|
(4) - mavzu: Guvrash jarayonining davrlari
|
bet | 5/17 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 61,41 Kb. | | #99417 |
Bog'liq Mustaqil ta`limni bajarish va topshirish tartibi-fayllar.org1 (4) - mavzu: Guvrash jarayonining davrlari
Mustaqil ish maqsadi: talabalarda guvrash jarayonining davrlari haqidagi tushunchalarni hosil qilish va mustahkamlash.
Mustaqil ishning bajarilishi yuzasidan xisobot topshirish shakli: mavzu bo`yicha taqdimot shaklidagi konseptual jadval, esse tayyorlash.
Ajratilgan soat: 8 soat
Mustaqil ta`lim topshiriqlari
№ 1. Topshiriq. 3 guruhga bo`linib har bir guruh “Guvrash jarayonining davrlari” mavzusida esse, konseptual jadval yoki infografik taqdimot, test tayyorlash.
№ 2. Topshiriq. Tayyorlangan ma’lumotlarni og`zaki himoyalang.
Tayyorlangan materialga qo‘yiladigan talablar:
Konseptual jadval electron shaklda tayyorlanishi, rasmlar va jadval rangli va yorqin bolishi, ma’lumot qismi yozuvlari Word matn muharriri yordamida Times New Roman yozuv uslubida, 14 shrift, 1.15 intervalda, to‘rt tomondan ham 2 sm joy qoldirilgan va 3 tadan kam bo‘lmagan holda tayyorlanishi lozim.
Esse Word matn muharririda, Times New Roman yozuv uslubida, 14 shrift, 1.15 intervalda, to‘rt tomondan ham 2 sm joy qoldirilgan va 3 tadan kam bo‘lmagan holda tayyorlanishi lozim. Unda: shaxsiy munosabatning bildirilishi; tezis – kalit so‘zni to‘g‘ri aniqlash; faktli dalillar (argumentlar); nazariyaga asoslanish; atamalarni o‘z o‘rnida qo‘llash; sitatalar keltirish; mantiqiy qonuniyatning saqlanishi; taqqoslash va xulosalash usullaridan foydalanish; savodlilik (uslubiy, imlo,tinish belgilari); foydalanilgan ilmiy manbalarga havolalar bo`lishi tavsiya etiladi.
Mavzular asosida tayyorlangan testlar test ishlovchining aynan qanday bilimlari tekshirilishi mumkinligini inobatga olgan holda tuziladi(bilimlarni xotirada saqlanishi, bilimlarni tahlil qila olish, taqqoslash,umumlashtirish). Test savollari tushunarli, 10-12 so‘zdan ko‘p bo‘lmagan holatda (savol matni), berilayotgan variantlar soni 4 ta taxminiy (a,b,c,d) variantda, har bir guruhda 20 tadan tuzilishi lozim.
Baholash mezonlari:
mavzu mazmuniga mos
axborotni to'g'ri tuzish
belgilangan ma'lumotlarning mantiqiy aloqasi mavjudligi
ro'yxatga olish talablariga muvofiqligi
ish o'z vaqtida topshirildi
|
| |