|
Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti nukus filiali
|
bet | 60/91 | Sana | 26.11.2023 | Hajmi | 0,73 Mb. | | #105837 |
Bog'liq Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.orgSavol va topshiriqlar
Dissocillanish konstantasi nima?
Ionli tenglamalar va diodga missolar yozing.
Elektrolitik dissocilanish nazariyasining moxiyati nimada?
Vant–Goff koeffitsienti nimani bildiradi?
Qaysi ion gidroksonit ioni deyiladi?
Elektrolitning dissocilanish darajasi deb nimaga aytiladi?
Elektrolitning dissocilanish darajasi bilan Vant–Goff koeffitsienti orasidagi matematik bog‘lanishni aytib bering?
Eritmada ionlar qanday holatda bo‘ladi?
Qanday moddalar bosqichli dissocilanadi?
12-MA’RUZA. OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARI
Reja:
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari;
Oksidlovchi va qaytaruvchilar.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari klassifikatsiyasi;
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini tenglamalarini tuzish.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini turlari.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga reaksiya muhitini ta’siri.
Tayanch so’zlar: Oksidlanish darajasi, oksidlovchi va qaytaruvchilar, Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini turlari, molekulalararo, ichki molekulyar reaksiyalar.
O’quv mashg'ulotining maqsadi: Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini tenglamalarini tuzishni, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga reaksiya muhitini ta‘sirini, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini turlarini batafsil tushuncha berish, ko‘nikmalarni shakllantirish.
Hamma kimyoviy reaksiyalarni ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruh reaksiyalarda o’zaro ta’sir etuvchi moddalar tarkibiga kiruvchi elementlaming oksidlanish darajasi o’zgarmaydi. Bu guruhga almashinish, birikish va ajralish reaksiyalari kiradi:
AgNO3 + KCl = AgCij + KNO3
Ikkinchi guruh reaksiyalariga bir yoki bir necha elementlarning oksidlanish darajasi o‘zgaradigan reaksiyalar kiradi:
Zn + 2HCl = ZnCl2 + IK
Bu reaksiyada ruxning oksidlanish darajasi 0 dan +2 gacha, vodorodniki +1 dan 0 gacha o‘zgaradi.
Elementlarning oksidlanish darajasi o‘zgarishi bilan boradigan reaksiyalarni oksidlanish-qaytarilish reaksiyalar yoki redoks reaksiyalar (lotincha reductio - qaytarilish va oxydatio - oksidlanish) deb ataladi. Yuqoridagi reaksiyalarda rux atomlari musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi, uning oksidlanish darajasi 0 dan +2 gacha ortadi:
Zn - 2e- = Zn+2
Elementning oksidlanish darajasi ortishi bilan boradigan elektron berish jarayoni oksidlanish deb yuritiladi.
Rux tomonidan berilgan elektronlar vodorod ionlari tomonidan qabul qilinadi; vodorodning oksidlanish darajasi +1 dan 0 gacha kamayadi:
2H++ 2e- = H2
Elementning oksidlanish darajasi pasayishi bilan boradigan elektron biriktirib olish jarayoni qaytarilish deyiladi. Demak, bu reaksiyada rux oksidlanadi, vodorod esa qaytariladi.
|
| |