7.1- Rasm. Gazlarning dinamik qovushqoqligini aniqlash grafigi.
Alohida uglevodorod gazlarining T temperaturadagi dinamik qovushqoqligini (paskal ko’paytirilgan sekund) Frost formulasi orqali hisoblash mumkin:
Gazlarning qovushqoqligini aniqlashda turli grafik usullar ham qo’llaniladi. 7.1 rasmda texnologik hisoblashlarda keng foydaniladigan dinamik qovushqoqlikning ( ) va ( 0) keltirilgan temperatura va bosimga bog’liqlik grafigi ko’rsatilgan.
Atmosfera bosimida gazlar qovushqoqligining o’zgarishi temperaturaga bog’liqligi Saterlend tenglamasi yordamida yoziladi:
bu yerda normal sharoitda gaz qovushqoqligi (16 – ilovaga qarang) Pa-s; S – doimiy.
S doimiyligi qiymati 20–2000C temperatura intervali uchun 7.1 jadvalda keltirilgan.
Taxminiy hisoblashlar uchun S kattalikni quyidagi ifoda S=1.22 To`rt 0,7 Tkr orqali topish mumkin. (7.1 jadval. uchun doimiy S qiymatlari).
7.1-jadval
Gaz
|
S
|
Gaz
|
S
|
Metan
|
162
|
Vodorod
|
79
|
Etilen
|
225
|
Azot
|
104
|
Etan
|
252
|
Kislorod
|
127
|
Propilen
|
322
|
Havo
|
107
|
Propan
|
290
|
Uglerod II oksidi
|
101
|
Izo – butilen
|
339
|
Uglerod IV oksidi
|
254
|
Izo – butan
|
368
|
Otingugurt
|
331
|
N – butan
|
377
|
Suv bug’i
|
673
|
N – pentan
|
383
|
|
|
Gaz aralashmasi qovushqoqligini additivlik qoidasiga ko’ra ham hisoblash mumkin, faqat u holatda aralashmani tashkil etuvchi gazlarning fizikaviy tavsiflari bir – biriga yaqin bo’lishi kerak, masalan propan – propilen. Turli xil aralashmalar uchun qovushqoqlikni taxminiy baholash kiritilgan. Buning uchun quyidagi tenglamadan foydalaniladi:
Masala: Gaz aralashmasi normal sharoitda dinamik qovushqoqlikka ega, uning kritik parametrlari Tkr= 113 0S, Rkr = 3,9 MPa. Aralashmaning 151,5 0S va 7,2 MPa dagi dinamik qovushqoqligi topilsin.
Yechim:. Aralashmaning keltirilgan parametrlarni topamiz:
1-rasmdagi grafikdan foydalanib,abtsissa o’qiga Rkel=1,85 qiymatini qo’yamiz va Tkel =1,1 nuqtadan egri chiziq bilan kesishguncha perpendikulyar o’tkazamiz kesishish nuqtasini ordinataga tushirib, = 2,5 ni olamiz. Bu yerdan berilgan sharoitda dinamik qovushqoqlik ni topamiz:
=2,5 . 8,5 . 10-6=21,25 . 10-6 Pa . s.
|