|
Navoiy davlat pedagogika
|
bet | 78/114 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 4,78 Mb. | | #248030 |
Bog'liq SSAT
Pat uskunasi yordamida odatda konturlar yaratiladi. Konturlar esa geometrik shaklga, niqobga yoki ajratiladigan soha chegarasiga aylantirilishi mumkin. Shuning uchun pat uskunasida patning qalinligi va rangi kabi parametrlar bo‘lmaydi. Niqoblardan yaratilayotgan tasvirning bir qismini tasodifiy o‘zgarishlardan himoyalash uchun foydalaniladi. Pat yordamida siniq
chiziq chizish uchun pat uskunasini tanlab, chiziq uchlarida sichqonchaning chap tugmasini navbatma- navbat bosib chiqish yetarli. Egri chiziq chizish uchun ham bu chiziqning tugun nuqtalarini ko‘rsatib chiqish kerak bo‘ladi. Lekin bunda egri chiziqning tugun nuqtadan qaysi yo‘nalishda chiqishini sichqonchaning chap tugmasini bosib turib ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Patni ishlatish mehnat va chizmachilik darslarida egri chiziqli chizg`ichlar: lekalolardan foydalanishga o‘xshab ketadi. Egri chiziqqa qo‘shimcha tugun nuqtalar qo‘shish yoki ortiqchalarini olib tashlash bilan uni tahrirlash va qurilayotgan egri chiziqning ko‘rinishini butunlay o‘zgartirib yuborish mumkin. Bunda Перо+ (Pat+) va Перо- (Pat-) uskunalari juda qo‘l keladi.
Pat uskunasi tanlanganda uning parametrlari satri quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
6-rasm. Pat uskunasi yordamida chizilgan rasmlar.
Tasvirga ko‘pincha matn qo‘shishga to‘g`ri keladi. PhotoShop matn bilan ishlashdaham katta imkoniyatlarga ega. Matn bilan ishlash uskunalari uskunalar satrining uchinchi bo‘limida ikkinchi bo‘lib joylashgan. Ulardan keraklisini matn uskunalari tugmasi ustiga sichqonchani olib kelib, chap tugmasini bosish va ro‘yxatdan zarurinitanlash bilan ishga tushirish mumkin. Boshqa uskunalar kabi ularni ham klaviatura orqali ishga tushirish mumkin. Buning uchun unga mos
qo‘yilgan lotin alifbosiningbosh harfi T ni bir yoki bir necha marta bosish kerak bo‘ladi:
|
| |