• V) Rivojlantiruvchi maqsad.
  • Mundarija




    Download 2.45 Mb.
    bet5/22
    Sana10.04.2017
    Hajmi2.45 Mb.
    #3917
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    B) Tarbiyaviy maqsad. Mavzuni o`qitish jarayonida o`quvchilar yengil sanoat O’zbekiston sanoatining asosiy tamoqlaridan biri ekanligi va uni rivojlantirish chora tadbirlarini o’rganish zarurligi haqida tushunchaga ega bo’lishadi. Sanoatni rivojlantirish mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini belgilovci muhim omil ekanligi haqida o’quvchilar ongida O’zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirish hissini uyg’otadi.

    V) Rivojlantiruvchi maqsad. Umumta`lim maktablarda “Yengil va oziq-ovqat sanoati” mavzusini o`qitish jarayonida quyidagi bilimlar rivojlantiriladi:

    - “Yengil va oziq-ovqat sanoati” geografiyasining asosiy tushunchalari.

    - Yengil va oziq-ovqat sanoatining yillar davomida rivojlanishi.

    -Yengil va oziq – ovqat sanoati korxonalarini joylashtirish

    tushunchalari.

    - Yengil sanoat tarmoqlarini O’zbekistonda yanada yuksaltirish yo’llarini izlab topish.

    - Paxta tozalash, to’qimachilik ipak ishlab chiqarish, ko’nchilik, poyabzal va boshqa yegil sanoat sohalarini yangi texnologik

    -Ishlab chiqarish kuchlarini to’g’ri joylashtirish.

    - Qishloq joylarida oziq-ovqat va yengil sanoatini korxonalarini ko’paytirish va

    hokazo.


    “Umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lin standarti va o`quv dasturiga” mufoliq 8-sinflarda “O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” kursida “Yengil va oziq-ovqat sanoati” mavzusiga 1 soat dars ajratilgan bo`lib, o`quvchilar shu dars mobaynida Yengil va oziq-ovqat sanoati xususiyatlariga doir bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishlari kerak. Dars jarayonida geografiya ta`limida qo`llaniladigan turli metodlar: hikoya, tushuntirish, suhbat, kartografik qo`llanmalar va raqamli qo`llanmalar bilan ishlash, darslik va qo`shimcha adabiyotlar bilan ishlash metodlaridan foydalanib, o`qituvchi darsni tashkil etsa, darsning unumdorligi ortadi. Hozirgi sharoitda ta`lim metodlari samaradorligini oshirish dolzarb vazifalardan biridir. Ta`limning turli metodlaridan samarali foydalanish, darsda o`qituvchi o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishishni va muvaffaqiyatni ta`minlaydi. Shu sababli ta`lim metodlari samaradorligini oshirish uchun o`qituvchining tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Har bir darsda o`qituvchi faqat bitta metoddan foydanalib, dars o`tmaydi. Aksariyat hollarda geografiya o`qituvchilari ta`limning og`zaki bayon metodlariga kartalar, diogrammalar va karta sxemalar bilan uyg`unlashgan holda darsni tashkil etadilar. N.N. Baranskiy fikri bilan barpo etilayotgan binoning g`ishtidir.

    Har bir dars bilim tizimlari va ko`nikmalaridan biron yangilik bersin, yangi mavzu doirasida tushunchalar hosil qilishini va so`ngi o`rganiladigan mavzular uchun tayanch xizmat qilishi zarur. Har bir darsda o`qituvchi mavzuning mazmuni va mohiyatiga qarab o`qitish metodlarini tanlaydi, shuning uchun bu darslar o`qituvchining mustaqil ijodiy asari bo`lishi talab etiladi.

    O`qituvchi darsni boshlashdan oldin mavzuni e’lon qiladi va doskaga yozadi. Bizning misolimizda bu “Yengil va oziq-ovqat sanoati” mavzusi bo`lib, mavzuga doir reja yoziladi. Mavzuning o`tishning ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari bayon etiladi. Dars jarayonida o`qituvchi shu maqsadlarga erishishga harakat qiladi. Endi o`qituvchi mavzuni o`qitishga qo`llashi lozim bo`lgan metodlar bilan birma-bir tanishib chiqaramiz.

    Hikoya - o`quv materialini bayon qilish shartli bo`lib, asosan tasvirlash harakteriga ega. Bu uslubning ijobiy tomoni o`qituvchi o`quvchilar bilan ko`proq munosabatda bo`ladi. Har bir o’quvchi o’zi yashagan hududida qanday yengil va o’ziq – ovaqat korxonalarini joylashtirish yoki mavjud sanoat korxonalarining ish faoliyati haqida ma’lumotlar to’plash zarurligi uqtiriladi. Hikoya davomida rasmlardan foydalanilsa, hikoya qiziqarli chiqadi. Hikoyada darsning turli bosqichlarida va darsga xotima yasaydi. O`qituvchi hikoyani o`quvchining yoshiga moslab tanlaydi. 8 – sinflarda hikoya juda soddalashib ketmasligi, unda tushunchalar masalan, Paxta yog’i, meva-sabzovat, non, go’sht, sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlari va hokazo tushunchalar va atamalar albatta aks etishi kerak. Hikoya davomida o`qituvchi nazorat savollarni berib borishi, masalan Respublikamizda oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish haqida qiziqarli ma’lumotlar berish.



    Download 2.45 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 2.45 Mb.