|
MOOC (MASSIVE OPEN ONLINE COURSES — OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR) HAQIDA
|
bet | 3/13 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,98 Mb. | | #250401 |
Bog'liq Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakult MOOC (MASSIVE OPEN ONLINE COURSES — OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR) HAQIDA
MOOC — onlayn ta’lim bozorini rivojlantirish hamda turli pedagogik va biznes vazifalarini hal etishga qaratilgan zamonaviy masofaviy ta’lim tizimi. MOOC (ingl. Massive Open Online Course) yoki OOOK (o‘zb. Ommaviy Ochiq Onlayn Kurs) kengaytmasi to‘rtta atamadan tarkib topgan:
Massive (ommaviy): geografi k o‘rnidan qat’iy nazar, chegaralanmagan holda ko‘p sonli bilim oluvchilarni ommaviy ravishda qamrab oladi.
Open (ochiq): barcha o‘quvchilar uchun bepul va ochiq ta’lim. Ochiqlikning asosiy jihatlari — kurs uchun bepul ro‘yxatdan o‘tish, ro‘yxatdan o‘tganlar uchun cheklovsiz kontent, ta’lim natijalariga erishishning bepul imkoniyatlari.
Online (onlayn): masofaviy ta’lim onlayn aloqa vositalari yordamida olib boriladi va barcha materiallar elektron shaklda taqdim etiladi. Bu MOOCni tashkil etishning texnik xususiyatlarini ochib beradi, ya’ni kurs internet orqali uzatiladi, o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilari bilan tarmoqning o‘zaro ta’sirini ta’minlaydi.
Course (kurs): umumiy qoidalar, vaqt cheklovlari va belgilangan maqsad asosida tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibidagi materiallar tizimlashtirilgan hamda tartibga solingan holda taqdim etiladi.
Moocning afzalliklari:
Bepul onlayn ta’lim. MOOC tarkibidagi “ochiq” atamasi bepul yoki shartli bepul degan ma’noni anglatadi. Qoidaga ko‘ra, kursda o‘qish va amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun mablag’ talab etilmaydi. Agar mablag’ talab qilinsa ham, MOOC kursining xarajatlari kunduzgi ta’lim xarajatlaridek ko‘p bo‘lmaydi.
Zamonaviy mutaxassisliklar. Hozirgi texnika asrida mehnat bozori jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ma’lumki, asrlar davomida shakllangan va davr sinovidan o‘tgan mutaxassisliklarga ega bo‘lish uchun yillar davomida oliy ta’limmuassasalarida tahsil olish talab qilinar edi. Onlayn rejimda tashkil etilgan kurslar esa mehnat bozorida kechayotgan o‘zgarishlarni yashin tezligida ilg’ab olmoqda va aynan bugungi kun talabiga javob beruvchi mutaxassisni tayyorlash uchun o‘z o‘quv dasturlarini taqdim etmoqda.
Dunyoning eng yaxshi o‘qituvchilari. Onlayn ta’lim dunyoning eng nufuzli universitetlarining yuqori malakali va tajribali o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi. Masofaviy kursning har bir o‘quvchisi kurs o‘qituvchisi bilan shaxsan onlayn suhbatlashish imkoniyatiga ega.
Materiallarni tizimli taqdim etish. Zamonaviy texnika vositalari yordamida materiallar optimallashtiriladi hamda oson va qulay shaklda taqdim etiladi. Qisqa videolar uzun ma’ruzalarga nisbatan o‘quvchilar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilganligi sababli, barcha mavzular kichik videolardan tashkil topgan. Matnli ma’ruzalar esa o‘zlashtirish oson bo‘lgan qisqa bo‘laklarga bo‘linadi. Eng muhimi, metodik adabiyotlar sotib olish uchun mablag’ sarfl anmaydi.
Onlayn ta’limning aralash shakli. Masofadan o‘qitish jarayoni xilma-xil materiallardan foydalanishni ham o‘z ichiga oladi. MOOC masofaviy o‘qitish kurslari faqatgina videolar bilan cheklanib qolmaydi, balki ulardan turli manbalarga yo‘naltiruvchi qo‘shimcha murojaatlar: matnli hujjatlar, audiofayllar, ijtimoiy tarmoqlar va forumlardagi muhokamalar ham joy olgan. Bunday tizim materialni o‘zlashtirish darajasini oshiribgina qolmay, balki o‘quvchilarning ma’lumot oqimini boshqarish va zarur bilimlarni mustaqil ravishda olish qobiliyatini ham rivojlantiradi.
Erkin dars jadvali. Har bir kurs vaqt bilan cheklangan bo‘lib, o‘quvchi o‘ziga qulay dars jadvalini tuzib olishi mumkin. Videodarslarni keyinroq ko‘rish yoki tushunish qiyin bo‘lgan darslarni qayta ko‘rib chiqish mumkin. Uy vazifasi ham ixtiyoriy vaqt oralig’ida va ixtiyoriy sur’atda bajarilishi mumkin.
Interfaollik. Juda ko‘p onlayn kurslarda o‘quvchilar bilan teskari aloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmaydi. Ulardan farqli ravishda, MOOC platformalari kurs o‘qituvchisi hamda boshqa o‘quvchilar bilan aloqa qilish uchun ko‘plab aloqa kanallarini taqdim etadi.
Foydali aloqalar. O‘quvchilar o‘z kurslarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ham ega. Ular bilimlarini o‘rtoqlashibgina qolmay, bir-birlarini tekshiruvchi sifatida ham ishtirok etishlari mumkin. Odatda, masofaviy ta’lim kursining har bir o‘quvchisi bir necha kursdoshlari ishlarini tekshirishi lozim. O‘z navbatida, uning ishi ham bir necha kursdoshi tomonidan sinovdan o‘tkaziladi. Shu tariqa, kursga qiziquvchilar va belgilangan yo‘nalish bo‘yicha o‘z malakasini oshirishni xohlovchilar orasidan guruh shakllantiriladi. Har bir ishtirokchi tanlagan kursi bo‘yicha o‘z bilimlarini kengaytirish, foydali va qiziqarli aloqalar o‘rnatish kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Tezkor teskari aloqa va baholash. Har bir o‘quvchi topshiriqlarni bajarib bo‘lgach, olgan bilimlari qanday baholanganligini deyarli biladi. Shu bilan birga, har bir onlayn ta’lim oluvchiga imtihonni qayta topshirish yoki testni qayta yechish imkoniyati beriladi.
|
| |