• Topshiriqlar
  • 5-Amaliy mashg‘ulot Rezervuarning mexanik hisobi
  • Neft gazni qayta ishlash obyektlari kafedrasi neft, neft mahsulotlarini va gazlarni tashish va saqlash




    Download 1,51 Mb.
    bet6/43
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #231933
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
    Bog'liq
    O\'quv qo\'llanma (2)

    Konus eng ko‘p yuzaga ega bo‘lgani uchun, unga nisbatan qolgan yuzalarni 
    taqqoslaymiz:2827.8 – 100% 2827.8 – 100%
    2785.2 – x % 2569.11 – y %
    x = 98.4 % y= 90.1 %

    2827.8 – 100% 2827.8 – 100%


    2244.3 – z% 2350.2 - t %
    z = 79.4 % t = 83.1 %

    Demak: biz konusga nisbatan


    Kub shaklida: 100 – 98.4 = 1.6%
    Silindr shaklida: 100 – 90.1 = 9.9 %
    Shar shaklida: 100 – 79.4 = 20.6 %
    Tomchi shaklida: 100 – 83.1 = 16.9 % yuza yutar ekanmiz.


    Topshiriqlar

    1. Neft bazasisi rezervuarining taxminiy talab qilinadigan hajmini va rezervuar ning o'rtacha aylanish koeffitsientini aniqlang. Dastlabki ma'lumotlar: sotish hajmi (yuk aylanmasi) mos ravishda 60 000 va 36 000 tonna bo'lgan ochiq va to'q rangli neft mahsulotlari saqlanadi.O'rtacha nisbiy zichlik: engil neft mahsulotlari pc.=0,750, quyuq neft mahsulotlari pt=0,880. Neftbazasi sanoat zonasida joylashgan.

    2. Vertikal silindrsimon idishdagi neft darajasi (ρ20 850 = kg / m3) ertalabki rezervuarning pastki qismidan kelib chiqqan holda 9 m edi. Suyuqlikning o'rtacha harorati 7°C ga ko'tarilganda kun davomida ushbu daraja qancha o'zgarishini aniqlang.

    3. Yoqilg'i quyish shoxobchasidagi avtomobil benzini (720 730 = kg / m3) 25 ℃ ga qadar qizdirildi, uni bo'yinning pastki qismiga to'ldirdi, shu sababli yoqilg'i hajmi 10 m3 nominal rezervuar hajmiga teng bo'ldi.

    5-Amaliy mashg‘ulot
    Rezervuarning mexanik hisobi

    Neft mahsulotlari omborlarid neft, gaz va neft mahsulotlarini saqlash uchun ko‘p sonli idishlar, rezervuarlar parki talab qilinadi. Ko‘pgina hollarda neft xom-ashyosi kata yer osti yarim yer osti temir betonli ichki yuzasi metall bilan qoplangan va qoplanmagan rezervuarlarda saqlanadi. Xuddi shunday idishlarda tayyor rangli neft mahsulotlari ham saqlanadi. Yer osti temir betonli rezervuarlarning asosiy qulayliklari: metall tejaladi, yengil uchuvchan xom-ashyoning quyosh nuri ta’sirida bug‘lanishining kamligi, yong‘in va niqoblash xususiyatlariga egaligidir. Metall idishlar qoidaga ko‘ra ulardan foydalanishni osonlashtirishni ta’minlash uchun yer ostida saqlaydilar. Quriladigan idishlarning soni va hajmi zavodning xom-ashyo va mahsulot bo‘yicha sutkali ishlab chiqarish quvvatiga, bir vaqtda saqlanadigan mahsulotlar miqdoriga, xom-ashyo va mahsulotlarni saqlash muddatiga bog‘liq holda hisoblab topiladi. Saralangan idishlar o‘lchamlari quyidagi normalarga mos kelishi kerak To‘liq va foydali hajm, ichki diametr, maksimal ishchi bosim va harorat, quyishning maksimal balandligi va hokazolar. Idishlar konstruksiyalari ko‘p faktorlarga bog‘liq ravishda aniqlanadi, biroq ular orasida asosiylari kimyoviy va fizikaviy xususiyatlar, idishlar ichidagi suyuqlik va gaz bosimi harorati hisoblanadi. Hozirgi vaqtda foydalanib turilgan vertikal silindrsimon rezervuarlar hajmi 25-100000 m3 gacha bo‘ladi. Ko‘pgina rezervuarlar standartlashtirilgan, qolganlari esa maxsus loyihalar asosida tayyorlanadi. Rezervuarlar zichlashtirilgan grunt va qalinligi 0,06-0,1 m bo‘lgan qum yostig‘i ustiga joylashtiriladi. Asosi vertikal o‘qli konus formasiga ega; markazdan chetki nuqtasigacha bo‘lgan qiyalik 1:120 ga teng, asosning diametri rezervuar tagligi diametridan 1-1,2 m ga kata bo‘lishi kerak.Rezervuarning qumli asosi yoyilib ketmasligi uchun atrofiga qalinligi 0,25-0,3 m ga teng bo‘lgan betonli yoki toshli devor quriladi. Agar belbog‘lardagi listlarning qalinligi bir xil deb qarasak, rezervuar balandligi N quyidagi ormula orqali aniqlanadi:


