|
Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti nukus filiali
|
bet | 38/91 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #105837 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.orglAltf/1 Al/.] А1Я.]
tezlik = = -—— = —
2 At At At
agar biz lAJ va lardagi o‘zgarishlarni [^] dagi o‘zgarishga ilova qilsak, quyidagini olishimiz mumkin:
И//1 Al/,] Altf.l
tezlik = — —2—— = —2
At At At
Qayd qilish joizki, ushbu ifoda oldingisiga qaraganda ikki marta katta tezlikni beradi.
Biz olingan hamma natijalarni yig‘ib, barcha reaksiyalar uchun quyidagini yozamiz:
aA + bB — cC + dD
bu erda a, b, c, d lar balanslanlangan reaksiya tenglamasi koeffitsientlari:
1aL41 1дШ1 1д[О IaLD]
tezlik = = = =
a At b At C At ЯAt
Tezlik qonuni va uning komponentlari
Reaksiyaning har qanday kinetik o‘rganilishining asosiy markaziy qismida tezlik qonuniyotadi, bunda tezlikni konsentratsiyalar va temperatura funksiyasi sifatida ko‘riladi. Tezlik tajribaga asoslangani uchun molekulyar darajada ketuvchi reaksiyalarning har qanday gipotezasi bunga mos kelishi kerak.
Ushbu bo‘limdagi muhokamada tezlik qonunida mahsulotlar konsentratsiyalari uchramaydi, demak, tezlik qonuni faqat reagentlar konsentratsiyasi va temperaturaga bog‘liq bo‘ladi. Berilgan temperaturada umumiy ko‘rinishda ushbu reaksiyani ko‘rib chiqamiz:
aA+bB+... —— cC+dD+....
Tezlik qonuni esa:
Tezlik=k[A]m[B]n
Bu yerda k proporsionallik koeffitsienti bo‘lib, tezlik konstantasi deb ataladi, u berilgan temperature va reaksiya uchun mos bo‘lib, reaksiya davom etayotganida o‘zgarmaydi (shuningdek, 16.5 bo‘limda k temperatura o‘zgarishi bilan o‘zgaradi). Darajada turgan m va n lar reaksiya tartibibo‘lib, ularni qanday qilib aniqlashni ko‘rib chiqamiz.Bunda esda saqlash uchun ikkita asosiy kalit bular:
Reaksiyadagi tenglashtiruvchi a va b koeffitsientlarning m va n reaksiya tartiblariga umuman aloqasi yo‘q. Tezlik qonuni komponentlari - tezlik, reaksiya tartibi va tezlik konstantasi - tajriba bilan birlashtirilishi kerak.
Ushbu bo‘limga xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich tezlikni aniqlash uchun konsentratsiyalarni hisoblab, reaksiya tartibini hisoblash uchun boshlang‘ich tezlikni ishlatib va tezlik konstantasini hisoblash uchun ushbu qiymatlarni ishlatib tezlik qonuni komponentlarini topamiz. Reaksiyaning tezlik qonunini bilgan holda biz har qanday boshlang‘ich konsentratsiyani oldindan aytishimiz mumkin.
|
| |