MREQ (xotiraga murojaat qilish) va  RD




Download 9,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/68
Sana13.05.2024
Hajmi9,08 Mb.
#229420
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68
Bog'liq
Nigmatov X

MREQ
(xotiraga murojaat qilish) va 
RD
(xotiradan o‘qish) kabi boshqarish signallari bilan unga murojaat qiladi. Ushbu 
signallardan so‘ng, xotiraning o‘qilishi kerak bo‘lgan adresi, shina orqali unga 
uzatiladi. Adresni uzatish 
parallel
tarzda amalga oshiriladi – 16 bit (64 Kbaytli 
xotira uchun), 20 bit (1 Mbaytli xotira uchun) va 32 bit (4 Gbaytli xotira uchun). 
Ma’lum bir vaqt oralig‘i o‘tgandan so‘ng (T

siklining yarim davri) asosiy xotiradan 
o‘qilgan ma’lumotlarni protsessor tomonidan qabul qilib olish amalga oshiriladi. 
Parallel tarzda qabul qilinayotgan ma’lumotlarning uzunliklari – 8, 16, 32, 64 yoki 
128 bit bo‘lishi mumkin. 
Ushbu jarayon sinxron va asinxron tarzda amalga oshirilishi mumkin, ya’ni 
kompyuter shinalarining 
sinxron
va 
asinxron
xillari mavjud. 5.8 va 5.9-rasmlarda 
sinxron va asinxron shinalar orqali ma’lumotlarni o‘qish jarayonining vaqt 
diagramalari keltirilgan. 


86 
5.7-rasm. Pentium 4 protsessori asosida qurilgan kompyuter parallel 
shinasining tarkibiga kirgan liniyalar. 
Sinxron shinada bu jarayon 
kvarsli generator
hosil qilgan taktli impulslar 
yordamida boshqariladi. Generator hosil qilayotgan impulslarning chastotalari 5 
MGs dan, 100 MGs gacha bo‘lishi mumkin. Asinxron shinalarda 
taktlar impulslari 
generatori
ishlatilmaydi

ISA shinasi IBM PC/AT kompyuterlarida qo‘llanilgan, u 8,33 MGs 
chastotada ishlaydi. SHina orqali bitta sikl davomida ikki bayt uzatiladi, bu esa uning 
maksimal tezligi 16,7 Mbayt/sek ga teng degani bo‘ladi. 
EISA shina ham 8,33 MGs chastotada ishlaydi va u orqali bitta sikl davomida 
to‘rt bayt uzatiladi. Demak uning tezligi 33,3 Mbayt/sek ni tashkil qiladi.


87 
5.8-rasm. Sinxron shinadagi o‘qish jarayoning vaqt diagrammasi. 
5.9-rasm. Asinxron shinaning ishlashi. 
ISA va EISA shinalari asosan matnli axborotni ishlash uchun mo‘ljallangan, 
avvalgi kompyuterlar uchun ishlab chiqarilgan edi. Keyinchalik, kompyuterlarda 
Windows operatsion tizimlari ishlatila boshlagandan so‘ng, grafik va rangli video 
axborotlarni ishlash uchun ISA va EISA shinalarining tezliklari etarli bo‘lmay qoldi. 
Ushbu holatni tushuntirish uchun quyidagi hisoblashlarni bajarib qo‘ramiz. 
1024x768 piksel o‘lchamli monitorda rangli harakatlanuvchi tasvirni chiqarish 


88 
jarayonini tahlil qilib ko‘ramiz. 1 piksel uchun 3 bayt xotira kerak bo‘ladi, 
RGB

qizil, yashil va ko‘k ranglarning har biri uchun 
1 baytdan
. Bitta ekrandagi tasvir
1024x768x3 = 2,25 Mbayt xajmga ega bo‘lar ekan. Tasvirni bir tekis jonlantirish 
uchun esa sekundiga 30 kadrni ekranga chiqarish kerak bo‘ladi, ya’ni ma’lumotlarni 
uzatish tezligi 67,5 Mbayt/sek ga teng bo‘lishi kerak. Aslida video axborotni 
vinchesterdan (CD yoki DVD diskdan) monitorga uzatish uchun, avval asosiy 
xotiraga, so‘ngra esa videoadapterga uzatiladi. Demak tezlik, 135 Mbayt/sek ga teng 
bo‘lishi kerak. Ammo kompyuterda, shinadan foydalanadigan boshqa qurilmalar 
ham bor. Shuning uchun bu xolatda, yana ham yuqori tezlikda ishlay oladigan shina 
kerak bo‘ladi. 
1990 yili Intel firmasi PCI – tashqi tashkil etuvchi qurilmalarni o‘zaro 
birgalikda ishlashini ta’minlovchi shinasini ishlab chiqdi va boshqa ishlab 
chiqaruvchilarga ham undan foydalanib tashqi qurilmalar ishlab chiqarish xuquqini 
berdi. PCI shinasi dunyo bo‘ylab ommalashib ketdi. Sun kompaniyasi ham shu 
paytda ishlab chiqqan kompyuterlarining UltraSPARC versiyasida (UltraSPARC III 
kompyuteri) PCI shinasidan foydalandi. 
Dastlabki PCI shinasi 33 MGs chastota bilan ishlab, har bir sikl davomida 32 
bitdan ma’lumot uzata olgan, ya’ni uning umumiy o‘tkazish qobiliyati 4 bayt x 33 = 
133 Mbayt/sek bo‘lgan. 1993 yili PCI 2.0, 1995 yili PCI 2.1, PCI 2.2 shinalarini 
ishlab chiqdi. PCI 2.2 shinasi bitta sikl davomida 64 bit uzunlikka ega bo‘lgan 
ma’lumotni 66 Mgs chastota bilan uzata olish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ya’ni uning 
tezligi 8x66 = 528 Mbayt/sek ga etkazilgan edi. PCI va ISA shinalari birgalikda 
qo‘llanilgan Pentium rusumidagi dastlabki kompyuterning arxitekturasi 5.5-rasmda 
keltirilgan edi. 
90-yillarning ohirlariga kelib grafik axborotni almashinish uchun 
mo‘ljallangan AGP – grafik ma’lumotlarni uzatish tezligi oshirilgan port shinasi 
ishlab chiqildi. Bunday shinaning AGP 3.0 versiyasining tezligi 2,1 Gbaytga 
etkazildi. Tarkibida AGP-shinasiga ega, Pentium 4 protsessori asosida qurilgan 
zamonaviy kompyuter (yoki tizim) shinalarining joylashtirilishi 5.6-rasmda 
keltirilgan edi. 


89 

Download 9,08 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68




Download 9,08 Mb.
Pdf ko'rish