cMOOCs (ingl. «connectivity MOOC»




Download 1,98 Mb.
bet5/13
Sana22.05.2024
Hajmi1,98 Mb.
#250401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti matematika-informatika fakult

cMOOCs (ingl. «connectivity MOOC» – bog’langan MOOC). Asosiy tamoyillari — ommaviylik, ochiq ro‘yxatdan o‘tish, ma’lumotlardan kursni tugatguncha foydalanish, ta’lim oluvchilarning teng huquqliligi, ya’ni talaba va o‘qituvchi — bitta jamoa. Bunday kurslarda ta’lim oluvchilarning o‘zaro munosabati alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim bir-biri bilan bog’langan onlayn guruhlarda olib boriladi va ta’lim oluvchilar blog, ijtimoiy tarmoq va hokazolar orqali bir-birlari bilan faol muloqotda bo‘lishadi. Ta’limning bunday turi turli soha mutaxassislarini o‘xshash

  • qiziqishlari negizida birlashtiradi, ta’lim oluvchilar orasidan yagona g’oya ustida izlanishlar olib borayotgan shaxslarni hamkorlikka chaqiradi. Kamchiligi — ta’lim oluvchilar kurs o‘qituvchisi tomonidan baholanmaydi.

  • xMOOCs (ingl. «eXtended MOOC» – kengaytirilgan MOOC) — nufuzli ta’lim muassasalari tomonidan taklif etilgan ochiq onlayn kurslar. MOOC kurslari ta’lim muassasalari o‘qituvchilari tomonidan ta’lim muassasasi dasturlari asosida yaratiladi va o‘qish belgilangan grafi k asosida olib boriladi. Bunday kurslar o‘quv jarayonini tashkil etish uchun juda qulay va ta’lim modeli jihatidan an’anaviy o‘qitishga o‘xshab ketadi. Kurslarda ta’lim oluvchilar topshirishi kerak bo‘lgan vazifalar, ularning bajarilish muddati, kurs oxirida imtihon belgilangan bo‘lib, barcha jarayon o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi.

    MOOClar material va topshiriqlarni taqdim etishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
    • task-based MOOCs (topshiriqqa asoslangan MOOClar). Bu kurslar topshiriqlarga asoslangan bo‘lib, ta’lim oluvchidan belgilangan turdagi vazifalarni bajarish talab etiladi. Ular berilgan masalani yechish yoki loyiha ustida guruh bilan hamkorlikda ishlashni taklif etadi. Ta’lim oluvchilar belgilangan sondagi topshiriqni muvaffaqiyatli bajarganlaridan keyin, kursning maqsadida ko‘rsatilgan natija va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi;
    • content-based MOOCs (kontentga asoslangan MOOClar). Bu kursda asosiy faoliyatni o‘qituvchilar olib borishadi. Bu kurslarda ta’lim oluvchilar an’anaviy usulda baholanadi. Bunda belgilangan topshiriqlarni bajarishdan tashqari, o‘zlashtirilgan bilimlar ham muhim o‘rin tutadi;
    • network-based MOOCs (tarmoqqa asoslangan MOOClar). Kurslarda ta’lim olish natijasida nafaqat belgilangan kontentni o‘zlashtirish, ko‘nikmaga ega bo‘lish, balki boshqa ta’lim oluvchilar bilan muloqot natijasida qandaydir samaraga ham erishish mumkin. Aynan shu jihatidan cMOOCsdagi jamoa va hamkorlikdagi ta’lim nazariyasiga asoslangan.

    Download 1,98 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 1,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    cMOOCs (ingl. «connectivity MOOC»

    Download 1,98 Mb.