|
Navoiy davlat pedagogika instituti
|
bet | 3/163 | Sana | 01.03.2023 | Hajmi | 3.32 Mb. | | #43882 |
Bog'liq BlackcurseQ A R O R Q I L A D I:
Kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan tayyorlangan bakalavriatura uchun “Biologiya o`qitish metodikasi” fanidan o`quv-uslubiy majmuaning tayyorlangan darajasi yuqori, barcha talablarga javob beradi.
O`quv-uslubiy majmua tayyorlanib tugatilganligini ko`rib chiqish fa`kultet o`quv-uslubiy kengashidan so`ralsin.
Yig`ilish raisi: b.f.n . Xo`jjiyev S.O.
Kotiba: o`qit.M.Ummatova.
Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik fakulteti Ilmiy kengashining 2011 yil 28 oktabrdagi 3-sonli bayonnomasidan
K O’ CH I R M A
Qatnashdilar: kengash a’zolari va taklif etilganlar
KUN TARTIBI:
Turli xil masalalar. “Umumiy biologiya” bakalabriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun “Biologiya o`qitish metodikasi” fanidan tayyorlangan o’quv uslubiy majmua muhokamasi.
ESHITILDI: Ilmiy kengash raisi A.J.Qo’shoqov “Umumiy biologiya” yo’nalishi uchun “Biologiya o`qitish metodikasi” fanidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmua tuzilishi va uning mazmuni bilan ilmiy kengash a’zolarini tanishtirdi.
Ushbu o’quv-uslubiy majmuani tayyorlash va electron versiyasini yaratish bo’yicha kafedralardan vakillar tayinlanganligini ilmiy kengash a’zolariga ma’lum qildi.
SO’ZGA CHIQDILAR: “Kimyo ekologiya” kafedrasi mudiri dots. G.D.Shamsiddinova va “Umumiy biologiya” kafedrasi mudiri b.f.n. S.O.Xujjiyev tayyorlangan o’quv-uslubiy majmua mazmuni bilan tanishib chiqqanliklarini va uni tasdiqlash mumkinligi haqida o’z fikrlarini bildirdilar
QAROR QILINDI:
1. Kafedra mudirining axboroti inobatga olinsin.
2. “Umumiy biologiya” yo’nalishi uchun “Biologiya o`qitish metodikasi” fanidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmua tasdiqlansin.
NDPI Tabiatshunoslik fakulteti “Umumiy biologiya” kafedrasi o’qituvchisi A.R.Malikova tomonidan tayyorlangan “Biologiya o`qitish metodikasi” fanidan maktabgacha ta’lim bakalavriatura ta’lim yo’nalishi bo’yicha tayyorlangan ta’lim texnologiyalari majmuasiga
TAQRIZ
O’qituvchi A.R.Malikova tomonidan tayyorlangan “Biologiya o`qitish metodikasi” fani ta’lim texnologiyalari majmuasi pedagogika oily o’quv yurtlarining umumiy biologiya yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan.
Majmuada ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari mavzulari va ta’lim texnologiyalari ishlanmasi keltirilgan.
Mazkur majmuaning kirish qismida fanning rivojlanish tarixi, biologiya o`qitishning prinsiplari,qonuniyatlari, o`qitish metodlari, yangi pedagogik texnologiyalar, ularning turlari, o`qitish shakllari, vositalari, ulardan foydalanish metodlari, dars va sinfdan tashqari mashg`ulotlar va fakultativ mashg`ulatlar o’rganiladi.
Majmuani amalga oshirish uchun talaba o’rta maktab, litsey va kollejlarda o’qitiladigan biologiya kursidan umumiy bilimlarga ega bo’lishliklari lozimligi ham ko’rsatilgan.
Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan.
“Biologiya o`qitish metodikasi”ni tizimli o’rganish maqsadida ma’ruzalar amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarning yangi innovatsion texnologiyalar asosidagi dars ishlanmalari keltirilganki, bu ham talabaga, ham o’qituvchilarga tushunarli va oson o’zlashtirishlariga yordam beradi.
Navoiy davlat pedagogika instituti Tabiatshunoslik fakulteti “Umumiy biologiya” kafedrasi o’qituvchisi A.R.Malikova tomonidan tayyorlangan “Biologiya o`qitish metodikasi” fanining ta’lim texnologiyalari majmuasi Davlat Ta’lim Standartlari talablariga har tomonlama javob beradi
“Umumiy biologiya” kafedrasi mudiri: b.f.n. S.O.Xo’jjiyev
|
| |