TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI
INFORMATIKA KAFEDRASI
INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: INFORMATIKA KURSIGA OID ONLAYN KURS TASHKIL QILISHNING METODOLOGIYASI
Bajardi: Jo‘raqulova S. O‘.
Rahbar: f.-m.f.n. Xudoyorov Sh.J
Navoiy 2023
MUNDARIJA:
KIRISH 3
1.ONLAYN KURSLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. 4
2.MOOC (MASSIVE OPEN ONLINE COURSES — OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR) HAQIDA 7
3.8-SINF DARSLIGINING “MOOC ASOSIDA MASOFAVIY TA’LIM OLISH” MAVZUSI BO‘YICHA DARS ISHLANMA. 19
XULOSA 26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 27
KIRISH
Hozirgi kunda internet imkoniyatlaridan foydalangan holda uydan tashqariga chiqmasdan dunyoning nufuzli universitetlarida sifatli bilim olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa ta’lim paradigmasini butkul o‘zgarishiga olib keldi. Bunga MOOC (Massive open online courses) – ommaviy ochiq onlayn kurslarning paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi. MOOC – ommaviy ochiq onlayn kurslar bo‘lib, interfaol usullardan foydalangan holda tayyorlangan va Internet tarmog’ida ochiq holda joylashtirilgan ta’lim kursiga aytiladi. Ommaviy ochiq onlayn kurslarni tez va keng qamrovda tarqalishi ularga dunyo ta’lim bozorida talab borligidan dalolat bermoqda.
Xususan, Khan Academy (https://ru.khanacademy.org/) orqali matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika va boshqa fanlar bo‘yicha video ma’ruzalar orqali “noldan" boshlab chuqur bilimga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, https://www.udemy.com saytida o‘zbek tilida mustaqil o‘rganuvchilar uchun matematikadan video darslar berilgan bo‘lib, https://www.udemy.com/matematika-darslari/ havolasi orqali kursni bepul o‘rganish mumkin. Shuningdek, oliy ta’lim tizimida ma’lum masalalar mavjud bo‘lib, bu masalalarni barchasini ommaviy ochiq onlayn kurslar orqali hal qilish mumkin. Xususan:
Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni yuqori reytingdagi xorijiy oliy ta’lim muassasida malakasini oshirish masalasi;
Eng yuqori reytingdagi xorijiy oliy ta’lim muassasasida talabalarni o‘qitish masalasi;
Yuqori sifatli, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash masalasi;
Eng yuqori reytingdagi xorijiy oliy ta’lim muassasasidagi o‘qitilayotgan fanlarni mahalliy oliy ta’lim muassasalarida joriy etish masalasi;
Yangi kiritilgan fanlar bo‘yicha o‘quv majmualarni shakllantirish masalasi;
Mutaxassislik fanlarini chet tillarida o‘qitish masalasi;
Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish masalasi.
Bular haqida batafsil ushbu kurs ishida ma’lumot berib o‘tamiz.
|
| |