|
Reaksiya tezligiga konsentratsiyaning ta'siri
|
bet | 37/91 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #105837 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.orgReaksiya tezligiga konsentratsiyaning ta'siri.
Reaksiya tezligiga konsentratsiyaning ta'sir etishi sababi shundaki, moddalar bir - biri bilan reaksiyaga kirishishi uchun shu moddalarning zarrachalari bir - biri bilan to’qnashadi. Lekin birga to’qnashishlarning o’z qismigina reaksiyaga olib keladi. Vaqt birligi ichida yuz beradigan to’qnashishlarning soni o’zaro to’qnashayotgan zarrachalarning konsentratsiyalariga proporsional bo’ladi. Demak, to’qnashish ham ko’p bo’ladi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalar konsentratsiyasi bilan reaksiya tezligi orasidagi qonuniyatni 1865 yilda rus olimi N.Beketov kashf etdi. 1867 - yilda esa Norvegiyalik (matematik) ikki olim Gulberg hamda Vaaage bu qonuniyatning matematik ifodasini chiqardilar. Bu qonun massalar ta'sir qonuni deb ataladi va quyidagicha ta'riflanadi.
«Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalarning konsentratsiyalari ko’paytmasiga proporsionaldir». Faraz qilaylik, Аva B moddalar reaksiyaga kirishib, C moddani hosil qilsin. А+ B = C u holda massalar ta'siri qonunga binoan V = K [A] [B] : ga teng bo’ladi. [A] va [B] reaksiyaga kirishayotgan moddalarning molyar konsentratsiyasi (mol/l). K - esa konstantasi. Agar А= V = 1 bo’lsa, V =k bo’ladi. Demak, K reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyalari 1 mol/l ga teng bo’lgandagi reaksiyasining tezligidir.
Agar A + 2B = C bo’lsa V = k [Ap[B]2 ga teng bo’ladi. Umumiy holda molekula m A bilan n molekula B reaksiyaga kirishsa, mA+nB = C, V = k [A]m • [B]n teng bo’ladi.
Reagent va mahsulot konsentratsiyalari orqali tezlikning ifodalanishi
Yuqori biz siz bilan C2H4 va O3 orasidagi reaksiyani ko‘rib chiqqan edik, unda tezlik [O3] orqali ifoda etilganida tezlik kamaygan edi. Reaksiya tenglamasidan ko‘rinib turibdiki, C2H4O va O2 ning har bir molekulasi hosil bo‘lishiga C2H4 va O3 har bir molekulalari sarf bo‘ladi. Biz tezlikni to‘rttala modda konsentratsiyasi orqali ifoda qilishimiz mumkin:
aKLHJ JO,] <ДО1 дЮ_]
tezlik = -—— =-—- = —^—=—- At At At At
(E’tibor bering, reagentlar ifodasi uchun manfiy ishora qo‘yilgan) Bir reagent (C2H4) va bir mahsulot (O2) konsentratsiyalarining bir vaqtda o‘zgarish grafigi 16.4 rasmda keltirilgan. Bu ikki egri bir shaklga, ammo inversion joylashuvga ega, chunki mahsulot hosil bo‘lishni boshlashi bilan reagent sarf bo‘lishni boshlaydi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, ko‘p reaksiyalar uchun reagentning sarf bo‘lish va mahsulotning paydo bo‘lish reaksiyalari bir xil tezlikka ega emas. Misol qilib vodorod va yoddan vodorod yodid hosil bo‘lishini olish mumkin:
H2 (g)+ I2 (g) ^2HI(g)
Bunda tezlikni ifodasi quyidagi ko‘rinishga keladi (koeefitsientlarni hisobga olgan holda):
|
| |