Mundarija




Download 2.45 Mb.
bet6/22
Sana10.04.2017
Hajmi2.45 Mb.
#3917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Tushuntirish – O`quvchilarga geografik qonuniyatlarini, geografik jarayonlarning mohiyatini ochib berishda keng qo`llaniladi. Bu metod geografiya ta`limida bilimlarni izchil o`rganish imkonini beradi.Yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari va ularni asosiy tushunchalarini o’quvchilar ongida shakillantirish. O’zbekistonda eng asosiy tarmoq hisoblangan paxta sanoatida paxtachilik mashinasozligini, kiyim-kechak va boshqa ko’plab yengil sanoati tarmoqlari haqida mukammal tushuntirilishi zarur.

O`zbekiston hozirgi kundasanoatning keskin o’sayotganligini guvohi bo’lishimiz mumkin. bunda albatta yengil va oziq-ovqat sanoatining ulushi yuqoridir.

O`zbekistonda mazkur majmuadagi yingil sanoat asosan paxtachilik va pillachilik negizida tarkib topdi.

Oziq-ovqat sanoati dehqonchilik va chorvachilik negizida oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlaydigan o’nlab ishlab chiqarish korxonalarini o’z ichiga oladi.

Paxta tozalash sanoati ishlab chiqarish jarayoni bir-biriga bog’liq bo’lgan paxta tozalash korxonasi, paxta quritish sexlari va transport xo’jaliklaridan tarkib topadi.

O`qituvchi har bir savollarga javoblarni aniq faktlarga tayangan holda berishi kerak. Tushuntirish bilan birga kartalar, diogrammalar, karta sxemalardan foydalanish ham ijobiy natijalar berib, bu o`quvchilar xotirasida mavzuning chuqur o`rnashishiga sabab bo`ladi. Oqituvchi va o`quvchining ikkita tomonlama aloqasi tushuntirishni takomillashtirishga yordam beradi. Tushuntirish sodda, aniq, ravon bo`lishi lozim.

Maktab geografiya ta`limida aholida ahamiyat kasb etgan-suhbat metodida esa o`qituvchining savoli va o`quvchining javobi asosiy o`rin tutadi. Bu metodning bosh talabi mukammal o`ylangan savollar va o`quvchilar qatnashishi mumkin bo`lgan javoblarning puxta tizimidir. Bunda savol aniq bo`lishi, ya`ni o`quvchilar suhbat nima ustida borayotgani hamisha tushunishlari shart. Mavzu e`lon qilingandan so`ng savollar o`rtaga tashlanadi. Suhbat mantiqiy qismlarga bo`linadi, o`qituvchi o`quvchilar javobini tinglaydi, ularning javobidagi xatolarni tuzatadi va to`ldiradi, Shundan so`ng o`quvchlarni yakun yasashga undaydi.

“Yengil va oziq-ovqat sanoati” mavzusi o`tilish jarayonida mazmunan quyidagi turlarga bo`lib savollarni tashkil etish mumkin.

Aniq va to`liq ma`lumotlarni o`zlashtirishda oid savollar. O`zbekiston Yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari soni qancha? Sanoatda yengil va oziq-ovqat sanoatining ulushi nechaga teng?O’zbekistonda to’qimachilik sanoatini yanada yuksaltirishning istiqbollari nimalarga bog’liq?Oziq-ovqat sanoatining rivojlanishi nimalarga bog’liq? O’z viloyatingizda joylashgan qanday yengil va oziq-ovqat korxonalarini bilasiz? Mamlakatimizda “Yengil va oziq-ovqat sanoati”ni yuksaltirish va jahon talablariga javob bera oladigan mahsulotlar ishlab chiqarish istiqbollarini o’ylab topish yo’llari nimalardan iborat?

Kartani bilish va o`qib olishga oid savollar. Masalan: Quyi Amudaryo va Farg`ona iqtisodiy rayonlaridagi yengil va oziq-ovqat korxonalarini qiyoslang? O’zbekistonning sanoat xaritasidan foydalanib eng yirik to’qimachilik korxonalarni aniqlang?

Bunday savol javoblar o`quvchining fikrlash qobiliyatini charxlaydi, ularda mustaqil fikrlash, fanga qiziqish va ilm to`plashga intilish tuyg`ularini rivojlantiradi.

