Kataliz xodisasi bir necha umumiy prinsipga ega.
1. Katalizatorlar saylash (selektiv) xossasiga ega. Xamma kimyoviy
reaksiyalar uchun umumiy katalizator bo`lmaydi. Ma`lum katalizator ayrim
reaksiyani yoki reaksiyalar gruxini, agar reaksiya bir qancha yo`nalishlar bilan
borsa, ma`lum yo`nalishni tezlashtiradi.
2. Katalizatorlar reaksiya muvozanat konstanta qiymatini o`zgartirmaydi.
Katalizatorlar nazariy yo`l bilan xisoblab topilgan miqdorga qaraganda, ko`p
maxsulot xosil qilishga yordam bermaydi. Faqat kerakli maxsulotni qisqa vaqtda
olishga imkon beradi
3. Katalizator ta`sirida teskari va to`g’ri reaksiyalarning tezligi bir xilda
oshadi.