• 3 ta fandan ortiq bo‘lmagan
  • -bob. Baholashning turlari va uni tashkil qilish




    Download 35.55 Kb.
    bet2/5
    Sana18.02.2023
    Hajmi35.55 Kb.
    #42697
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ilova Summativ Baholash Nizom - 28.03.2022 15 16 (2)
    9SsBe2CmozKH37pH72DnGM4yhdkRSLtjM9jsA8r1, Marshrutlash Protokollari Marshrutlash, Fizika 10 ta savol, 9-v, 09-21, Документ Microsoft Word (2), rasm 3, Feruza, metod birlespe математикаi, Boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy qobilyatlarini rivojlantirish usullari, 1-sinf Barcha fanlardan 2022-2023 ish reja file 6301ee805d41e, Cisco packet tracer dasturida telnet va ssh protokoli bilan ishl-fayllar.org, Laboratoriya ishi cisco packet tracer dasturida telnet va ssh, MetodilkaliqQollanba
    2-bob. Baholashning turlari va uni tashkil qilish

    4. Chorak davomida fanlar uchun belgilangan haftalik soatlardan kelib chiqib, 4 martagacha (chorak o‘rtasida va oxirida) summativ baholash o‘tkaziladi.


    Bunda fanlardan choraklik baho chiqariladigan (haftada 0,5 soat o‘qitiladigan fanlar uchun o‘quv yili yakunida, haftada 1 soat o‘qitiladigan fanlar uchun
    1- va 2- yarim yillik) muddat inobatga olinadi.
    5. Har bir fan bo‘yicha tegishli metod birlashma rahbari boshchiligida monitoring guruhlari (keyingi o‘rinlarda – monitoring guruhlari) tashkil etiladi. Monitoring guruhlari fanning xususiyatidan kelib chiqib, chorak davomidagi summativ baholashning soni, muddatlari, shakllari, ularda qo‘llaniladigan topshiriqlar va baholash mezonlarini ishlab chiqadi va maktab Metodik kengashi muhokamasiga taqdim etadi. Metodik kengashda ijobiy xulosa olingan materiallar Agentlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markaziga taqdim etiladi.
    Baholash jarayoni ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tomonidan taqdim etilgan hamda Agentlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan tuzilgan nazorat materiallari asosida o‘tkaziladi.
    Baholashning obyektivligini ta’minlash maqsadida fanlar bo‘yicha tegishli summativ baholash barcha parallel sinflar uchun yagona talablar asosida o‘tkaziladi.
    Monitoring guruhlari tomonidan tayyorlangan summativ baholash topshiriqlari o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarida saqlanadi. Topshiriqlarning maxfiyligini ta’minlash o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda monitoring guruhlari zimmasiga yuklatiladi.
    6. Har bir fan bo‘yicha chorak davomidagi baholashning soni, muddatlari, shakllari, ularda qo‘llaniladigan topshiriqlar namunalari va baholash mezonlari haqidagi ma’lumot chorak boshida o‘quvchilarga yetkaziladi.
    7. Chorak davomidagi summativ baholash jadvali chorak boshlangunga qadar Metodik kengash qarori bilan tasdiqlanadi. Bunda bitta sinfda bir o‘quv kuni mobaynida 3 ta fandan ortiq bo‘lmagan va umumiy vaqti 5 soatdan oshmagan holda summativ baholash amalga oshirilishini inobatga olish lozim.
    8. Summativ baholashni belgilangan muddatlarda amalga oshirish imkonsiz bo‘lgan fors-major holatlar yuzaga kelganda maktab direktorining buyrug‘iga asosan ularga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
    9. Summativ baholash topshiriqlarini bajarish barcha o‘quvchilar uchun majburiydir.
    10. Summativ baholash ishlarini xolisona va adolatli tekshirish uchun metod birlashma rahbari tomonidan ishchi guruh tuziladi. Tekshirish yakuniga ko‘ra o‘quvchilarning to‘plagan ballari bir hafta muddat ichida elektron jurnalga joylashtiriladi.
