• Muhim oksidlovchilar
  • Muhim qaytaruvchilar
  • Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarining klassifikatsiyasi
  • Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti nukus filiali




    Download 0,73 Mb.
    bet61/91
    Sana26.11.2023
    Hajmi0,73 Mb.
    #105837
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91
    Bog'liq
    Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instit-fayllar.org

    OKSIDLOVCHILAR VA QAYTARUVCHILAR
    Tarkibida qaytariluvchi element bo’lgan moddalar oksidlovchilar, oksid- lanuvchi element saqlovchi moddalar qaytaruvchilar deyiladi. Oksidlovchilar tarkibidagi element o‘z oksidlanish darajasini pasaytiradi, qaytariluvchilar tarkibidagi element o’z oksidlanish darajasini oshiradi. Oksidlovchilar elektronlarning akseptori (lotincha acceptor - qabul qiluvchi), qaytaruvchilar elektronlarning donori (lotincha donor - beruvchi) hisoblanadi.


    Muhim oksidlovchilar:
    1.Oddiy moddalar: F2, Cl2, Br2, I2, O2, S. Kimyoviy reaksiyalar vaqtida bu moddalar elektronlar biriktirib olib, manfiy zaryadlangan zarrachalarni hosil qiladi.

    1. Murakkab moddalar: kislorodli kislotalar H2SO4, HNO3 va ularning tuzlari; KMnO4 (kaliy permanganat), K2Cr2O7 (kaliy bixromat); xlorning kislorodli kislotalari (HClO, HClO3, HClO4) va ularning tuzlari (gipoxloridlar, xloratlar va perxloratlar); ba’zi kislotalarning angidridlari, masalan, CrO3 xrom (VI)-oksid, Mn2O7 marganes (VII)-oksid, O3 ozon, vodorod peroksid, metallarning peroksidlari (Na2O2, CaO2) va boshqalar.


    2. Metallarning yuqori oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan ionlari, masalan, Fe3+, Au3+, Cu2+, Sn2+




    Muhim qaytaruvchilar:
    1. Metallar, ayniqsa, ishqoriy metallar (Li, Na, K, va boshqalar) va ishqoriy - yer metallari (Ca, Sr, Ba).


    2. Vodorod, uglerod (koks), uglerod (II)-oksid CO


    3. Kislorodsiz kislotalar va ularning tuzlari; gidridlar tarkibidagi vodorod ioni H- (NaH, KH, CaH2 va boshqalar).


    Ba‘zi moddalar sharoitga qarab ham oksidlovchi ham qaytaruvchi vazifasini bajarishi mumkin (masalan, HNO2, H2SO3).



    Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarining klassifikatsiyasi Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini 4 guruhga bo‘linadi.
    1. Atomlararo yoki molekulalararo boradigan oksidlanish qaytarilish reaksiyalari. Bunday reaksiyalarda elektronlarning almashinishi atomlar, molekulalar yoki ionlar o‘rtasida boradi, masalan


    0 +5 +2 +2


    3Cu + 8HNO3 + 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O

    1. O‘z-o‘zidan oksidlanish, o‘z-o‘zidan qaytarilash - disproporsiyalanish reaksiyalari. Bunday reaksiyalarda bitta element atomlari yoki ionlarning oksidlanish darajasi bir vaqtning o’zida ortadi va kamayadi. Bunda boshlang’ich modda turli xil birikmalarni hosil qiladi, ulardan birida atomlarning oksidlanish darajasi yuqori, ikkinchisida esa past bo‘ladi. Bunday reaksiyalar molekulasida oraliq oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan atomlar mavjud bo‘lgan moddalarda sodir bo‘ladi.


    +6 +7 +4


    3K2MnO4 + 2H2O = 2KMnO4 + MnO2 + 4KOH
    + - +5
    3NaClO = 2NaCl + NaClO3


    1. Download 0,73 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   91




    Download 0,73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti nukus filiali

    Download 0,73 Mb.