• 4-rasm: EdX platformasi ko‘rinishi Udemy
  • 5-rasm: Udemy platformasi ko‘rinishi Udacity
  • -rasm: Лекториум platformasi ko‘rinishi




    Download 1,98 Mb.
    bet7/13
    Sana22.05.2024
    Hajmi1,98 Mb.
    #250401
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
    Bog'liq
    Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakult

    3-rasm: Лекториум platformasi ko‘rinishi
    EdX (https://www.edx.org/) Garvard va Massachusets texnologiya institutlari tomonidan 2012-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyo bo‘yicha barcha ta’lim oluvchilar uchun yuqori sifatli kurslarni taklif etadi. Platformada Massachusets texnologiya instituti tomonidan o‘quvchilar uchun mexanika bo‘yicha kurs ochilgan. Kursning maqsadi — o‘quvchilarga fi zikaning murakkab mavzularini tushunishga yordam berish va mustaqil yechim topishga o‘rgatish. Kurs, shuningdek, o‘rta maktab o‘quvchilariga imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishda yaqindan yordam beradi. Laboratoriya uchun virtual laboratoriyalarning joylashtirilganligi ham kursning jozibasini yanada orttiradi. Kurslar bepul, faqat sertifi kat uchun pul to‘lanadi.
    Kurslar: arxitektura, san’at va madaniyat, biologiya va hayot fanlari, biznes va menejment, kimyo, kommunikatsiya, kompyuter bilimlari, ma’lumotlar bazasi va statistika, dizayn, iqtisod va moliya, ta’lim, elektronika, tarix, til, huquq, adabiyot, matematika, gumanitar fanlar, musiqa, tibbiyot, falsafa va boshqalar.
    Interfeys tili: ingliz tili Kurs tili: ingliz va boshqa tillarda. Subtitr mavjud.



    4-rasm: EdX platformasi ko‘rinishi
    Udemy (https://www.udemy.com/) – ma’lum bir mavzu bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash uchun ajoyib vosita. Udemyda nafaqat bilim olish, balki o‘zining darslarini joylashtirish orqali daromad topish imkoniyati ham mavjud. Shu sababli, platformada 20 000 dan ortiq kurs va 4 millionga yaqin foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Kurslar pullik va bepul bo‘lib, kursni tugatganidan keyin ta’lim oluvchilarga sertifi kat rasmiylashtiriladi.
    Kurslar: moliya va buxgalteriya, axborot texnologiyalari va dasturiy ta’minot, dizayn, marketing, biznes, ishlab chiqarish, sog’lom hayot, musiqa, suratga olish va boshqalar.
    Interfeys tili: ingliz, rus tili va boshqa tillar.
    Kurs tili: ingliz, rus va boshqa tillarda. Subtitr mavjud.

    5-rasm: Udemy platformasi ko‘rinishi
    Udacity(https://www.udacity.com/) Stenford universiteti professorlari Sebastyan Truno, David Stavens va Mike Sokolsky tomonidan tashkil etilgan xususiy notijorat ta’lim kompaniyasi. Udacity onlayn kurslari universitet professorlari, shuningdek yetakchi soha ekspertlari tomonidan yaratilgan.
    Kurslar: kompyuter texnologiyalari, dasturlash tillari, matematika, fi zika, dizayn, tadbirkorlik va boshqalar.
    Interfeys tili: ingliz tili
    Kurs tili: ingliz tili va boshqalar.


    Download 1,98 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




    Download 1,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm: Лекториум platformasi ko‘rinishi

    Download 1,98 Mb.