    11. Summativ baholash paytida ichki tartib-qoidani buzgan o‘quvchilar baholashdan chetlashtiriladi va bu haqda davolatnoma tuziladi. Quyidagi holatlar ichki tartib-qoidani buzish deb hisoblanadi:
    boshqa o‘quvchilar bilan gaplashish yoki ulardan yordam olish/yordam berish;
    ruxsat etilmagan manbalardan, shuningdek, telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish;
    nazorat materiallarini boshqa o‘quvchilarga berish yoki almashtirish.
    12. Turli sabablarga ko‘ra summativ baholashda qatnasha olmagan,
    46 foizdan past natija qayd etgan yoki summativ baholash jarayonida ichki tartib-qoidalarni buzgani uchun chetlashtirilgan o‘quvchilar uchun qayta topshirish tashkil qilinadi.
    Qayta topshirish uchun yangidan tuzilgan topshiriqlar summativ baholashda tekshirilgan kompetensiyalarni qamrab oladi hamda unda qo‘llanilgan shaklda
    va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi. Qayta topshirish jadvali o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Bunda qayta topshirish navbatdagi o‘quv choragining mazkur fandan birinchi summativ baholashi o‘tkaziladigan kuniga qadar tashkil etiladi.
    Qayta topshirishga qolgan o‘quvchilar uchun fan bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Qayta topshirishdan ham o‘ta olmagan o‘quvchilarga navbatdagi chorak uchun choraklik summativ baholashlar (o‘quv yili yakunidagi davlat imtihonining oxirgi kuniga qadar) qo‘shimcha qayta topshirish uchun imkoniyat beriladi.
    Bunda summativ baholash jaroyonida yetarli ball to‘plagan ammo to‘plagan ballidan qanoatlanmagan o‘quvchilarga bir marta imkoniyat berilishi mumkin. Ballidan qanoatlanmagan o‘quvchi qayta topshirishda avval olgan ballidan yuqori ball to‘plagan (o‘quvchining ko‘rsatkichi/bahosini o‘zgartirgan) hollarda elektron jurnalga kiritiladi. Aksincha hollarda avvalgi olgan balli saqlanadi.
    Ballidan qanoatlanmagan o‘quvchilar uchun mazkur nizomda sababli qatnashmagan o‘quvchilargа belgilangan tartib qo‘llaniladi.
    O‘quvchida yetarli ball to‘play olmaslik holatlari takrorlangan hollarda maktab Pedagogik kengash qarori asosida ta’lim muassasasi ustavida belgilangan tartibda chora ko‘riladi.
    Qayta topshirish natijasida:
    uzrli sabablarga ko‘ra summativ baholashda qatnashmagan (tibbiy ma’lumotnoma, kasallik varaqasi, yaqin qarindoshlarining vafoti, respublika yoki xalqaro olimpiada va tanlovlarda maktab nomidan ishtirok etgan) o‘quvchilarga baholash mezonlariga ko‘ra olgan ballari qo‘yiladi;
    uzrsiz sabablarga ko‘ra summativ baholashda qatnashmagan, jarayonda ichki tartib-qoidalarni buzgani uchun chetlashtirilgan hamda summativ baholashda
    46 foizdan past natija qayd etgan o‘quvchilarning maksimal bali 46 foizdan oshishi mumkin emas.
    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro‘yxati asosida o‘quvchilar choraklik summativ baholash hamda yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod etilganda o‘quvchilarga 46 foiz miqdorida ball qo‘yiladi.
    13. Elektron jurnalda o‘quvchilarning kunlik davomati har bir dars yakunida qayd etib boriladi, mavzular to‘ldiriladi va har bir summativ baholash natijalari

    Download 35.55 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 35.55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Baholashning turlari va uni tashkil qilish

    Download 35.55 Kb.