|
Nazariy bilimlarning egallaganligi
|
bet | 4/17 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 61,41 Kb. | | #99417 |
Bog'liq Mustaqil ta`limni bajarish va topshirish tartibi-fayllar.orgNazariy bilimlarning egallaganligi.
Talaba nutqning neyrofiziologik mexanizmlari haqida yetarli ma’lumotlarni egalladi.
Mavzu bo`yicha tahliliy fikrga ega, farqlay oladi, ular haqida tushunchaga ega bo`ladi.
Baholash mezonlari:
mavzu mazmuniga mos
axborotni to'g'ri tuzish
belgilangan ma'lumotlarning mantiqiy aloqasi mavjudligi
ro'yxatga olish talablariga muvofiqligi
ish o'z vaqtida topshirildi
3-mustaqil ta’lim mavzusi:
Mavzu: Bola nutqini rivojlanishida eshitish va ko’rishning o’rni.
Mustaqil ish maqsadi: talabalarda bola nutqini rivojlanishida eshitish va ko’rishning o’rni haqidagi tushunchalarni hosil qilish va mustahkamlash.
Mustaqil ishning bajarilishi yuzasidan xisobot topshirish shakli: mavzu bo`yicha taqdimot shaklidagi konseptual jadval, esse tayyorlash.
Ajratilgan soat: 8 soat
Mustaqil ta`lim topshiriqlari
№ 1. Topshiriq. “Bola nutqini rivojlanishida eshitish va ko’rishning o’rni” mavzusida konseptual jadval tayyorlash.
№ 2. Topshiriq. “Bola nutqini rivojlanishida eshitish va ko’rishning o’rni” mavzusida esse tayyorlash.
№ 3. 3 ta mavzu bo`yicha testlarni yechish.
Tayyorlangan ko‘rgazmali qurolga qo‘yiladigan talabalar:
Konseptual jadval va esse A4 formatda tayyorlanishi, rasmlar rangli va yorqin bolishi, ma’lumot qismi yozuvlari Word matn muharriri yordamida Times New Roman yozuv uslubida, 14 shrift, 1.15 intervalda, to‘rt tomondan ham 2 sm joy qoldirilgan va 3 tadan kam bo‘lmagan holda tayyorlanishi lozim.
Baxolash mezonlari:3 ta mavzuga maksimal 4 ball
- 3.5 - 4 ball- talaba bir qator (3 tadan ortiq) mavzu yuzasidan ko‘rgazmali qurollar tayyorlashi, olimlarning mavzuga oid tavsiya qilgan metodik qo‘llanmalaridan baza yaratishi, qarashlarini tahliliy o‘rgangan, o‘z fikrlarini, tushunchalarini ochib bera olgan. Mavzuni o‘zlashtirish asosida bilimlarini tugal xulosalay olgan. Texnik jihatdan to‘g‘ri tayyorlangan.
- 3 – 3.4 ball – talaba bir qator mavzuga oid tavsiya qilgan metodik qo‘llanmalaridan baza yaratishi, mavzu yuzasidan fikrlarini, qarashlarini tahliliy o‘rgangan, o‘z fikrlarini, tushunchalarini ochib bera olgan. Mavzuni o‘zlashtirish asosida bilimlarini tugal xulosalay olgan. Texnik jihatdan fikr mazmuniga ta`sir ko‘rsatmaydigan xatolarga yo‘l qo‘ygan.
- 2.4 – 3 ball – talaba bir qator mavzuga oid tavsiya qilgan metodik qo‘llanmalaridan baza yaratishi, mavzu yuzasidan fikrlarini, qarashlarini o‘rgangan, biroq, o‘z fikrlarini, tushunchalarini ochib bera olmagan. Mavzuni o‘zlashtirish asosida bilimlari tugal xulosalanmagan. Texnik va imloviy xatolar mavjud
- 2.3 – 1.5 ball - talaba mavzuga oid ko‘rgazma tayyorlagan. Ammo tahlil qilmagan holatda ko‘rgazma tayyorlagan. Texnik jixatdan to‘g‘ri rasmiylashtirilmagan.
- 1 ball – to‘g‘ridan – to‘g‘ri tegishli manbaadan nusxalab olingan (plagiat), yoki boshqa talabaning tayyarlagan ko‘rgazmasi bilan bir xil (ko‘chirmakashlik)
2 – topshiriq
4-5-6 mustaqil ta’lim mavzulari:
|
| |