• Video ko’z
  • Agar foydalnuvchi
  • Multimedia proektor STX EzPro 500 –




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/43
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.33 Mb.
    #59965
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43
    Bog'liq
    Qo’l yozma huquqida
    OMK QQ TIL 2020 60 30, Lugʻat tarkibin-WPS Office, 1. Harakat jadalligi Shahar ko`chalarida harakat jadalligi-fayllar.org, Presentation, malumot
    Multimedia proektor STX EzPro 500 – bu qurilma Germaniyada ishlab 
    chiqarilgan bo’lib, kompyuter, videomagnitafon, video – ko’zning axborotlarini 
    ekranga chiqarish imkoniyatiga ega. Proektor ixchamligi, o’rnatish osonligi 
    foydalanuvchiga katta qulaylik yaratadi. 
    Video ko’z - bu qurilma aslida videokamera o’rnini bosib, uni bevosita 
    televizorga ulab kerakli narsalarni (kompyuterlashtirilgan mini plakatlar
    didaktik materiallar, slaydlar va boshqalar) talabalarga ko’rsatish mumkin. 
    Boshqa usuli esa, multimedia proektorga ulangan holda yoyma ekranga tasvir 
    uzatiladi. Yuqorida keltirilgan ko’rsatmalarni inobatga olib, multimedia proektor
    videomagnitofon, video ko’z va komp’yuterlarni kompleks ravishda ishlatishni 
    ko’rib chiqamiz. Ko’rsatilgan kompleks kompyuterdagi ma’lumotlarni ko’rsatib 
    bo’lgandan so’ng, multimedia proektor menyusidaga "SOURCE" bo’limidan 
    foydalanilsa, quyidagi oyna paydo bo’ladi.
    COMPUTER S-VIDEO VIDEO 
    Kursor "Computer" holatidan ―Video" holatiga o’tilsa, kompyuterning 
    tasviri videomagnitofon tasviri bilan almashadi. Kursor "Video" holatidan
    "S-Video" xolatiga o’tilsa, videomagnitofon tasviri video - ko’z tasviri bilan 
    almashadi.
    Ba’zi bir holllarda, ma’ruzachi maruza paytida kompyuterdagi axborotdan, 
    videokassetadagi filmdan, didaktik materiallardan foydalanmoqchi bo’lsa, u 
    holda kompleks usulda foydalanish tavsiya etiladi.


    53 
    Agar foydalnuvchi (pedagog)ning “S-Video" kabeli bo’lmasa, quyida 
    berilayotgan 2 – ta usuldan foydalanish mumkin.
    Birinchi usuli. Multimedia proektor, videomagnitofon va kompyuter 
    birgalikda ishlatilishi lozim.
    Biz kompyuterdagi ma’lumotlarni ko’rsatib bo’lganimizdan so’ng 
    multimedia proektor menyusidagi Source bo’limidan foydalanib, kursor 
    Computer 
    holatidan 
    Video holatiga o’tilsa kompyuterning tasviri 
    videomagnitofon tasviri bilan almashadi va aksincha vieomagnitafondagi 
    filmlarni ko’rib bo’lganimizdan so’ng, proektornnig “Menusidagi Source” 
    bo’limidan foydalanib kompyuterdagi axborotni ko’rish uchun qaytishimiz 
    mumkin.
    Ikkinchi usul Multimedia proektor, video-ko’z va kompyuter birgalikda 
    ishlatilishi lozim.
    Ta’lim-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini oshirish ko’p jihatdan 
    ta’lim vositalari bilan qay darajada ta’minlanganligiga bog’liq bo’ladi.
    Shu bilan birga mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi xaqida to’xtalib 
    o’tsak:
    «Metod» yunoncha so’z bo’lib, «yo’l», usul kabi ma’nolarni anglatadi. 
    Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga 
    erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir.
    Ta’lim metodi o’qituvchi bilan o’quvchilarning o’qish vazifalarini 
    bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo’lidir.
    Ta’lim metodlari o’quv materiali mazmunida ifodalangan ilmiy fikr 
    mantig’iga bog’liqdir. O’quv materialining mazmuni tobora chuqurlashib
    murakkablashib va ilmiy tus olib bormoqda, shuning uchun ta’lim metodlari 
    ilmiy bilishning mantiqi va metodlariga tobora ko’proq bog’liq bo’lib qolmoqda.
    Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo’lib, ularning har biri o’z 
    navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo’linadi. 
    O’quv bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonini o’zi uzatish, 
    qabul qilish, anglash, o’quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan bilim 


    54 
    va ko’nikmalarni amaliyotda qo’llay olishni nazarda tutishni hisobga olsak, 
    birinchi guruh metodlariga so’z orqali uzatish va axborotni (informatsiyani) 
    eshitish orqali qabul qilish metodlari, og’zaki metodlar, hikoya, ma’ruza, suhbat 
    va boshqalar; o’quv axborotini ko’rgazmali uzatish va ko’rish orqali qabul qilish 
    metodlari - ko’rgazmali metodlar; tasviriy, namoyish qilish va boshqalar; o’quv 
    axborotini amaliy mehnat xarakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, 
    mehnat harakatlari va boshqalar) kiradi.
    Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan vositalar ta’lim samaradorligini 
    ta’minlashga xizmat qiladi.

    Download 1.33 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   43




    Download 1.33 Mb.
    Pdf ko'rish