• 2. Test so’rovi metodi.
  • 3. Matematik-statistik metod (Styudent metodi).
  • Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/43
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.33 Mb.
    #59965
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
    Bog'liq
    Qo’l yozma huquqida
    OMK QQ TIL 2020 60 30, Lugʻat tarkibin-WPS Office, 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org, Presentation, malumot
    1. Anketa so’rovi. Tajriba-sinov ishlarini yo’lga qo’yishda bu metoddan 
    samarali foydalanish bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy 
    kompetentligini shakllantirishga xizmat qiladigan ob’ektiv va sub’ektiv omillari, 
    ta’lim jarayonining imkoniyatlari haqidagi boshlang’ich va yakuniy 
    ma’lumotlarni 
    to’plashga 
    xizmat 
    qiladi. 
    Tadqiqot 
    davrida 
    anketa 
    so’rovnomasidan ochiq savollarning o’rin olishiga alohida e’tibor berildi. Buning 
    sababi sinaluvchi-o’quvchilardan tadqiq etilayotgan muammoni ijobiy hal 
    qilishga yordam beradigan zarur ma’lumotlarni imkon qadar ko’proq olishdir. 
    Tajriba davrida anketa so’rovlari sinaluvchi-o’quvchilar o’rtasida ikki marta, 
    ya’ni, asoslovchi va ta’kidlovchi tajriba vaqtida tashkil etildi. 
    2. Test so’rovi metodi. Test so’rovi metodi bir qator afzalliklarga ega. Shu 
    sababli tajriba-sinov ishlarini olib borishda undan unumli foydalanishga e’tibor 
    qaratildi. Metodni qo’llashda muammo mohiyatini to’la ochib berish va asosiy 
    maqsadga erishishga xizmat qiladigan savollarni ishlab chiqishga alohida e’tibor 
    qaratildi. Testlar asosan bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy 
    kompetentligini oshirishga oid maxsus dasturdan o’rin olgan mashg’ulot va 
    tadbirlarni o’tkazish oldidan hamda ularning yakunida tashkil etildi. Buning 
    natijasida tajriba-sinov ishlari davrida qo’lga kiritilgan ma’lumotlarning yanada 
    ishonchli va asosli bo’lishi ta’minlandi. 
    3. Matematik-statistik metod (Styudent metodi). Bizga yaxshi ma’lum, 
    pedagogik yo’nalishda olib borilayotgan tadqiqot ishlarida matematik-statistik 
    metod o’ziga xos o’rin tutadi. Chunki tadqiqot muammosi bo’yicha olib 
    borilgan sinov ishlarining samaradorligi, tadqiqotning natijalanganligi haqidagi 
    yakuniy xulosaga tajriba natijalari matematik-statistik jihatdan qayta 
    ishlangandan so’ng kelinadi. 


    60 
    Harbiy ta’lim kafedralarida YOCHQBT metodikasi fanini o’qitishda 
    bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlik sifatlarini o’zida aks 
    ettirgan o’qitishning samarali vositalaridan foydalanish yordamida talabalarning 
    bilim va ko’nikmalarini samarali shakllantirish maqsadida YOCHQBT 
    metodikasi fanidan tajriba-sinov ishlarini o’tkazishda, dastlab harbiy ta’lim 
    kafedralarida tahsil olayotgan talabalar yangi pedagogik texnologiyalardan 
    qanday foydalanilayotganligini bilish maqsadida ular bilan tadqiqot maqsadiga 
    erishish uchun tajriba-sinov ishlarini tashkil etish jarayonida anketa-so’rovnoma, 
    test so’rovi metodlari orqali mashg’ulotlar tashkil etildi va boshqa ta’lim 
    shakllaridan foydalanildi. 
    Tadqiqot davrida bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy 
    kompetentligini shakllantirish muammosi bo’yicha tashkil etilgan tajriba-sinov 
    ishlarining muvaffaqiyatli kechishi tajriba maydonlarida quyidagi ob’ektiv va 
    sub’ektiv omillarning mavjudligiga bog’liqligi aniqlandi: 
    1. Sub’ektiv omillar: 
    a) bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini 
    shakllantirish masalasining zamonaviy sharoitda asosiy, muhim pedagogik 
    vazifalardan biri sifatida e’tirof etilganligi; 
    b) tadqiqot muammosi bo’yicha yo’lga qo’yiladigan tajriba-sinov ishlari 
    uchun sinaluvchi sifatida tanlangan bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy 
    kompetentligini shakllantirish ehtiyojiga ega ekanliklari; 
    v) bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini 
    shakllantirishda ta’lim muassasalarining ijtimoiy tashkilotlar bilan mustahkam 
    aloqa o’rnata olganligi, shuningdek, shu mavzuda o’quv mashg’ulotlari, 
    ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ular bilan o’zaro hamkorlikda tashkil etishi; 
    j) bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini 
    shakllantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatning tizimli, uzluksiz va izchil 
    amalga oshirilishi va hokazolar. 


    61 
    2. Ob’ektiv omillar: 
    a) bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini 
    shakllantirishga imkon beradigan pedagogik shart-sharoitlar (mavzuga doir 
    maxsus adabiyotlarning etarli ekanligi, talabalarning ular bilan etarlicha 
    ta’minlanganliklari, o’quv mashg’ulotlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning 
    ta’lim muassasalari, ijtimoiy tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik asosida 
    tashkil etilayotganligi va boshqalar)ning mavjudligi; 
    b) bo’lajak harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentligini 
    shakllantirish bo’yicha ma’lumotlarni internetdan o’quv adabiyotlaridan 
    foydalanishi. 
    Tajriba sinov ishlari uch bosqichda amalga oshirildi: 
    Har bir bosqichning o’ziga hos maqsadi va vazifalari belgilab olindi. 
    Birinchi bosqich asoslovchi tajriba jarayonida asosiy vazifa sifatida bo’lajak 
    harbiy ta’lim o’qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish va 
    mustaxkamlash.
    Talabalarda «Kasbiy kompetentlik», «Kasbiy mahorat», «Kompetentsiya»
    kabi tushunchalarni mohiyatini anglaganlik darajasini aniqlash maqsadida 
    ularga quyidagi anketa so’rovnomalari tavsiya etildi.

    Download 1.33 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika

    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish