|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti "kelishildi"
|
bet | 11/17 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 61,41 Kb. | | #99417 |
Bog'liq Mustaqil ta`limni bajarish va topshirish tartibi-fayllar.orgAjratilgan soat: 8 soat
Mustaqil ta`lim topshiriqlari
№ 1. Topshiriq. 3 guruhga bo`linib har bir guruh “Bolalar tomonidan nutqni morfologik qonuniyatlarini o’zlashtirishi” mavzusida axborot-tahliliy materiallar bilan ishlash asosida doklad, infografik taqdimot, va 3 mavzu bo`yicha umumiy keys-topshiriqlarini tayyorlash.
№ 1. Tayyorlangan ma’lumotlarni kollokviumda og`zaki himoyalang. Test va keys-topshiriqlarni bajaring.
Tayyorlangan materialga qo‘yiladigan talablar:
Axborot tahliliy materiallar asosida yoritilgan esse Word matn muharririda, Times New Roman yozuv uslubida, 14 shrift, 1.15 intervalda, to‘rt tomondan ham 2 sm joy qoldirilgan va 3 tadan kam bo‘lmagan holda tayyorlanishi lozim. Unda: shaxsiy munosabatning bildirilishi; tezis – kalit so‘zni to‘g‘ri aniqlash; faktli dalillar (argumentlar); nazariyaga asoslanish; atamalarni o‘z o‘rnida qo‘llash; sitatalar keltirish; mantiqiy qonuniyatning saqlanishi; taqqoslash va xulosalash usullaridan foydalanish; savodlilik (uslubiy, imlo,tinish belgilari); foydalanilgan ilmiy manbalarga havolalar bo`lishi tavsiya etiladi.
Konseptual jadval, infografik taqdimot electron shaklda tayyorlanishi, rasmlar va jadval rangli va yorqin bolishi, ma’lumot qismi yozuvlari Word matn muharriri yordamida Times New Roman yozuv uslubida, 14 shrift, 1.15 intervalda, to‘rt tomondan ham 2 sm joy qoldirilgan va 3 tadan kam bo‘lmagan holda tayyorlanishi lozim. Taqdimotga kreativ yondashish ijobiy baholanadi.
Mavzular asosida tayyorlangan testlar test ishlovchining aynan qanday bilimlari tekshirilishi mumkinligini inobatga olgan holda tuziladi(bilimlarni xotirada saqlanishi, bilimlarni tahlil qila olish, taqqoslash,umumlashtirish). Test savollari tushunarli, 10-12 so‘zdan ko‘p bo‘lmagan holatda (savol matni), berilayotgan variantlar soni 4 ta taxminiy (a,b,c,d) variantda, har bir guruhda 20 tadan tuzilishi lozim.
Baholash mezonlari:
mavzu mazmuniga mos
axborotni to'g'ri tuzish
belgilangan ma'lumotlarning mantiqiy aloqasi mavjudligi
ro'yxatga olish talablariga muvofiqligi
ish o'z vaqtida topshirildi
Baxolash: 3ta mavzuga maksimal – 4 ball
- 3.5 - 4 ball- talaba bir qator (3 tadan ortiq) mavzu yuzasidan ko‘rgazmali qurollar tayyorlashi, olimlarning mavzuga oid tavsiya qilgan metodik qo‘llanmalaridan baza yaratishi, qarashlarini tahliliy o‘rgangan, o‘z fikrlarini, tushunchalarini ochib bera olgan. Mavzuni o‘zlashtirish asosida bilimlarini tugal xulosalay olgan. Texnik jihatdan to‘g‘ri tayyorlangan.
- 3 – 3.4 ball – talaba bir qator mavzuga oid tavsiya qilgan metodik qo‘llanmalaridan baza yaratishi, mavzu yuzasidan fikrlarini, qarashlarini tahliliy o‘rgangan, o‘z fikrlarini, tushunchalarini ochib bera olgan. Mavzuni o‘zlashtirish asosida bilimlarini tugal xulosalay olgan. Texnik jihatdan fikr mazmuniga ta`sir ko‘rsatmaydigan xatolarga yo‘l qo‘ygan.
- 2.4 – 3 ball – talaba bir qator mavzuga oid tavsiya qilgan metodik qo‘llanmalaridan baza yaratishi, mavzu yuzasidan fikrlarini, qarashlarini o‘rgangan, biroq, o‘z fikrlarini, tushunchalarini ochib bera olmagan. Mavzuni o‘zlashtirish asosida bilimlari tugal xulosalanmagan. Texnik va imloviy xatolar mavjud
- 2.3 – 1.5 ball - talaba mavzuga oid ko‘rgazma tayyorlagan. Ammo tahlil qilmagan holatda ko‘rgazma tayyorlagan. Texnik jixatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilmagan.
- 1 ball – to‘g‘ridan – to‘g‘ri tegishli manbaadan nusxalab olingan (plagiat), yoki boshqa talabaning tayyarlagan ko‘rgazmasi bilan bir xil (ko‘chirmakashlik)
4 – topshiriq
10-11-12 mustaqil ta’lim mavzulari:
|
| |