Neft va gaz konlari mashinalarini rejaviy




Download 212.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana16.12.2022
Hajmi212.38 Kb.
#35105
1   2   3   4
Bog'liq
LABORATORIYA №6
LABORATORIYA 3, Kurs loyihasi va bitiruv malakaviy ishini tayyorlash. Abdazimov A.D. Abduraxmonov N.B., Sirtqi Амалиёт кундалиги, akademik yozuv 4 mus, 3.05-Dasturlash tillari, 1, 14- мактаб расмлари, 2-Mustaqil ish mavzulari (1), Elementar zarralar. Zarralar va antizarralar. , 1 amaliy, referat 1, Mustaqil ish mavzulari, Mavzu Fikrlar(Mulohazalar) algebrasi, asosiy amallar, xossalari-fayllar.org, Mavzu Fikrlar(Mulohazalar) algebrasi, asosiy amallar, xossalari
Profilaktik tadbirlar. Profilaktik ta’mirlashning maqsadi, ikki ta’mirlash 
orasidagi vaqtda uskunalarning jadal sur’atlar bilan yemirilishini oldini olish va 
ularni tо‘g‘ri ishlashni ta’minlashdan iboratdir. Tadbirlar ta’mirlashlararo xizmat 
kо‘rsatish, bu xizmatlarning takomillashgan usullari va shakllarini ishlab chiqish, 
ta’mirlash vaqtida yuzaga keladigan konstruksiyalarni va texnologik jarayonlarni 
modernizasiyalash, zarur bо‘lgan texnik hujjatlarni olib borish (ba’zida ishlab 
chiqish) va h. 
Kimyo va neftni qayta ishlash korxonalaridagi uskunalarga texnik 
(ta’mirlashlararo) xizmat kо‘rsatish (profilaktik kо‘rik, texnik ekspluatasiya 
qoidalariga rioya qilishni nazorat qilish, ta’mirlash) barcha uskunalarni majburiy 
pasportlashtirilishini nazarda tutadi. Bir xil turdagi uskunalarning guruhlari uchun 
bitta pasport formulyar bо‘lishi mumkin, lekin, u holda ularning har bittasi uchun 
alohida varaq bо‘lishi shart. Uskunalarning
pasportlari GOST talablari asosida 
tuzilgan bо‘lishi kerak. Qoida bо‘yicha ular uskunalarni yetkazib beruvchi 
zavodlarda tuziladi. Takomillashtirish maqsadida ishlab chiqarilayotgan barcha 
konstruktiv о‘zgarishlar uning pasportiga yozib qо‘yiladi. Har bir ishlab chiqarish 
uchastkasida qabul qilingan, texnologik rejimga qat’iy tо‘g‘ri keladigan pasport 
(formulyar)ga asosan uskunalarga texnik xizmat kо‘rsatish bо‘yicha va 
ekspluatasiya bо‘yicha yо‘riqnomalar tuziladi. Uning mazmuni GOST 2601-68 
bо‘yicha aniqlanadi. 
Texnik xizmat kо‘rsatish bо‘yicha yо‘riqnomalar (ishlab chiqarish 
yо‘riqnomalari) uskunalarning qarovi va ularga xizmat kо‘rsatish, shuningdek
ta’mirlashga tayyorlash bо‘yicha, ta’mirlashdan keyingi qabul qilish va ishga 


tushirish bо‘yicha о‘tkaziladigan barcha tadbirlar mazmuni va tartibi yozilgan 
tо‘liq yozma izohini о‘z ichiga oladi. Ekspluatasiya bо‘yicha yо‘riqnomalar 
(texnologk xaritalar) uskunalar ekspluatasiyasi texnologik parametrlarining ruxsat 
etilgan chegaralari (bosim, temperatura, suyuqlik sathi, ishlab chiqarish, yuklama 
va h.)ni belgilaydi. 
Texnik xizmat kо‘rsatish ekspluatasion (operator, apparatchi, mashinist) va 
xizmat kо‘rsatuvchi (master yordamchisi, navbatchi slesar) xodimlar orqali 
amalga oshiriladi. Ular maxsus tayyorgarlikdan о‘tgan, yо‘riqnoma olgan va 
uskunalarni ishlatishda barcha ekspluatasiya shartlariga rioya qilishlari va 
javobgarlikni zimmalariga olishlari kerak. Xizmat kо‘rsatish xodimlari vaqti-vaqti 
bilan attestasiya qilinadi, sо‘ngra hujjat asosida rasmiylashtiriladi. 
Texnik xizmat kо‘rsatish о‘z ichiga: texnologik xaritalarni va ishlab 
chiqarish y yо‘riqnomalarini kо‘z bilan va nazorat-о‘lchov asboblari 
kо‘rsatkichlari bо‘yicha barcha
shartlarga amal qilish; moylash va sovitish 
tizimlarini (ba’zi hollarda isitish tizimlarini ham) puxta holatda saqlash; mayda 
ta’mirlashlar (salniklarni tortish, kichik о‘lchamdagi armaturalarni almashtirish, 
mas’uliyati kichik joylardagi nozichliklarni bartaraf qilish va h.). Agar aniqlangan 
ishdan chiqqan joylarni ishga tushirish qiyinchilik tug‘dirsa va buning natijasida 
avariya holati yuzaga kelsa, xizmat kо‘rsatish bо‘yicha boshliq uchastka 
ekspluatasiya xizmati rahbarini bu haqida xabardor qiladi va ishdan chiqqan 
uskunani avval zahirada bо‘lgan shunday uskunani ishga tushirgandan sо‘ng (agar 
shunday uskuna bor bо‘lsa) tо‘xtatadi, bunda tizimda halokat bо‘lmasligini 
ta’minlovchi barcha shartlarga amal qilinadi. 
Kuzatish natijalari va о‘tkazilgan ta’mirlash ishlari tarkibini xizmatchi 
xodimlar ish smenasi jurnaliga yozib qо‘yadi, qaysiki bu jurnalga uskunaning 
hozirgi amaldagi holati va ish smenasi topshirilayotgandagi omillar ham 
rasmiylashtiriladi. Ushbu jurnaldagi yozuvlarga va joydagi tekshiruvlar, hamda 
kuzatuvlar natijalariga binoan ta’mirlash xizmati normal ekspluatasiya sharoitini 
ta’minlovchi kerakli chora-tadbirlarni qabul qilishi zarur. 

Download 212.38 Kb.
1   2   3   4




Download 212.38 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neft va gaz konlari mashinalarini rejaviy

Download 212.38 Kb.
Pdf ko'rish