|
Boshlang„ich tezlikni aniqlashdagi ba’zi laboratoriya usullari
|
bet | 39/91 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #105837 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.orgBoshlang„ich tezlikni aniqlashdagi ba’zi laboratoriya usullari
Biz boshlang‘ich tezlikni konsentratsiya/vaqt grafigidan topamiz, shuning uchun bizga konsentratsiya o‘lchash uchun tez, aniq usul kerak. Keling qisqacha uch asosiy usullarni ko‘rib chiqamiz.
Rangdagi o‘zgarish. Rangli moddalar ishtirok etadigan reaksiyalarda, konsentratsiyani o‘lchash uchun spektroskopik usullar qo‘llanilishi mumkin. Masalan, azot monooksidi oksidlanishida faqat mahsulot, azot dioksid rangli:
2NO(g)+O2(g)—2NO2(g) jigarrang.
Vaqt o‘tgani sari reaksion aralashmaning jigarrang rangi to‘qlashib boradi.
Bosimdagi o‘zgarish. Gaz mollari o‘zgaradigan reaksiyalarni bosim o‘zgarishini o‘lchab monitor qilish mumkin. Misol uchun, rux va sirka kislota o‘rtasidagi reaksiyani olaylik:
Zn(q)+2CH3COOH(aq)^Zn2+(aq) + 2CH3COO’(aq) + H2(g).
Tezlik H2 gazining bosimi oshishiga to‘g‘ri proporsionaldir.
O‘tkazuvchanlikning o‘zgarishi. Organik galid (2-brom-2-metilpropan) va suv o‘rtasidagi reaksiyada
(CH3bC-Bi(I) + H;O.: h-.CH :i,C-OH> I:.-H'a,- Br a..
Hosil bo‘luvchi HBr kuchli kislota va butunlay ionlarga parchalanadi; shu sababdan, vaqt o‘tgani sari reaksion aralashmaning o‘tkazuvchanligi ortadi.
Agar qo‘limizda boshlang‘ich tezlik bo‘lsa, biz reaksiya tartibini aniqlashimiz mumkin. Keling birinchi bo‘lib reaksiya tartibi o‘zi nima va keyin qanday qilib ularni aniqlashni muxokama qilsak.
Zanjir reaksiyalar
Ma'lumki Plankning kvantlar nazariyasiga asosan Nur energiyasini molekulalar muayyan kichik porsiyalar bilan yutadi va chiqaradi. Nurning bu eng kichik porsiyasi kvantlar deb ataladi.
Bir kvant hv ga teng : E= h .
(h = 6,6240-27 erg/sek)
tajribalar shuni ko‘rsatadiki, oddiy jarayonda xlor va vodorod molekulalari o‘zaro reaksiyaga kirisha oladi, lekin nur ta'sirida bu reaksiya juda intensiv ravishda davom etadi. Bunga sabab nur energiyasi hv xlor molekulasiga yutiladi. Buning natijasida xlor molekulasi atomlar xlorga dissotsiatsiyalanadi.
CI2 ;—► 2 ci-
Bu reaksiya natijasida hosil bo’lgan atomlar xlor vodorod molekulalariga ta'sir etib, 1 mol HCl hosil qiladi va yana biriga atomlar vodorod hosil bo‘ladi.
Cl. + H2 + HCl + H.
Bunda hosil bo’lgan atomlar vodorod xlorini boshqa molekulasiga ta'sir etadi va xlor atomini biriktirib oladi. Bu reakysiya N.N.Semyonovning zanjir reaksiyasi deyiladi.
H. + Cl2 = H Cl + Cl. va hokazo.
Shunday qilib, reaksiya xuddi zanjir kabi ketma-ket ulanib ketadi. Shuning uchun bu reaksiyalar zanjir reaksiyalar deyiladi. Buni birinchi marta akademik N.N.Semyoov kashf etdi va Nobel mukofotini oldi. Tajribalar shuni kursatdiki, dastlab bir Cl2ning aktivlanish jarayoni tufayli o’rtacha olgan 100000 molekula HCl hosil bo’ladi.
Aktiv zarrachalar biri bilan biri uringanda yoki idish devoriga uringanda zanjir uziladi.
Cl. + Cl. = Cl2 ; H. + H. = H2; Cl. + H2 =H. +HCl.
|
| |