|
Neft gazni qayta ishlash obyektlari kafedrasi neft, neft mahsulotlarini va gazlarni tashish va saqlash
|
bet | 8/43 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,51 Mb. | | #231933 |
Bog'liq O\'quv qo\'llanma (2)7- Amaliy mashg‘ulot
Gaz va ular tarkibidagi qo‘shimchalarning salbiy ta’siri va ularni kamaytirish
Suyuqliklardagi singari gazlarning zichligi absolyut yoki nisbiy qiymatlarda ifoda lanishi mumkin. Gazni absolyut zichligi uning massasini hajm birligiga nisbatiga teng, SI da u kilogramm/metr kublarda (kg/m3) ifodalanadi. Zichlikka teskari kattalik solishtirma hajm deb ataladi va u metr kub/kilogrammlarda (m3/kg) o‘lchanadi.
Gazlar va neft mahsulotlarining bug‘lari nisbiy zichligini aniqlashda standart (andoza) modda sifatida normal sharoitdagi (T= 273 K, R=101,3 kPa) havo olinadi. Ayni temperatura va bosimda bir xil hajmlarda olingan gaz massasi (m) ni havo massasi (mhavo) ga nisbati shu gazning nisbiy zichligi deyiladi.
ρnis=m/mhavo. (7.1)
Biror gazning bir litr hajmining massasi normal sharoitdagi gazning molyar massasini uning molyar hajmi (22,4 l) ga nisbati bilan hisoblanadi, bu gazning normal sharoitdagi zichligi deyiladi.
ρ0=М/22,4
bu yerda ρ0-normal sharoitdagi gaz zichligi. U vaqtda gaz nisbiy zichligini havoga nisbatan quyidagicha yozish mumkin:
ρnis =M/28,9, bu yerda 28,9 – havoning molyar massasi, g/mol.
ρ0=М/22,4 bu yerda ρ0 - normal sharoitdagi gaz zichligi.
U vaqtda gaz nisbiy zichligini havoga nisbatan quyidagicha yozish mumkin:
ρnis =М/28,9 bu yerda 28,9 – havoning molyar massasi, g/mol.
Agar Mendeleyev – Klapeyron tenglamasini t/V= M/RT ko‘rinishda yozsak ,
Shundoq korinib turibdiki tenglamaning chap tomoni gaz zichligini ifodalaydi
Va shunga kora :
ρ =РМ/RT. (7.2)
(7.2) formula gazning haqiqiy zichligini xoxlagan temperatura va bosimlarda hisoblash imkonini beradi.
Mendeleyev Klapeyron tenglamasini boshqa shakl ozgargan holatlari ham mavjud,
Ular ham turli sharoitlarda gaz zichligini aniqlash imkonini beradi:
(7.3)
(7.2) va (7.3) formulalardan olinadigan natijalar bir xildir. Ayrim individual gazlar zichligini temperatura o‘zgarishiga bog‘liqligidan tashqari, jadval va grafiklardagi malumotlar bo‘yicha ham bilib olish mumkin [1].
Masala . Gazning nisbiy zichligi 1.10 ga teng. Uning 150℃ va 750 kPa dagi absolyut zichligi aniqlansin.
Yechish. Gazning molekular massasini topamiz
M=1.1.28,9=31,8 kg/mol
Gazni absolyut zichligini (2.3) formula buyicha hisoblaymiz:
(7.2) formuladan foydalangan holda ham shu javobni olardik, biroq u holda M kg/mol,(10-3 ga ko‘paytiriladi) da bolishi kerak ,chunki universal gaz doimiysining olchov birliklari bilan mos keltirilishi kerak
Gaz aralashmasi zichligini suyuq aralashma zichligini hisoblash formulasi orqali ham hisoblash mumkin. Ta’kidlash mumkinki, gazlar uchun hajmiy ulushi molyar ulushlarga tengligiga asosan ilovadagi gaz aralashmasi uchun quyidagicha yozish mumkin : Рар=Σ
Suyuqliklarning qovushqoqligi qanday xususiyatga ega bo’lsa, gazlar uchun ham shunday. Biroq suyuqliklarning qovushqoqligini gazlar qovushqoqligi bilan taqqoslanganda ayrim o’ziga xos xossaga yani, temperatura oshishi va molyar massasi kamayishi bilan gazlar qovushqoqligi ortadi. Suyuqlar uchun bu teskari xossaga ega. Gazlarning qovushqoqligini 5-6 MPa gacha bosimga bog’liq emas, deb qabul qilish mumkin.
Gazlar va bug’lar uchun dinamik va kinematik qovushqoqlik qabul qilingan bo’lib, ular SI o’lchov birliklarida suyuqliklardagiga o’xshash (paskal /sekund va metr kvadrat sekund).
Келтирилган босим, Ркелт
|
| |