Noto`gri berilgan javoblar o`qituvchi tomonidan to`g`rilanib borilishi va aniq berilgan javoblar o`z navbatiga qo`shimchalar kiritilib, to`ldirilib borishi lozim. Bunda savollar shunday qo`yilishi kerakki, berilgan javob asosiy fikrni ifodalashi va shu fikrni davom ettirishi kerak.

Geografiya ta`limida ma`ruza qilish darslari yiriq mavzular o`qitilayotganda va naziriy bilimlar ko`proq mujassamlangan mavzularda qullaniladi. Ma`ruzani siniv-seminar tizimi bilan qo`shib olib berish maqsadga muvofiqdir. Maktabda ma`ruza quyidagi didaktik talablarga javob berishi lozim:

Ilmiy jihatdan mukammal bo`lishi kerak.

Ma`ruza darslik mazmuniga qaraganda keng, uni ko`p jihatdan oydinlashtirishi lozim.

Ma`ruza albatta mazmunan ko`rgazmali bo`lishi shart.

Ma`ruza o`quvchilarni fikrlashga, vokea va hodisalarni tahlil qilishga, umumlashtirishga o`rgatishi kerak.

Yuqorida sanab o`tilgan barcha metodlarni xaritalar, tasvirli qo`llanmalar, ko`rgazmali qurollar, jadval, grafiklar, diogrammalar va karta sxemalardan foydalangan holda dars jarayoni o`tiladi. Masalan: geografiyani xaritasiz tasavvur qilib bo`lmaydi. O`rta maktablar uchun “O`zbekiston atlasi” nashrdan chiqarilgan va biz o`tadigan mavzuga doir bu atlasda “Yingil sanoat” va “Oziq-ovqat” xaritalar mavjud. Kartaga biz bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo`lmagan voqea-hodisalar ham tasvirlangan bo`ladi. U nafaqat ko`rgazmali qurolgina bo`lib qolmay, o`rganish ob`yekti, bilim manbai bo`lib ham xizmat qiladi. Xarita yordamida egallangan bilimlar o`quvchilar o`ngida uzoq saqlanib qoladi. Ularning aqliy faoliyatini rivojlantiradi, ularda kuzatuvchanlik, tasavvur, mantiqiy fikrlash kabi xizmatlarni tarbiyaladi. O`zbekiston respublikasining Yengil sanoat xaritasida xaritasida barcha viloyatlardagi Sanoat korxonalaring joylashish xususiyatlari shartli belgilar asosida belgilangan. Eng zich joylashgan sanoat hududlar Farg`ona vodiysi, Toshkent viloyati va Zarafshon vodiylariga to`g`ri keladi. Navoiy viloyati yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari Navoiy viloyati aholisini ehtiyojlarini to’la qonli qondira olmaydi. Bu xaritada yana O’zbekistondagi yengil sanoati korxonalari mamlakatimizning qaysi hududlarida joylashganligi va qanday mahsulotlar ishlab chiqarishi va ularning hajmi tasvirlangan. O`quvchilar bir qarashdanoq Respublikamizdagi yirik, o`rta, kichik korxonalarga ajratishlari mumkin. Oziq-ovqat xaritasida yalpi mahsulot hajmi, salmog`i hudud bo`yicha ranglar yordamida foiz hisobida belgilangan. Bu xaritadan yana har bir viloyatdagi shahar, qishloq joylari resurslarining soni va hududiy tarkibini aniqlash mumkin. Bu xaritalar o`quvchilarga mavzuga doir amaliy ko`nikmalarning hosil bo`lishiga yordam beradi.

Mavzuning mazmunini to`liq yoritishda darslikdagi diagramma, karta-sxema, jadvallarning ahamiyati katta. Masalan darslikdagi To’qimachilik sanoatining tarmoq doirasidagi aloqalari ya’ni xom-ashyo, tola, ip, xom gazlama, dastlabki ishlash, ip yigirish, to’quvchilik, so’ngi ishlov berish ya’ni pardozlash tayyor mahsulot. Bu jarayonlar asosan bir joyda joylashgan korxonalarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.




    1. Download 2.45 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 2.45 Mb.