Kreativ yondashuv asosida muayyan mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbirni tashkil etish uchun auditoriyani jihozlash.
Siz rahbarlik qilayotgan guruh talabalari bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasidan o’rin olgan ixtiyoriy mavzuda tadbir tashkil etiladigan xona (auditoriya, joy)ni jihozlang (jihozlar ro’yxatini shakllantiring). Siz yaratadigan jihozlar ro’yxatidan plakatlar, mulajlar, gerbariylar, xaritalar, badiiy adabiyotlar, olimlar, rassomlar, yozuvchilar, sarkardalar hamda davlat arboblarining portretlari, ish jihozlari, yozishmalari, adabiyotlari, badiiy asarlari va b. o’rin olishi mumkin). Nima uchun shunday jihozlarni tanlaganingizni sharhlang.
Foydalanilgan adabiyotlar
Dolgorukov A. Metod case-study kak sovremennaya texnologiya professionalno-orientirovannogo obucheniya: http://www.vshu.ru/lections. php?tab_id=3&a=info&id=2600.
Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014.
Innovastion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To’raev A.B. – T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015. – 81-b.
MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI
OTM bo’lg’usi pedagoglarida kompetentlik va kreativlik sifatlari va ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi metodlarni o’rganish. OTM pedagoglarida kreativlik sifatlari va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladigan vositalar bilan tanishish. OTM pedagoglarida kreativlik sifatlari va ijodiy tafakkurni rivojlantirishda samarador bo’lgan texnologiyalarni aniqlash va ularni o’zlashtirish.
talaba mustaqil ishni tayyorlashi uchun quyidagicha yo’l tutish tavsiya etiladi: OTM pedagoglarida kreativlik sifatlari va ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi metod, vosita va texnologiyalarga oid o’quv va ilmiy adabiyotlar, shuningdek, Internet materiallari bilan tanishish; OTM pedagoglarida kreativlik sifatlari va ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi metod, vosita va texnologiyalar borasidagi bilimlarni o’zlashtirish; shaxsda kreativlik sifatlarini shakllantirish va rivojlantiruvchi maxsus testlar bilan ishlash; maxsus adabiyotlar asosida mavzu ustida ishlash.
|