• Ishni bajarish tartibi
  • Qurilmaning tuzilishi va ishlashi




    Download 2.11 Mb.
    bet8/12
    Sana18.11.2022
    Hajmi2.11 Mb.
    #30786
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    молкуляр
    Alishev Sh dastur Pedagogik dasturiy vositalar 2022-final1, 7-14-1143, bayroq bayonnoma, 6-informatika, 3-lab, Intelekt va kreativlik, kirish testi yangi ишончилиси 25.05.2021, Amirbek Anvarov, ta\'limda VR, Axborot manbalari, Mamadaliyev Nurali, Baxtiyor.uz-Informatika-MOK-testlari, 4-lab, Axborot manbalari
    Qurilmaning tuzilishi va ishlashi
    Gaz hajmining haroratga bog'liqligini Gey-Lyussak qonuniga ko'ra o'rganish qurilmasining umumiy ko'rinishi 1-chizmada keltirilgan. Qurilmaning asosiy qismi teng tirsakli (uzunligi 15-20 sm, ichki diametri 3-5 mm) Г shakli- dagi shisha naydan iborat. Nayning uchlari ochiq bo'lib, ular maxsys rezina tiqin yordamida berkitiladi. Shuningdek, nayga rasmda ko'rsatilganidek Г shaklidagi darajalangan chizg'ich o'matilgan. Nay vertikal holatda shtativga mahkamlanadi. Haroratnini o'lchashda raqamli termometrdan foydalaniladi. Shtativning qisqichi bo'shatilib, nayning gorizontal qismi plastikli vannadagi isitilgan suvga to'liq botguncha ohista tushiriladi. So'ngra shtativning qisqichi mahkamlanadi. Gaz hajmi kengayishining termik koeffitsiyentini hisoblash ishlari bajariladi. Nay tirsaklari bir xil ko'ndalang kesimga ega ekanligidan (6) ifodani quyidagicha yozamiz:
    (7)

    1-chizma


    Ishni bajarish tartibi
    1.Raqamli termometr laboratoriya universal ta'minlash manbaining iste'molchilarni ta'minlovchi maxsus 8V li tarmog'iga ulanadi.
    2.Laboratoriya universal ta'minlash manbai tok tarmog'iga ulanadi. Raqamli termometr ish holatiga keltirib qo'yiladi.
    3.Nayning gorizontal o'rnatiladigan uchi rezina tiqin bilan berkitiladi. Nayning vertikal o'rnatiladigan ikkinchi uchidan ozgina rangli suyuqlik quyiladi. Nayning vertikal o'rnatiladigan uchi rezina tiqin bilan berkitiladi. Nay vertikal holatda shtativga mahkamlanadi.
    4.Nayning o'ng chetidan suyuqlikkacha bo'lgan havo qatlamining uzunligi qayd etiladi (//).
    Xona harorati o'lchanadi (tj).
    5.Shtativning qisqichi bo'shatilib, nayning gorizontal qismi plastikli vannadagi isitilgan suvga to'liq botguncha tushiriladi.
    6. Raqamli termometr indikatori suv ichiga tushiriladi. 3-5 min atrofida kutib, suvning harorati o'lchanadi (t2).
    7.Olingan natijalar asosida (7) ifodaga ko'ra gaz hajmi kengayishining termik koeffitsiyenti hisoblanadi.
    8.Plastikli vannadagi suv haroratini ko'tarib, tajriba yuqoridagidek takrorlanadi.
    9.Oichangan va hisoblangan kattaliklar qiymati quyidagi jadvalga yoziladi.



    N











    1
















    2
















    3

















    Download 2.11 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 2.11 Mb.