• Nazorat savollari
  • Ta’mirlash tarkibi va yо‘nalishi




    Download 212.38 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/4
    Sana16.12.2022
    Hajmi212.38 Kb.
    #35105
    1   2   3   4
    Bog'liq
    LABORATORIYA №6
    LABORATORIYA 3, Kurs loyihasi va bitiruv malakaviy ishini tayyorlash. Abdazimov A.D. Abduraxmonov N.B., Sirtqi Амалиёт кундалиги, akademik yozuv 4 mus, 3.05-Dasturlash tillari, 1, 14- мактаб расмлари, 2-Mustaqil ish mavzulari (1), Elementar zarralar. Zarralar va antizarralar. , 1 amaliy, referat 1, Mustaqil ish mavzulari, Mavzu Fikrlar(Mulohazalar) algebrasi, asosiy amallar, xossalari-fayllar.org, Mavzu Fikrlar(Mulohazalar) algebrasi, asosiy amallar, xossalari
    Ta’mirlash tarkibi va yо‘nalishi. Ta’mirlashning 2 kо‘rinishi bor: joriy va 
    kapital. Ular yо‘nalishiga kо‘ra, tarkibiga va hajmiga binoan, shuningdek, 
    takrorlash chastotasiga kо‘ra bir-biridan farq qiladi. 
    Joriy ta’mirlash deganda, kutilayotgan rejaviy ta’mirlashga belgilangan 
    ishchi parametrlar chegarasida uskunalarni normal ekspluatasiya qilishni 
    ta’minlash maqsadida ta’mirlash yoki buzilgan detalni almashtirish bо‘yicha olib 
    boriladigan rejalashtirilgan ishlar majmuasi tushuniladi. 
    Joriy ta’mirlash ishlarining muddati va ketma-ketligi tasdiqlangan jadvalga 
    qarab belgilanadi. Uzluksiz ishlaydigan uskunalarni ta’mirlash ishlarini olib 
    borish uchun tо‘xtatib qо‘yish kerak (odatda bu texnologik mashinani birgalikda 
    tо‘xtatish, masalan, uskuna yoki sexni). Vaqti-vaqti bilan ishlaydigan uskunalarni 
    ishlamaydigan smenada ta’mirlanadi, zahiradagi bilan almashtiriladi, yoki о‘rnini 
    almashtirish vaqtida ta’mirlanadi. 
    Joriy ta’mirlash kichik hajmga ega. Joriy ta’mirlash vaqtida uskunalarning 
    faqat ba’zi bir detallarigina ajratib olinadi. Diqqat bilan kо‘rik о‘tkazilganda 
    uskunalar holati aniqlanadi va kichik ta’mirlash ishlari о‘tkazish yо‘li bilan uning 


    ishga yaroqliligi qayta tiklanadi, bundan tashqari yedirilish jadalligi va xarakteri 
    baholanadi, bu esa kapital ta’mirlashni hajmi va vaqtini tо‘g‘ri belgilash uchun 
    juda muhimdir. 
    Kapital ta’mirlash – hajmi bо‘yicha katta rejalashtirilgan ta’mirlash bо‘lib, 
    unda uskunalarni detallari holatini aniqlash maqsadida hajmi bо‘yicha bо‘laklarga 
    bо‘linadi (shu bilan birgalikda butunlay qismlarga ham bо‘linadi) va ishga 
    yaroqsiz bо‘lib qolgan barcha qismlari almashtiriladi. Kapital ta’mirlash natijasida 
    uskunalar boshlang‘ich texnik xarakteristikalarigacha qayta tiklanishi kerak. Bu 
    ta’mirlash boshqalaridan ta’mirlash muddatining uzunligiga va qaytarilish 
    chastotasining kichikligi bilan farq qiladi. 
    Uskunalarni kapital ta’mirlash vaqtida, agar ularni qayta tiklash mumkin 
    bо‘lmay qolgan bо‘lsa, yoki katta sarf xarajatlarni qoplay olmaydigan bо‘lsa yoki 
    uskunalar ma’naviy eskirgan va uskuna ekspluatasiyasining yangi yuqori 
    parametrlarini ta’minlash holatida bо‘lmasa, ularni butunlay almashtirish 
    mumkin. Kapital ta’mirlash vaqtida, odatda uskunalarni ba’zi bir qismlarini 
    almashtirish yо‘li bilan modernizasiya qilinadi. Modernizasiya ishlab 
    chiqarishning texnik-iqtisodiy kо‘rsatkichlarining oshishiga yordam beradi, 
    shuning uchun uni har qanday yо‘l bilan keng ommalashtirish kerak. 
    Ba’zi bir korxonalar uchun о‘rtacha ta’mirlash toifasini kiritish maqsadga 
    muvofiq bо‘lishi mumkin. О‘rtacha ta’mirlash о‘tkaziladigan ishlar hajmi
    davomiyligi va takrorlanishi bо‘yicha joriy va kapital ta’mirlashlar orasidagi joyni 
    egallaydi.
    Joriy ta’mirlash hajmini salgina oshirishda ikki kapital ta’mirlashlar 
    orasidagi jihozlar xizmat muddatini chо‘zish mumkin, ya’ni ta’mirlashning har 
    qanday kо‘rinishlariga sarflanadigan kuch va vositalarini iqtisod qilishning eng 
    qulay sharoitlari ta’minlanadi. Shu maqsadda «Kimyo sanoati korxonalari 
    uskunalarining ta’miri va texnik xizmat kо‘rsatish tizimi»da ba’zi bir 
    konstruksiyasi murakkab bо‘lgan uskunalar uchun normativda joriy ta’mirlashni 
    katta hajmda о‘tkazish yoki bо‘lmasa, kichik hajmdagi qо‘shimcha kapital 
    ta’mirlashni qо‘shish imkoni kо‘rib chiqiladi. 
    Nazorat savollari: 
    1. Uskunalarga qо‘yiladigan asosiy talablar? 
    2. Profilaktik ta’mirlashning maqsadi? 
    3. Ta’mirlash tarkibi va yо‘nalishi usulida qо‘llanilishini izohlang? 
    4. Kapital ta’mirlash usulida izohlang? 

    Download 212.38 Kb.
    1   2   3   4




    Download 212.38 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’mirlash tarkibi va yо‘nalishi

    Download 212.38 Kb.
    Pdf ko'rish