90
5.10-rasm. PCI Express tizimining standart joylashishi.
5.11-rasm. PCI Express ning protokollar steki (
a
) va paketining formati (
b
).
USB shinasi,
asosiy shinaga ulanadigan
ildiz konsentratordan
(rus tilida -
kornevoy konsentrator ili kornevoy xab, root hub) iboratdir (5.6-rasmga qaralsin).
Ushbu konsentrator ma’lumotlarni kiritish-chiqarish
qurilmalari yoki boshqa
qo‘shimcha konsentratorlarning kabellarini ulash uchun mo‘ljallangan ulanish
nuqtalari (raz’yomlariga) ega. Foydalanuvchi yanglishib, kabelni noto‘g‘ri ulab
qo‘ymasligi uchun, kabelning konsentratorga
ulanadigan konnektori, uning
qurilmalarga ulanadigan konnektoridan farq qiladi.
USB shinasining kabeli –
to‘rtta
o‘tkazgichdan iborat, ulardan ikkitasi
ma’lumotlarni
uzatish uchun, bittasi ulanadigan qurilmalarni kuchlanish bilan
ta’minlash uchun (+5V), qolgan bittasi - esa erga ulanish uchun mo‘ljallangan.
91
Ushbu tizimda - 0 raqami, kuchlanishning o‘zgarishi bilan, 1 raqami esa
kuchlanishdagi o‘zgarishning yo‘qligi bilan uzatiladi.
Ketma-ket uzatilayotgan
nollar – bir xil vaqt oraliklarida takrorlanayotgan impulslar oqimini hosil qiladi.
USB shinasida ma’lumotlarni uzatish – kompyuter tarmoqlaridagi kabi,
kadrlarni almashinish
asosida amalga oshiriladi. 5.12-rasmda
USB shinasining
asosiy konsentratori har bir millisekund oralig‘ida, unga ulangan qurilmalarga uzatib
turadigan kadrlari keltirilgan.
5.12-rasm. USB shinasining asosiy konsentratori har bir millisekund oralig‘ida,
unga ulangan qurilmalarga uzatib turadigan kadrlari.
USB shinasining konsentratori har bir millisekund oralig‘ida (+ 0,05 ms),
yangi kadrni uzatib, unga ulangan barcha qurilmalarni vaqt bo‘yicha
sinxronlashni
amalga oshirib turadi. Bu bilan USB shina, kurilmalarni qachon ulanishiga qarab,
ularni ma’lumotlarni uzatish uchun tayyorlab ham qo‘yadi. USB shinasining USB
1.0 versiyasi 1,5 Mbayt/sek, USB 1.1 versiyasi 12 Mbayt/sek va USB versiyasi esa
480 Mbayt/sek tezlikka ega.