    ;
    bu yerda: v- rezervuar hajmi; λ- korpus qalinligi; s- alohida belbog‘ning qalinligi. Belbog‘ qalinligi har xil bo‘lgan rezervuarlar balandligi:
    ;
    bu yerda: - metall belbog‘ning ruxsat etilgan kuchlanishi; 
     rezervuardagi suyuqlikning solishtirma og‘irligi. Devorning eng yuqorigi belbog‘iga bosimning ta’siri nisbatan kamrok, lekin list qalinligi 4 mm. dan kam olish mumkin emas. Qolgan belbog‘lar listlarining qalinligi rezervuar suyuqlik gidrostatik bosimiga bo‘lgan qarshiligi va rezervuardagi 0,002 MN/m2 ga teng bo‘lgan ichki bosimi sharoitlaridan kelib chiqqan holda quyidagi formula bilan topiladi:

    ; (4.3)


    bu yerda: h:rezervuar suyuqlik bilan to‘ldirilganda suyuqlikning yuqorigi sirtidan o‘rta qismigacha bo‘lgan masofa;


    φ- vertikal choklarning mustahkamlik koeffitsiyenti;
    S- korroziyaga qo‘shimcha.
    Juda katta rezervuarlarni yopishda maxsus fermalardan foydalaniladi. D diametrli rezervuarlar uchun fermalar quyidagi formula orqali topiladi:
    ;

    Mahalliy siqilish va tayanchlardagi kuchlanish konsentratsiyasini hisobga olmay,


    rezervuar qobig‘ining qalinligi S ni quyidagi formula bilan topamiz:

    bu yerda: R-suyuqlik gidrostatik ustuni va muhitning summaviy bosimi;D- rezervuarning ichki diametri;
    - ruxsat etilgan kuchlanish;
    S- korroziyaga qo‘shimcha. Rezervuar parklarini kengaytirganda, qayta qurishda va zamon talablariga muvofiq takomillashtirganda QMQ 2.09.19.97 ga amal qilish zarur; unga muvofiq rezervuarlarni guruh qilib joylatirish kerak. Bitta guruhning umumiy sig‘imi (m3larda) quyidagidan oshmasligi kerak:
    A) sig‘imi 50000 m3 va undan ko‘p bo‘lgan, tomi siljiydigan pontonli rezervuarlardan foydalanganda – 200000 m3;
    B) kamida 50000 m3 sig‘imli tomi siljiydigan rezervuarlardan foydalanganda – 120000 m3;
    V) tomi statsionar (ko‘chmas) rezervuarlarda chaqnash harorati 45℃ dan yuqori bo‘lgan neft mahsulotlarni saqlaganda – 120000 m3; G) tomi statsionar (ko‘chmas) rezervuarlarda chaqnash harorati 45℃ va undan past bo‘lgan neft mahsulotlarini saqlaganda – 80000 m3;
    D) tomi siljiydigan rezervuar sig‘imi 120000 m3 dan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
    pontonli yoki statsionar (ko‘chmas) – 50000 m3.
    E) sig‘imi 10000 m3 va undan ko‘p bo‘lmagan rezervuarlarni bir yoki ikki qatorli 
    guruh qilib joylashtirish kerak.
    Neft mahsulotlari uchun sig‘imi 400 m3 gacha (u ham kiradi) bo‘lgan rezervuarlar umumiy sig‘imi 4000 m3 gacha bo‘lgan guruhda bitta maydonchada joylashtirishga ruxsat beriladi, shu holda rezervuarlar devori orasidagi masofa me’yorlanmaydi, 
    sig‘imi 4000 m3 gacha bo‘lgan qo‘shni guruhdagi eng yaqin rezervuarlar orasidagi masofani esa 15 m qilib qabul qilish kerak.
    Bir guruhda joylashgan neft mahsulotlari uchun yer yuzasidagi rezervuarlar orasidagi masofa quyidagicha bo‘lishi kerak:
    A) tomi siljiydigan rezervuarlar uchun – diametrining 0,5 qismi;
    B) pontonli rezervuarlar uchun – diametrining 0,65 qismi;
    V) tomi statsionar (ko‘chmas) rezervuarlar uchun – diametrining 0,75 qismi, lekin 30 m.dan ko‘p emas.
    Qo‘shni guruhlarda joylashgan eng yaqin rezervuarlar devori orasidagi 
    masofa quyidagicha bo‘lishi kerak:
    A) yer yuzasidagi rezervuarlar uchun – 40 m;
    B) yer osti rezervuarlari uchun -15 m.



    Download 1,51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




    Download 1,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft gazni qayta ishlash obyektlari kafedrasi neft, neft mahsulotlarini va gazlarni tashish va saqlash

    Download 1,51 Mb.